Oʻzbekiston prezidentining vakolatlari muddati boʻyicha referendum (1995)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Karimov

1995-yil 26-martda Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti Islom Karimovning vakolat muddatini 2000-yilgacha uzaytirish boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkazildi[1]. Bu hamon mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi uchta (1991 va 2002-yillardagi referendumlar bilan bir qatorda) umumxalq referendumlaridan biri hisoblanadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom Karimovning prezidentlik muddati 1996-yil dekabr oyida tugadi, biroq mamlakatda avtoritar rejimning bosqichma-bosqich oʻrnatilishi , haqiqiy muxolifatning bostirilishi va haydalishi tufayli Oʻzbekiston Oliy Majlisi amalda prezidentga qaram boʻlib qoldi.Xalqning koʻplab iltimoslari bilan Islom Karimovning vakolat muddatini 2000-yilgacha uzaytirish, shu tariqa navbatdagi Prezident saylovini 1996-yildan 2000-yilga koʻchirish boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Referendum oʻtkazilgan paytda Islom Karimov olti yil – 1989-yildan buyon Oʻzbekistonni boshqargan edi.

Referendum ijobiy yakunlanganidan soʻng Prezident Islom Karimov ushbu referendumni oʻzini ikkinchi muddatga Prezidentlikka saylash bilan teng deb bilishini va Oʻzbekiston Respublikasining oʻsha paytdagi Konstitutsiyasiga muvofiq, keyingi 2000-yilgi navbatdagi Prezident saylovida oʻz nomzodini ko'rsatmasligini ochiq aytdi. Chunki Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga koʻra, bitta Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ketma-ket ikki martadan ortiq Oʻzbekiston Prezidenti boʻlish huquqiga ega emas [2].

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Referendumda 11 million 245 ming 248 nafar fuqaro yoki aholining 99,3 foizi ishtirok etdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra Referendum natijalariga ko'ra ovoz berganlarning mutlaq ko'pchiligi (99,6%) amaldagi prezidentning vakolat muddatini 2000-yilgacha uzaytirish uchun ovoz bergan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanlov Ovozlar %
Yoqlab 11 199 415 99.6
Qarshi 40 617 0.4
Yaroqsiz ovozlar 4996 -
Jami 11 245 248 100
Roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar 11 319 447 99.3