Kalgari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalgari — Kanadaning gʻarbiy qismidagi shahar. Alberta provinsiyasida, Qoyali togʻlar etagida. Aholisi 819,3 ming kishi (1996). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim sanoat, savdo (galla va chorva) markazi. Shaharning bunyodga kelishi neft sanoatining oʻsishi bilan bogʻliq. Neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t bor. Qishki kurort. K.da 15-Qishki olimpiada oʻyinlari (1988) boʻlib oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil