Malay tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Malay tili
Milliy nomi Bahasa Melayu, بهاس ملايو
Mamlakatlar

 Malayziya
 Indoneziya
 Bruney
 Singapur

 Sharqiy Timor
Rasmiylik holati

 Malayziya
 Bruney

 Singapur
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 mln., 45mln. uchun ona tili[1]
Oʻrni 58
Alifbosi Malay alphabet, Jawi alphabet va Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 ms
ISO 639-2 may (B); msa (T)
ISO 639-3 msa va boshqalar


Malay tili (oʻz nomi: Bahasa Melayu) — avstroneziya tillaridan biri (Malayya-Polineziya shuʼbasi, gʻarbiy „sub-shuʼba“). 1970-1990-yillarda Malayziya tili nomi Malayziyada ham ishlatilgan.

Sumatra orolida, Malakka yarim orolida, Kalimantan orolining qirgʻoqboʻyi hududlarida, shuningdek, bir qator kichik orollarda tarqalgan.

Lotin alifbosiga asoslangan yozuv ishlatiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk oʻrta asrlardan boshlab malay tili butun malay „qirgʻoq sivilizatsiyasi“ (Malay arxipelagi, Malakka yarim oroli, Hindixitoy qirgʻoqlari va Yangi Gvineya) yashaydigan hududda millatlararo muloqot va davlatlararo munosabatlar tili sifatida ishlatilgan; Malay tili islom va nasroniylikning tarqalishi tili edi[2]. Malayziya tilida ham mahalliy, ham tarjimali turli janrdagi boy adabiyot mavjud.

Malay tilining birinchi yodgorliklari Sumatra va Bangka orollaridagi toshlardagi yozuvlar (7-asr); janubiy hind turidagi boʻgʻinli yozuv ishlatiladi (qarang Hind yozuvi). Sumatraning ayrim hududlarida „kaganga“ va „renchong“ deb nomlangan hind yozuvining qattiq oʻzgartirilgan shakllari saqlanib qolgan.

14-asrdan boshlab islom bilan bir qatorda oʻzgartirilgan arabcha " javi " yuzuvi ham tarqala boshladi. 19-asrdan boshlab lotin alifbosi keng tarqala boshladi — Indoneziyada u 20-asr boshlarida, Malayziya va Singapurda esa 1957 yildan keyin kodifikatsiya qilingan.

Malayziyada „Malayziya tili“ (Bahasa Malaysia) nomi 1969 yilda kiritilgan, ammo 1990-yillardan boshlab eski nom — „Malay tili“ (Bahasa Melayu) ga qaytgan.

Malayziyada Malay tiliga ixtisoslashgan taniqli tilshunoslar orasida Asmah Hoji Umar va Abdulla Hassan bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Victor Pogadaev, Eugenia Kukushkina. Bahasa-Bahasa Utama Dunia: Suatu Pengenalan. Kuala Lumpur: DBP, 2018, p. 151.
  2. Dorofeeva, Tatiana V. (2011) Bahasa Melayu Seumpama Bahasa Latin di Rantau Nusantara (Malayskiy — latin Nusantari). Jurnal Terjemahan Alam & Tamadun Melayu, 2 (2). Bangi: Universiti Kebangsaan Malaysia, p. 163—171.