Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
(OʻzDJTU)

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti old tarafi
Shiori Yaxshi aytilgan gap barcha tillarda aqlli eshitiladi
Asos solingan 1992-yil
Oʻquv yurti turi universitet
Sohasi tillar
Prezident Islom Karimov
Rektori Ulugʻbek Azizov (2020-yildan beri)
Talabalari 22.000
Fakultetlar 9 ta
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Aspirantura 3 yil
Doktorantura 3 yil
Manzili Toshkent, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yoʻli koʻchasi, 21-a uy, G-9a mavzesi[1]
Vebsayti http://uzswlu.uz

Koordinatalari: 41°17′6.0000359999907″N 69°11′35.000051999995″E / 41.285000009999997417°N 69.19305556999999851°E / 41.285000009999997417; 69.19305556999999851 G O

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU, shuningdek Jahon tillari universiteti) — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, xorijiy tillar taʼlimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim dargohi[2]. Universitet 1992-yilning 12-may sanasida ikki institutning prezident Islom Karimov tomonidan birlashtirilishi ortidan tashkil etilgan. Muassasada 22 mingdan ortiq talaba tahsil oladi (2022-yil). Oliygoh oʻz ichiga 9 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Media va kommunikatsiya (eski Halqaro jurnalistika), Roman-German filologiyasi, Ingliz filologiyasi, Tarjimonlik, Rus filologiyasi filologiyasi, Sharq filologiyasi hamda uchta Ingliz tili fakultetlaridir. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1992-yil 12-maydagi „Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida“gi 401-son Farmoniga asosan „Respublika Rus tili va adabiyoti instituti“ hamda „Toshkent chet tillari pedagogika instituti“ning birlashtirilishi orqali tashkil qilingan. Mazkur universitetda 15dan ortiq tillar oʻrgatiladi: ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, rus, arab, italyan, koreys, yapon, fors, malay, polyak, hind, turk, yunon va indoneziya tillari shular jumlasidandir[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda universitetda 10 mingga yaqin talabalar mavjud boʻlib, ular bakalavr darajasini olish uchun taʼlim oladilar. Taʼlim Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda oʻqishning birinchi turi kontrakt asosida boʻlishi belgilangan. Barcha oʻquv yigʻimlari Oʻzbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan boʻlib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba toʻlov-shartnomani oʻz vaqtida toʻlashi lozim. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻqishning ikkinchi turi grant asosida boʻlishi belgilangan. Barcha iqtidorli talabalar universitet homiylari tomonidan talabalarga bepul oʻqish imkonini beruvchi grantlar bilan taqdirlanadilar. OʻzDJTUda oʻqish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun esa 2 yil etib belgilangan. Universitet tarkibida 600 dan ortiq oʻz sohasining professional oʻqituvchilari mavjud boʻlib, ularning aksariyati tegishli fanlar boʻyicha professor hisoblanadi. Oʻquv dasturlari va darsliklar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standartlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi Oʻzbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 5ta prorektor faoliyat koʻrsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilinadi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida bitta akademik litsey mavjud boʻlib, universitet mazkur litseydagi oʻquv jarayonini toʻliq nazorat qiladi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bugungi kunda koʻplab milliy va xalqaro oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, filologiyaga asoslangan koʻplab muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Fakultetlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitet filologiya va tillarni oʻqitish sohasida taʼlim beruvchi 8 fakultetdan tashkil topgan.Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida asosiy eʼtibor filologiya, tillarni oʻqitishga qaratilgan boʻlib, universitetda jami 8 ta fakultet mavjud. Fakultetlarning barchasi filologiya sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Hozirgi kunda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud:

  1. Ingliz filologiyasi fakulteti;
  2. Ingliz tili 1-fakulteti;
  3. Ingliz tili 2-fakulteti;
  4. Ingliz tili 3-fakulteti;
  5. Roman-German filologiyasi fakulteti;
  6. Rus filologiyasi fakulteti;
  7. Tarjimonlik fakulteti;
  8. Media va kommunikatsiya fakulteti;
  9. Sharq filologiyasi fakulteti;
  10. Maktabgacha taʼlim fakulteti.

Birinchi ingliz tili fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk bor 1992-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Farmoniga asosan tashkil etilgan. Fakultet tarixi Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti va Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bazasida ochilgan boʻlib, bevosita universitet tarixi bilan bogʻliqdir. Garchi fakultet asosan ingliz tilini oʻqitishga qaratilgan boʻlsa-da, har bir talaba tomonidan oʻrganilishi kerak boʻlgan yana bir ikkinchi til mavjud va u universitet qoidalariga koʻra biriktiriladi. Oʻqitiladigan ikkinchi tillar roʻyxati quyidagilar boʻlib, talaba qaysi tilni oʻrganishni oʻzi tanlashi mumkin: fransuz, nemis, arab, ispan, turk va xitoy. Fakultet Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Birinchi ingliz tili fakulteti hozirgi kunda bitiruvchilarni ishchi oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida ayrim xalqaro kompaniya va muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet hamkorlari quyidagilar: Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi, Toshkentdagi AQSH Elchixonasi,  Hindistonning „ITEC“ dasturi, Malayziya Elchixonasining Oʻzbekistondagi oʻquv dasturi va Yevropa Ittifoqining „TEMPUS“ dasturi.  Hozirgi kunda fakultetda uchta kafedra mavjud boʻlib, ular:

  1. Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi № 1;
  2. Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi № 1;
  3. Ingliz tilini oʻqitish kafedrasi № 1.

Ikkinchi ingliz tili fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi ingliz tili fakultetining tuzilishi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Birinchi ingliz tili fakulteti bilan bir xil. Ikkala fakultet ham asosan ingliz tilini oʻqitishga qaratilgan boʻlib, har ikkisi ham ingliz tili sohasi boʻyicha professional filologlarni yetishtiradi. Fakultetlarning har ikkalasi ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat yuritishi kabi oʻxshashliklarga ega. Biroq fakultetlar oʻrtasida baʼzi farqlar ham mavjud. Ikkinchi ingliz tili fakulteti Birinchi ingliz tili fakulteti tashkil qilinganidan 10 yil oʻtib, 2002-yilda tashkil etilgan. Bu fakultet 2009-yilda toʻliq faoliyat koʻrsatadigan fakultet sifatida belgilandi. Fakultet talabalarga ingliz tilidan tashqari yana bir xorijiy tilni ikkinchi til sifatida tanlash huquqini taqdim etadi. Fakultetda 3 ta kafedra mavjud boʻlib, ular quyidagilar:

  1. Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi № 2;
  2. Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi № 2;
  3. Ingliz tilini oʻqitish kafedrasi № 2.

Ingliz filologiyasi fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyati 2020-2021-oʻquv yilidan boshlangan. Ingliz filologiyasi fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Fakultet tarkibida 4ta kafedra mavjud boʻlib, ular quyidagilar:

  1. Ingliz tili funksional leksika kafedrasi;
  2. Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi;
  3. Ingliz tilini oʻqitish va taʼlim texnologiyalari kafedrasi;
  4. Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi.

Fakultet maʼmuriyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultet dekan hamda uning 4 nafar muovinlari tomonidan boshqariladi.

  • Dekan — Sevara Ziyayeva
  • Yoshlar ishlari boʻyicha dekan muovini — Feruz Sultonov
  • Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini — Davron Nosirov
  • Maʼnaviy hamda maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini — Jahongir Xasanov
  • Ilmiy ishlar boʻyicha dekan muovini — …


Rus filologiyasi fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida „Rus filologiyasi fakulteti“ning tashkil qilinishi natijasida rus filologiyasi va adabiyoti boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Fakultet bitiruvchilarining koʻpchiligi hozirda turli mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari sifatida faoliyat olib bormoqda. Rus filologiyasi fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi.  Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining „Rus filologiyasi fakulteti“da 3ta kafedra mavjud boʻlib, ular quyidagilar:

  1. Rus adabiyoti va oʻqitish metodikasi kafedrasi — zamonaviy rus tili adabiyoti va boshqa mamlakatlar adabiyoti haqida bilim va koʻnikma berishga qaratilgan.
  2. Rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi — asosan rus tilining grammatika qoidalarini oʻrgatishga qaratilgan. Kafedra, shuningdek, nutq darslari orqali oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini ham kengaytiradi.

Tarjimonlik fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda OʻzDJTUda"Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti" tashkil etilgan. 2019-yildan boshlab mazkur fakultet „Tarjimonlik fakulteti“ deb nomlandi. Bu fakultetda bakalavriat yoʻnalishi uchun 4 ta asosiy til mavjud boʻlib, ular quyidagilar: ingliz, fransuz, nemis va ispan tillari. Magistratura yoʻnalishi esa bu fakultetda 2005-yilda ochilgan. Bundan tashqari, 2008-yilda magistratura yoʻnalishi uchun Xitoy tili filiali ochildi. Tarjimonlik fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi.  Tarjimonlik fakulteti bugungi kunda universitetni bitirganidan soʻng talabalarning doimiy ish joylari bilan taʼminlash maqsadida koʻplab xalqaro kompaniyalar, muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet hamkorlari quyidagilar: Moskva davlat Lingua universiteti, Perudja universiteti (Italiya), Pekin Xitoy tili va madaniyati instituti, Seul Chun Ang universiteti, KOICA xalqaro korporatsiyasi, Deli universiteti (Hindiston),  JICA xalqaro korporatsiyasi (Yaponiya), Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi va boshqa koʻplab muassasalar. Hozirda fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

  1. Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi — ingliz tili doirasida nazariy va amaliy nuqtai nazardan bilim beradi. Ingliz tilini oʻrganish metodlarini oʻrgatadi.
  2. Tarjima nazariyasi va amaliyoti — tarjima qilish texnikasi haqida muhim bilimlarni beradi va nazariy bilimlarni amaliyot bilan kengaytiradi.

Xalqaro jurnalistika fakulteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevraldagi qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti bugungi kunda koʻplab xalqaro institutlar va jurnalistika sohasidagi mutaxassislar bilan qiziquvchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet homiylari va hamkorlari quyidagilar: Moskva davlat universiteti, Nordestern universiteti (AQSh), Germaniya xalqaro jurnalistika instituti, Pekin Xitoy tili va madaniyati instituti, Seul universiteti, Chun Ang universiteti (Janubiy Koreya), JICA xalqaro korporatsiyasi, Qozogʻiston Milliy universiteti va boshqalar. Xalqaro jurnalistika fakulteti  Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi.  Fakultet tarkibida 1ta kafedra mavjud:

  • Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi — jurnalistikaning nazariy qismi haqida zaruriy bilimlar berish bilan bir qatorda, nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash imkoniyatini beradi.

Fakultetlararo kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ijtimoiy fanlar kafedrasi;
  2. Umumiy tilshunoslik kafedrasi;
  3. Jismoniy madaniyat kafedrasi;
  4. Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi;
  5. Oʻzbekiston tarixi kafedrasi;
  6. Pedagogika va psixologiya kafedrasi;
  7. Tabiiy fanlar kafedrasi;
  8. Ikkinchi chet tilini intensiv oʻqitish kafedrasi;
  9. Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi;
  10. Oʻzbek tili kafedrasi.

Universitetdagi taʼlim yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bakalavriat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (fransuz tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (ispan tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (xitoy tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (koreys tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (yapon tili)
  • filologiya va tillarni oʻqitish (rus tili)
  • ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda)
  • tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • jurnalistika (xalqaro jurnalistika).
  • Rus tili va ingliz tilini oʻqitish

Magistratura[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)
  • lingvistika (ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, rus tillari)Xolmurodova Marjona
  • qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)
  • xalqaro jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)
  • jurnalistika (sport jurnalistikasi).

Doktorantura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutida katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish maqsadida quyidagi ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boradilar:

  • 10.00.02 — Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
  • 10.00.04 — Yevropa, Amerika va Avsraliya xalqlari tili va adabiyoti
  • 10.1.6 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
  • 10.1.7 — Adabiyot nazariyasi
  • 10.00.09 — Jurnalistika
  • 13.1.1 — Pedagogika nazariyasi va tarixi. Taʼlimda menejment
  • 13.1.2 — Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)
  • 7.1.8 — Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi
  • 7.1.9 — Ijtimoiy-siyosiy institutlar va jarayonlar tarixi.

Akademik litsey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida bitta akademik litsey mavjud. Oʻzbekiston Respublikasi qonun va farmonlari asosida toʻliq ishlaydigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi hisoblanadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi.  Akademik litseyga 9 yillik majburiy taʼlimni tamomlagan va litsey imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina qabul qilinadi. Asosan matematika, chet tili, ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirilgan asosda oʻqitishga qaratilgan. Oʻquvchilar, shuningdek, iqtisodiyot, muhandislik, biznes, marketing, menejment va boshqa sohalar boʻyicha bilimga ega boʻlishlari mumkin. Akademik litseyni tamomlagan oʻquvchilarga diplom beriladi. Darslar uch tilda: oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Asosiy xorijiy tillar: ingliz tili va nemis tillarini oʻz ichiga oladi. Baʼzi qoʻshimcha tillar ham mavjud boʻlib, ular akademik litseyda ikkinchi til sifatida oʻqitiladi: fransuz, yapon, xitoy, koreys, ispan, arab va turk tili. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey 3 yilga moʻljallangan.

Universitet hamkorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Adigey davlat universiteti, Astraxan davlat universiteti, Vladimir davlat universiteti, Kurgan davlat universiteti, Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Uralsk davlat tilshunoslik universiteti, Qalmiq davlat universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, universitet quyidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan[4]:

Angliya:

  • Norvich tillar oʻqitish instituti;
  • London Metropolitan universiteti;

Amerika Qoʻshma Shtatlari:

  • Indiana universiteti;

Germaniya:

  • Yohannis Gutenburg Maynz universiteti;
  • Gyote instituti;
  • Frayburg pedagogika universiteti.

Fransiya:

  • Allians instituti;
  • Versal Akademiyasi;
  • Kan universiteti;
  • Serji-Potuaz universiteti.

Ispaniya:

  • Kadiz universiteti;
  • Kastilla-la Mancha universiteti;
  • Vallyadolid universiteti.

Avstriya:

  • Vena universiteti;
  • Belgiyaning Louvin Katolik universiteti.

Italiya:

  • Perugia xorijiy talabalar universiteti

Ruminiya:

  • Alba Iuliya universiteti

Gretsiya:

  • Ionnina universiteti;
  • Peloponnes universiteti;
  • Afina universiteti.

Misr Arab Respublikasi:

  • Qohira universiteti.

Latviya:

  • Rezekne Texnologiyalar Akademiyasi

Yaponiya:

  • Soka universiteti;
  • Tsukuba universiteti;
  • Hokkaido universiteti;
  • Bunkyo Gakuin universiteti.

Janubiy Koreya:

  • Seul milliy pedagogika universiteti;
  • Sunchon milliy universiteti;
  • Jeju milliy universiteti;
  • Busan chet tillari universiteti;
  • Hankuk chet tillari universiteti;
  • Chung-Ang universiteti;
  • Jungbu universiteti;
  • Daegu universiteti;
  • Kyungdong universiteti;
  • Sungkyunkvan universiteti;

Xitoy Xalq Respublikasi:

  • Changchun universiteti;
  • Beijing chet tillari universiteti.

Malayziya:

  • Sultan Idris universiteti;
  • Binary universiteti;

Indoneziya:

  • Gunadarma universiteti

Qozogʻiston:

  • Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti.

Universitet huzuridagi tashkilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Filologiya masalalari" jurnali[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yildan buyon bir yilda toʻrt marta chop etilmoqda. Shartli bosma tabogʻi 12,8. Adadi 100 nusxani tashkil etadi. Maqolalar oʻzbek, rus, ingliz, olmon, fransuz va ispan tillarida beriladi. Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Hay’at Majlisining 2002-yil 31-yanvardagi 1/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2007-yil 2-fevralda Oʻzbekiston matbuoti va axborot agentligi tomonidan qayta roʻyxatdan oʻtgan. Jurnal filologiya va pedagogika fanlari boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar eʼlon qilinishi zarur boʻlgan nashrlar roʻyxatiga kiritilgan. 2007-yil aprel oyida jurnal UNESCOning 1994 — 4233 ISSN raqamli xalqaro sertifikatini olgan. Adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslik, jurnalistika, metodika, pedagogika va psixologiya, asliyatdan tarjima ruknlari boʻyicha respublikamizdagi yetakchi olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil izlanuvchi magistrant va talabalarning maqolalari chop etiladi.

„Oʻzbekistonda xorijiy tillar“ nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 283-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida „Oʻzbekistonda xorijiy tillar“ nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portali faoliyat olib bormoqda. Hozirda www.fledu.uz portalining barcha loyihalari: journal.fledu.uzbooks.fledu.uzlessons.fledu.uz Wayback Machine saytida arxivlandi (7-noyabr 2019-yil)., teachers.fledu.uz Wayback Machine saytida arxivlandi (7-noyabr 2019-yil)., webinar.fledu.uz Wayback Machine saytida arxivlandi (7-noyabr 2019-yil). virtual dunyoda faoliyat yuritmoqda. 2016-yil yanvar oyidan boshlab chet tillarini oʻrganuvchilar uchun onlayn, jonli videodarslar oʻtiladigan lessons.fledu.uz sayti ishga tushdi. books.fledu.uz subsaytida til oʻqitish nazariyasi, metodikasi, grammatikasi, tarjimashunoslik nazariyasiga oid oʻquv adabiyotlari, badiiy kitoblar hamda audio kitoblar, original va tarjima asarlar joylashtirib boriladi. journal.fledu.uz 2014-yil noyabr oyidan boshlab OAK tarkibidagi ilmiy jurnallar roʻyxatiga kiritilgan. fledu.uz portali esa 2014-yil iyun oyida OAV sifatida roʻyxatdan oʻtgan.

Chet tillarni oʻqitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 23-maydagi „Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari togʻrisida“gi PQ-1971-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2013-yil 17-dekabrdagi 331-sonli qarori asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Chet tillarni oʻqitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi (RIAIM) tashkil etildi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida 2014-yil 2-yanvardan oʻz faoliyatini boshladi. Innovatsiya markazining faoliyati yosh avlodga xorijiy tillarni oʻqitish tizimini tubdan takomillashtirishga, zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish orqali mutaxassislarni tayyorlashga va shu asosda ularning yutuqlariga keng yoʻl ochib berishlari uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. Innovatsion markazning asosiy vazifalari sifatida sivilizatsiya va jahon axborot resurslari, shuningdek, xalqaro hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish, chet tillar boʻyicha davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash, yetakchi xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda chet tillarini oʻqitishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish etib belgilangan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Uzbekistan State World Languages University.“. timeshighereducation.com. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  2. „Uzbekistan State University of World Languages“. free-apply.com. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  3. „About Uzbekistan State World Languages University“. topuniversities.com. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.
  4. „Uzbek State World Languages University“. uil.unesco.org. Qaraldi: 17-noyabr 2022-yil.



Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]