Oʻzbekiston parlament saylovi (2014—2015)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
← 2009—2010  Oʻzbekiston bayrogʻi  2019—2020 →
Oʻzbekiston parlament saylovi (2014—2015)
2014-yil 21 dekabr
Nomzod: OʻzLiDeP OʻzXDeP Milliy Tiklanish
Partiya rahbari: Sodiqjon Turdiyev Xotamjon Ketmonov Ulug’bek Muhammadiyev
Nomzod: Adolat
Partiya rahbari: Narimon Umarov

Oʻzbekiston parlament saylovi (2014—2015)- 2014-yilning 21 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovi boʻlib oʻtishi belgilangan.[1] Saylovda Oʻzbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha siyosiy partiyalar — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi parlament saylovida ishtirok etish istagini bildirdi.[2]

Saylov tizimi[tahrir]

Oliy Majlisdagi 150 nafar deputatlik oʻringa, 135 nafar deputat hududiy, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. 15 deputatlik o‘rni esa O‘zbekiston Ekologik harakatiga berilgan.[3]

Ishtirokchilar[tahrir]

Asosiy sanalar[tahrir]

  • 2014-yilning 15-sentabrida parlament quyi palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi rasman boshlandi.[4]
  • 9 oktabr 2014-yilgi saylovni yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulugʻbek Abdusalomov jurnalistlarga saylov okruglarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini shakllantirish, siyosiy partiyalarning bo‘lajak parlament saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.[5]
  • 2014 yil 17 oktyabr Siyosiy partiyalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatish boshlandi va 2014 yil 6 noyabrda tugadi.[6]

Saylov natijalari[tahrir]

Tanqidlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havola[tahrir]