Ilhomjon Toʻxtasinov
Ilhomjon Madaminovich Toʻxtasinov | |
---|---|
Tavalludi |
4-may 1980-yil Shahrixon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | filolog |
Sohasi | adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, tilshunoslik |
Taʼlimi | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Ilhomjon Madaminovich Toʻxtasinov (1980-yil 4-may, Shahrixon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2018), professor (2020).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilhomjon Toʻxtasinov 1980-yil 4-may Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tugʻilgan[1]. 2001—2005-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, 2005—2007-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi, 2007—2010-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspiranti, 2010—2012-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2012—2013-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani, 2013—2015-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili fakulteti dekani, 2015—2016-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan[1]. 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori hamda bir paytnig oʻzida Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili (2021—2022)[1][2].
2023-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori[3].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilhomjon Toʻxtasinov ilmiy ishlari adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslikka oid. Olim 2011-yilda „Badiiy matnda qo‘shma so‘zlarning lingvokulturologik va gender xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, 2012-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2018-yilda „Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompentetsiyalarni shakllantirish va rivojlantirish (ekvivalentlik hodisasi asosida)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[1]. 2019-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Ilhomjon Toʻxtasinov 138 ta ilmiy ishlar, jumladan, 10 ta darslik, 6 ta monografiya, 84 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar muallifidir[1]. Ilhomjon Toʻxtasinov Alisher Navoiy gʻazallari, Abdulla Qodiriy, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari, Gʻafur Gʻulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan[4][5]. Jumladan, Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligiga „Mehrobdan chayon“ romanini[4], Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romanini[6] oʻzbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Ombudsmanning Samarqanddagi vakili murojaatchining “propiska” muammosini hal etdi“.
- ↑ „Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillari institutining rektori lavozimidan ozod etildi.“. gov.uz (2023-yil 9-sentyabr). 2023-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Rektor “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga tarjima qildi“ (2019-yil 5-oktyabr). 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
- ↑ „Rektor “Mehrobdan chayon”ni inglizchaga tarjima qildi“ (2019-yil 5-oktyabr).
- ↑ „“Yulduzli tunlar” ingliz tilida chop etildi“ (2019-yil 15-fevral).