O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O’zbekiston Respublikasidagi eng yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Til zamonaviy jamiyatning eng muhim aspektlaridan bo’lib, insonlar va mamlakatlar o’rtasida axborot almashish jarayonida foydalaniladi. Shuning uchun mamlakatni xalqaro miqyosda tanitish va rivojlantirish uchun turli tillarda muloqot qila olish ko’nikmasiga ega bo’lgan o’z sohasining mutaxassislariga doimo ehtiyoj seziladi. O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi bu – filologiya sohasi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Mazkur universitet O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1992-yil 12-maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 401-son Farmoniga asosan “Respublika Rus tili va adabiyoti instituti” hamda “Toshkent chet tillari pedagogika instituti”ning birlashtirilishi orqali tashkil qilingan. So’nggi yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti O’zbekiston miqyosida xorijiy tillarni o’rgatuvchi eng yetakchi universitetlar qatoridan joy oldi. Mazkur universitetda 15dan ortiq tillar o’rgatiladi: ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, rus, arab, italyan, koreys, yapon, fors, malay, polyak, hind, turk, yunon va indoneziya tillari shular jumlasidandir. Universitet filologiya va tillarni o’qitish sohasida ta’lim beruvchi 8 fakultetdan tashkil topgan.

Universitet haqida[tahrir]

O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1992-yil 12-maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 401-son Farmoniga asosan “Respublika Rus tili va adabiyoti instituti” hamda “Toshkent chet tillari pedagogika instituti”ning birlashtirilishi orqali tashkil qilingan. Hozirgi kunda O'zbekiston oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti sifatida faoliyat yuritadi. Hozirda bu OTM dunyo miqyosida tan olingan mutaxassislar tayyorlash bilan shug'ullanadi. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta'limni bitirganlikni tasdiqlovchi diplomlari O'zbekiston va boshqa ayrim xorijiy mamlakatlarda tan olinadi. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi litsenziyalari bilan to'liq ta'minlangan, demak, universitet O'zbekiston Respublikasida to'liq faoliyat ko'rsata oladi.

Bugungi kunda universitetda 10 mingga yaqin talabalar mavjud bo'lib, ular bakalavr darajasini olish uchun ta’lim oladilar. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi ta’lim O'zbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda o'qishning birinchi turi kontrakt asosida bo'lishi belgilangan. Barcha o'quv yig'imlari O'zbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan bo'lib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba to’lov-shartnomani o'z vaqtida to'lashi lozim. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida o'qishning ikkinchi turi grant asosida bo’lishi belgilangan. Barcha iqtidorli talabalar universitet homiylari tomonidan talabalarga bepul o'qish imkonini beruvchi grantlar bilan taqdirlanadilar. O’zDJTUda o'qish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun esa 2 yil etib belgilangan. Universitet tarkibida 600 dan ortiq o’z sohasining professional o'qituvchilari mavjud bo’lib, ularning aksariyati tegishli fanlar bo'yicha professor hisoblanadi. O'quv dasturlari va darsliklar talabalar uchun O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim standartlariga asosan ishlab chiqilgan bo’lib, o'quv jarayoni O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi O'zbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 5ta prorektor faoliyat ko'rsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-o'qituvchilar tomonidan nazorat qilinadi. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida bitta akademik litsey mavjud bo'lib, universitet mazkur litseydagi o'quv jarayonini to'liq nazorat qiladi. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti bugungi kunda ko'plab milliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, filologiyaga asoslangan ko'plab muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Universitetning tashkil etilish tarixida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida ikkita kampus mavjud edi. Birinchi kampus universitet tashkil qilinganidan so’ng O’zDJTUga berildi, ammo bu kampus xalqaro talablarga mos emas edi. Shu bois O'zbekiston hukumati zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlangan, talabalar ehtiyojiga to’la mos keladigan, universitet uchun yangi o’quv binosi qurishga qaror qildi. Universitetning yangi kampusi avvalgisiga qaraganda ancha zamonaviy bo'lib, u yangi o'zbek qurilish uslubida qurilgan.

Yangi kampus[tahrir]

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining yangi binosi universitet eski kampusi rekonstruksiyasidan hamda universitet hududida yangi qurilish amalga oshirilganidan keyin tashkil etildi. Yangi kampusni to'liq qurish va institutning ulkan rivojlanishi maqsadida O'zbekiston hukumati 106,8 mlrd. so'm mablag' sarfladi. Rekonstruksiya va qurilish ishlaridan so'ng yangi kampus 2013-yilning 13-yanvarida foydalanishga topshirildi. Kampusning ochilish marosimida hukumat vakillari, universitet xodimlari, professor-o'qituvchilar, mehmonlar va talabalar ishtirok etishdi. Yangi kampus o'zbek me'morchiligining yangi uslubida qurilib, oq ranglardan foydalanilgan. Universitetning kirish qismi mehmonlarga institut haqida hikoya qiladi. Rekonstruksiyadan so'ng, universitet bir vaqtning o'zida 2200 talabaga ta’lim berish imkoniga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda universitet doirasida yangi sport majmuasi bunyod etildi. Bundan tashqari, ikkita o'quv binosi, bitta axborot-resurs markazi, talabalar turar joylari va kafeteriy rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar uchun mo’ljallangan 20 kishilik mehmonxona qurildi. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazi O'zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida eng katta kutubxonalardan biri bo'lib, u Internet bilan ta'minlangan kompyuterlar bilan jihozlangan.

Rektorat[tahrir]

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti O'zbekistonning boshqa universitetlaridagi kabi ma'muriy tizimga ega. Universitet rahbari  asosiy hal qiluvchi shaxs – rektor hisoblanadi. Butun universitet rektor tomonidan nazorat qilinadi. Rektor esa, o’z navbatida, O'zbekiston oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi kunda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori – Raximov G'anisher Xudoyqulovich. Universitetda oliy ma'muriy bo'linmalarning yana 4 vakili bo'lib, ular quyidagilar:

  • O'quv ishlari bo'yicha prorektor – Qulmatov Bahrom Gulyamovich.
  • Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor – Hakimov Hamidullo Inomovich.
  • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor – Boqiyeva Gulandom Hisamovna.
  • Moliya va iqtisod ishlari bo’yicha prorektor – Abdullayev Suyun Artikovich.
  • Xalqaro aloqalar bo`yicha prorektor – Alisher Abidjonov.

Universitet ma'muriy birligining har bir vakili o'z vazifasiga ega bo’lib, ular ustidan universitet nazorat o’rnatadi.

Fakultetlar[tahrir]

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida asosiy e'tibor filologiya, tillarni o’qitishga qaratilgan bo'lib, universitetda jami 8 ta fakultet mavjud. Fakultetlarning barchasi filologiya sohasi bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Hozirgi kunda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud:

  • Birinchi ingliz tili fakulteti;
  • Ikkinchi ingliz tili fakulteti;
  • Filologiya fakulteti;
  • Roman-German filologiyasi fakulteti;
  • Rus filologiyasi fakulteti;
  • Tarjimonlik fakulteti;
  • Ingliz tili quyi kurslar fakulteti;
  • Xalqaro jurnalistika fakulteti.

Birinchi va ikkinchi ingliz tili fakultetlari biri-biridan bilim berish jihatidan farq qiladi.

Birinchi ingliz tili fakulteti[tahrir]

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibidagi birinchi ingliz tili fakulteti ilk bor 1992-yil 12-mayda O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Farmoniga asosan tashkil etilgan. Fakultet tarixi Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti va Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bazasida ochilgan bo'lib, bevosita universitet tarixi bilan bog'liqdir. Fakultetning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi taraqqiyoti yo'lida o'z bilimlarini kengaytirishga hissa qo'shadigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Garchi fakultet asosan ingliz tilini o'qitishga qaratilgan bo'lsa-da, har bir talaba tomonidan o'rganilishi kerak bo'lgan yana bir ikkinchi til mavjud va u universitet qoidalariga ko’ra biriktiriladi. O'qitiladigan ikkinchi tillar ro'yxati quyidagilar bo’lib, talaba qaysi tilni o'rganishni o’zi tanlashi mumkin: fransuz, nemis, arab, ispan, turk va xitoy. Fakultet O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat ko'rsatadi. Birinchi ingliz tili fakulteti hozirgi kunda bitiruvchilarni ishchi o'rinlari bilan ta'minlash maqsadida ayrim xalqaro kompaniya va muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet hamkorlari quyidagilar: O’zbekistondagi Britaniya Kengashi, Toshkentdagi AQSH Elchixonasi,  Hindistonning "ITEC" dasturi, Malayziya Elchixonasining O'zbekistondagi o'quv dasturi va Yevropa Ittifoqining "TEMPUS" dasturi.  Hozirgi kunda fakultetda uchta kafedra mavjud bo'lib, ular:

  • Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi № 1;
  • Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi № 1;
  • Ingliz tilini o’qitish kafedrasi № 1.

Birinchi ingliz tili fakulteti O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining dastlabki fakulteti bo'lib, universitetga qiziquvchilar orasida eng taniqli fakultetlardan hisoblanadi.

Ikkinchi ingliz tili fakulteti[tahrir]

Ikkinchi ingliz tili fakultetining tuzilishi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Birinchi ingliz tili fakulteti bilan bir xil. Ikkala fakultet ham asosan ingliz tilini o’qitishga qaratilgan bo'lib, har ikkisi ham ingliz tili sohasi bo'yicha professional filologlarni yetishtiradi. Fakultetlarning har ikkalasi ham O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat yuritishi kabi o'xshashliklarga ega. Biroq fakultetlar o'rtasida ba’zi farqlar ham mavjud. Ikkinchi ingliz tili fakulteti Birinchi ingliz tili fakulteti tashkil qilinganidan 10 yil o’tib, 2002-yilda tashkil etilgan. Bu fakultet 2009-yilda to'liq faoliyat ko'rsatadigan fakultet sifatida belgilandi. Fakultet talabalarga ingliz tilidan tashqari yana bir xorijiy tilni ikkinchi til sifatida tanlash huquqini taqdim etadi. Fakultetda 3 ta kafedra mavjud bo'lib, ular quyidagilar:

  • Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi № 2;
  • Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi № 2;
  • Ingliz tilini o’qitish kafedrasi № 2.

Filologiya fakulteti[tahrir]

Filologiya fakulteti O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining eng yosh fakulteti hisoblanib, uning faoliyati 2019-2020-o’quv yilidan boshlangan. Filologiya fakulteti O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat ko'rsatadi. Barcha darsliklar va o'quv jarayonlari O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi va O'zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Fakultet tarkibida 5ta kafedra mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

  • Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi;
  • Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi;
  • Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi;
  • Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi;
  • Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi.

Roman-German filologiyasi fakulteti[tahrir]

Roman-German filologiyasi fakulteti O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining eng yosh fakultetlaridan biridir. Butun dunyo bo'ylab Roman-german tillari keng tarqalgan bo'lib, har qanday mamlakat Roman-german tillarida so'zlashuvchi mamlakatlar bilan xalqaro diplomatik aloqalar o'rnatish uchun o'sha til bo'yicha mutaxassislarga ega bo'lishi zarur. O'zbekiston Respublikasida ushbu ehtiyoj va mutaxassislarga bo'lgan talablarni qondirish maqsadida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimovning farmoni asosida Roman-German filologiyasi fakulteti tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgunga qadar, “Roman-German filologiyasi" alohida til fakultetlari, jumladan, "Nemis filologiyasi fakulteti", "Fransuz filologiyasi fakulteti", "Ispan filologiyasi fakulteti" tarkibida o’qitilgan. Keyinchalik bu fakultetlar "Roman-German filologiyasi fakulteti" nomi bilan bitta ma'muriy birlik ostida birlashtirilgan. "Roman-German filologiyasi fakulteti" ham O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat ko'rsatadi. Hozirgi kunda universitetning  "Roman-German filologiyasi fakulteti"da uchta kafedra mavjud bo'lib, ular quyidagilar:

  • Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – nemis tili va nemis filologiyasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bo'lib, kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalarga nazariy va amaliy jihatdan bilim beriladi.
  • Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – fransuz tili va fransuz filologiyasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bo'lib, kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalarga nazariy va amaliy jihatdan bilim beriladi.
  • Ispan tili nazariyasi va amaliyoti  kafedrasi – ispan tili va ispan filologiyasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan bo'lib, kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalarga nazariy va amaliy jihatdan bilim beriladi.

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining "Roman-German filologiyasi fakulteti"ning o’ziga xosligi shundaki, bu yerda talabalar nafaqat o'ziga xos til filologiyasi haqidagi nazariy bilimlarini kengaytirishlari, balki bu sohada o’z amaliyotlarini ham oshirishlari mumkin. Kafedra professor-o'qituvchilarining aksariyati tegishli fanlar va tillar bo'yicha o'z ilmiy darajalariga ega.

Rus filologiyasi fakulteti[tahrir]

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida "Rus filologiyasi fakulteti"ning tashkil qilinishi natijasida rus filologiyasi va adabiyoti bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash yo'lga qo'yildi. Fakultet bitiruvchilarining ko’pchiligi hozirda turli mamlakatlarda O'zbekiston Respublikasi vakillari sifatida faoliyat olib bormoqda. Rus filologiyasi fakulteti O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat ko'rsatadi.  Barcha darsliklar va o'quv jarayonlari O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi va O'zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining "Rus filologiyasi fakulteti"da 3ta kafedra mavjud bo'lib, ular quyidagilar:

  • Rus adabiyoti va o’qitish metodikasi kafedrasi – zamonaviy rus tili adabiyoti va boshqa mamlakatlar adabiyoti haqida bilim va ko’nikma berishga qaratilgan.
  • Rus tili va o’qitish metodikasi kafedrasi – asosan rus tilining grammatika qoidalarini o'rgatishga qaratilgan. Kafedra, shuningdek, nutq darslari orqali o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini ham kengaytiradi.

Tarjimonlik fakulteti[tahrir]

Barcha xoriijiy davlatlar yoki korporatsiyalar bilan hamkorlik qilish uchun har qanday hukumat ikki tomon o’rtasida ko'prik bo'lishi mumkin bo'lgan professional tarjimonlarga ehtiyoj sezadi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, dunyoning rivojlanayotgan davlatlaridan biriga aylangani bois, professional tarjimonlarga bo'lgan ehtiyoj yanada ko’paydi. O'zbekiston hukumati esa bu muammoni hal etish uchun qator vazifalarni o’z oldiga qo'ygan. Ushbu vazifani bajarish maqsadida 1994-yilda O’zDJTUda"Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti” tashkil etilgan. 2019-yildan boshlab mazkur fakultet “Tarjimonlik fakulteti” deb nomlandi. Bu fakultetda bakalavriat yo'nalishi uchun 4 ta asosiy til mavjud bo'lib, ular quyidagilar: ingliz, fransuz, nemis va ispan tillari. Magistratura yo’nalishi esa bu fakultetda 2005-yilda ochilgan. Bundan tashqari, 2008-yilda magistratura yo’nalishi uchun Xitoy tili filiali ochildi. Tarjimonlik fakulteti O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat ko'rsatadi. Barcha darsliklar va o'quv jarayonlari O'zbekiston oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi va O'zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi.  Tarjimonlik fakulteti bugungi kunda universitetni bitirganidan so’ng talabalarning doimiy ish joylari bilan ta'minlash maqsadida ko'plab xalqaro kompaniyalar, muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet hamkorlari quyidagilar: Moskva davlat Lingua universiteti, Perudja universiteti (Italiya), Pekin Xitoy tili va madaniyati instituti, Seul Chun Ang universiteti, KOICA xalqaro korporatsiyasi, Deli universiteti (Hindiston),  JICA xalqaro korporatsiyasi (Yaponiya), O'zbekistondagi Britaniya Kengashi va boshqa ko'plab muassasalar. Hozirda fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

  • Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – ingliz tili doirasida nazariy va amaliy nuqtai nazardan bilim beradi. Ingliz tilini o’rganish metodlarini o'rgatadi.
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti – tarjima qilish texnikasi haqida muhim bilimlarni beradi va nazariy bilimlarni amaliyot bilan kengaytiradi.

Xalqaro jurnalistika fakulteti[tahrir]

Rivojlangan davlatlar o'z mamlakatlarida xalqaro jurnalistikani takomillashtirishga katta e'tibor beradilar. Xalqaro jurnalistika dunyo haqida to'g'ri va aniq ma'lumotga ega bo'lishda katta rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng xalqaro darajadagi jurnalistlarga bo'lgan ehtiyojlar yuzaga keldi. Bu ehtiyojlarni qondirishning  yagona yo'li – O'zbekiston taraqqiyotiga hissa qo'shadigan, xalqaro jurnalistlarni tayyorlashga qaratilgan fakultet ochish edi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalqaro jurnalistlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida O'zbekistonda va Markaziy Osiyoda jurnalistikani rivojlantirishga qaratilgan yangi fakultet ochishga qaror qildi. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevraldagi qaroriga asosan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi. O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti bugungi kunda ko'plab xalqaro institutlar va jurnalistika sohasidagi mutaxassislar bilan qiziquvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet homiylari va hamkorlari quyidagilar: Moskva davlat universiteti, Nordestern universiteti (AQSh), Germaniya xalqaro jurnalistika instituti, Pekin Xitoy tili va madaniyati instituti, Seul universiteti, Chun Ang universiteti (Janubiy Koreya), JICA xalqaro korporatsiyasi, Qozog'iston Milliy universiteti va boshqalar. Xalqaro jurnalistika fakulteti  O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari va O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat ko'rsatadi. Barcha darsliklar va o'quv jarayonlari O'zbekiston oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi va O'zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi.  Fakultet tarkibida 1ta kafedra mavjud:

  • Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – jurnalistikaning nazariy qismi haqida zaruriy bilimlar berish bilan bir qatorda, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash imkoniyatini beradi.

Fakultetlararo kafedralar[tahrir]

  • Ijtimoiy fanlar kafedrasi;
  • Umumiy tilshunoslik kafedrasi;
  • Jismoniy madaniyat kafedrasi;
  • Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi;
  • O’zbekiston tarixi kafedrasi;
  • Pedagogika va psixologiya kafedrasi;
  • Tabiiy fanlar kafedrasi;
  • Ikkinchi chet tilini intensiv o’qitish kafedrasi;
  • Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi;
  • O’zbek tili kafedrasi.

Universitetdagi ta’lim yo’nalishlari[tahrir]

Bakalavriat:

  • xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (nеmis tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (ispan tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (xitoy tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (koreys tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (yapon tili)
  • filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)
  • ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda)
  • tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • jurnalistika (xalqaro jurnalistika).

Magistratura:

  • xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)
  • lingvistika (ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, rus tillari)
  • qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo`yicha)
  • xalqaro jurnalistika (faoliyat turlari bo`yicha)
  • jurnalistika (sport jurnalistikasi).

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim instituti (Doktorantura)da katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish maqsadida quyidagi ixtisoslik yo'nalishlari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boradilar:

  • 10.00.02 — Til nazariyasi. Amaliy va kompyutеr lingvistikasi
  • 10.00.04 — Yevropa, Amеrika va Avsraliya xalqlari tili va adabiyoti
  • 10.1.6 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
  • 10.1.7 — Adabiyot nazariyasi
  • 10.00.09 — Jurnalistika
  • 13.1.1 — Pеdagogika nazariyasi va tarixi. Ta'limda mеnеjmеnt
  • 13.1.2 — Ta'lim va tarbiya nazariyasi va mеtodikasi (sohalar bo'yicha)
  • 7.1.8 — Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi
  • 7.1.9 — Ijtimoiy-siyosiy institutlar va jarayonlar tarixi.

Akademik litsey[tahrir]

Deyarli barcha O'zbekiston oliy ta’lim muassasalari akademik litsey va kollejlar bilan chambarchas bog'liqdir. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida ham bitta akademik litsey mavjud. Mazkur akademik litseyning asosiy maqsadi yosh avlodga filologiya yo’nalishida bilim berish orqali ularni oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlash hamda bu borada to'g'ri yo'l ko'rsatishdir.

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey bu – O'zbekiston Respublikasi qonun va farmonlari asosida to'liq ishlaydigan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasi hisoblanadi. Barcha darsliklar va o'quv jarayonlari O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi va O'zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi.  O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyga 9 yillik majburiy ta’limni tamomlagan va litsey imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan o’quvchilargina qabul qilinadi. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey asosan matematika, chet tili, ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirilgan asosda o’qitishga qaratilgan. O’quvchilar, shuningdek, iqtisodiyot, muhandislik, biznes, marketing, menejment va boshqa sohalar bo'yicha bilimga ega bo'lishlari mumkin. Akademik litseyni tamomlagan o’quvchilarga diplom beriladi. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyda darslar uch tilda: o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseydagi asosiy xorijiy tillar: ingliz tili va nemis tillarini o'z ichiga oladi. Ba'zi qo'shimcha tillar ham mavjud bo’lib, ular akademik litseyda ikkinchi til sifatida o'qitiladi: fransuz, yapon, xitoy, koreys, ispan, arab va turk tili. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey 3 yilga mo'ljallangan. Mazkur akademik litsey hozirgi kunda ba'zi mahalliy va xalqaro kompaniyalar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi, jumladan:

  • O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • O'zbekiston Milliy universiteti;
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti;
  • Germaniyaning ZFA markazi "Schulmanagementwelweit";
  • O'zbekiston Respublikasi Ingliz tili o'qituvchilari uyushmasi.

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey manzili:  100007, Toshkent sh., Bobur ko'chasi, 55-uyda joylashgan.

Universitet hamkorlari[tahrir]

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rossiya Federatsiyasining quyidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi:

  • Moskva davlat universiteti;
  • A.S. Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti;
  • Moskva davlat lingvistika universiteti;
  • Uralsk davlat tilshunoslik universiteti;
  • Adigey davlat universiteti;
  • Astraxan davlat universiteti;
  • Vladimir davlat universiteti;
  • Kurgan davlat universiteti;
  • Qalmiq davlat universiteti;
  • Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti.

Bundan tashqari, universitet quyidagi xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan:

Angliya:

  • Norvich tillar o`qitish instituti;
  • London Metropolitan universiteti;

Amerika Qo’shma Shtatlari:

  • Indiana universiteti;

Germaniya:

  • Yohannis Gutenburg Maynz universiteti;
  • Gyote instituti;
  • Frayburg pedagogika universiteti.

Fransiya:

  • Allians instituti;
  • Versal Akademiyasi;
  • Kan universiteti;
  • Serji-Potuaz universiteti.

Ispaniya:

  • Kadiz universiteti;
  • Kastilla-la Mancha universiteti;
  • Vallyadolid universiteti.

Avstriya:

  • Vena universiteti;
  • Belgiyaning Louvin Katolik universiteti.

Italiya:

  • Perugia xorijiy talabalar universiteti

Ruminiya:

  • Alba Iuliya universiteti

Gretsiya:

  • Ionnina universiteti;
  • Peloponnes universiteti;
  • Afina universiteti.

Misr Arab Respublikasi:

  • Qohira universiteti.

Latviya:

  • Rezekne Texnologiyalar Akademiyasi

Yaponiya:

  • Soka universiteti;
  • Tsukuba universiteti;
  • Hokkaido universiteti;
  • Bunkyo Gakuin universiteti.

Janubiy Koreya:

  • Seul milliy pedagogika universiteti;
  • Sunchon milliy universiteti;
  • Jeju milliy universiteti;
  • Busan chet tillari universiteti;
  • Hankuk chet tillari universiteti;
  • Chung-Ang universiteti;
  • Jungbu universiteti;
  • Daegu universiteti;
  • Kyungdong universiteti;
  • Sungkyunkvan universiteti;

Xitoy Xalq Respublikasi:

  • Changchun universiteti;
  • Beijing chet tillari universiteti.

Malayziya:

  • Sultan Idris universiteti;
  • Binary universiteti;

Indoneziya:

  • Gunadarma universiteti

Qozog’iston:

  • Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti.

Universitet huzuridagi tashkilotlar[tahrir]

“Filologiya masalalari” jurnali

2002 yildan buyon bir yilda to‘rt marta chop etilmoqda. Shartli bosma tabog‘i 12,8. Adadi 100 nusxani tashkil etadi. Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, olmon, fransuz va ispan tillarida beriladi.

Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at Majlisining   2002-yil 31-yanvardagi 1/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

2007-yil 2-fevralda O‘zbekiston matbuoti va axborot agentligi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Jurnal filologiya va pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi zarur bo‘lgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

2007 yil aprel oyida jurnal YUNESKOning 1994 – 4233 ISSN raqamli xalqaro sertifikatini olgan.

Adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslik, jurnalistika, metodika, pedagogika va psixologiya, asliyatdan tarjima ruknlari bo‘yicha respublikamizdagi yetakchi olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi magistrant va talabalarning maqolalari chop etiladi.

“O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 oktyabrdagi 283-sonli qaroriga asosan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida "O‘zbekistonda xorijiy tillar" nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portali faoliyat olib bormoqda.

Hozirda www.fledu.uz portalining barcha loyihalari: journal.fledu.uzbooks.fledu.uzlessons.fledu.uz, teachers.fledu.uz, webinar.fledu.uz virtual dunyoda faoliyat yuritmoqda. 2016-yil yanvar oyidan boshlab chet tillarini o‘rganuvchilar uchun onlayn, jonli videodarslar o‘tiladigan lessons.fledu.uz sayti ishga tushdi. books.fledu.uz subsaytida til o‘qitish nazariyasi, metodikasi, grammatikasi, tarjimashunoslik nazariyasiga oid o‘quv adabiyotlari, badiiy kitoblar hamda audio kitoblar, original va tarjima asarlar joylashtirib boriladi.

journal.fledu.uz 2014-yil noyabr oyidan boshlab OAK tarkibidagi ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan. fledu.uz portali esa 2014-yil iyun oyida OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi “O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi PQ-1971-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2013-yil 17-dekabrdagi 331-sonli qarori asosida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi (RIAIM) tashkil etildi va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida 2014-yil 2-yanvardan o’z faoliyatini boshladi.

Innovatsiya markazining faoliyati yosh avlodga xorijiy tillarni o'qitish tizimini tubdan takomillashtirishga, zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'qitishning innovatsion usullarini joriy etish orqali mutaxassislarni tayyorlashga va shu asosda ularning yutuqlariga keng yo'l ochib berishlari uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. Innovatsion markazning asosiy vazifalari sifatida sivilizatsiya va jahon axborot resurslari, shuningdek, xalqaro hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish, chet tillar bo'yicha davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash, yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda chet tillarini o'qitishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish etib belgilangan.