Kontent qismiga oʻtish

Maqsud Karimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Maqsud va familiyasi Karimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Maqsud Karimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maqsud Karimov
Tavallud sanasi 2-mart 1985-yil (1985-03-02) (40 yosh)
Tavallud joyi Urganch Uzbekistan
Boʻyi 181 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Xorazm Futbol Federatsiyasi
Raqami vitse prezidenti
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Xorazm 30 (2)
2007 Vobkent 28 (3)
2008—2019 Nasaf Qarshi 219 (11)
2019—2020 Qizilqum 11 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Oʻzbekiston 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-mart uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-mart uchun)

Maqsud Karimov (ruscha: Каримов, Максуд; 1985-yil 2-mart[1], Urganch, Oʻzbekiston SSR, SSSR[2]) – oʻzbek nafaqadagi futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Xorazm Futbol Federatsiyasi vitse prezidenti va „Xorazm“ jamoasi rahbari[3][4][5]. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Maqsud Karimov 2-mart 1985-yil Urganch shahrida tugʻilgan. Maqsud yoshligidan futbol oʻynashni ona shahri Urganchda boshlagan. U Navroʻz shaharchasidagi 22-maktabda oʻqib, tamomlagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida 2006-yilda „Xorazm“ tarkibida debyut qilgan. Karimov liganing barcha 30 oʻyinini maydonda oʻtkazgan jamoaning asosiy oʻyinchisi edi[6]. Mavsum yakunida klub oliy divizionni tark etdi va 2007-yilda „Vobkent“ klubiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda klub oliy ligani ham tark etdi, biroq Karimov kuchliroq boʻlgan „Nasaf“ klubi manfaatlari doirasiga kira oldi[6].

2008-yildan buyon Maqsud Karimov „Nasaf“ futbolchisi. „Nasaf“ tarkibida 2008-yilgi deyarli barcha oʻyinlarda qatnashgan. 2009-yilda esa Viktor Kumikovning jamoaga bosh murabbiy etib kelishi bilan jamoa tarkibi deyarli 95 foizga oʻzgardi[7], ammo Maqsud Karimov jamoada qoldi. 2011-yilda jamoani Anatoliy Demyanenko qabul qilib oldi va u ham asosiy tarkibdagi oʻrinni Maqsudga ishonib topshirdi[8]. 2018-yilning 25-noyabr kuni u „Nasaf“ bilan soʻnggi oʻyinida maydonga tushdi va shundan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi[7][9][10].