Aglomeratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi – aholi punktlari, aso-san shaharlar, shuningdek qishloqlarning intensiv xo‘jalik, mehnat va madaniy-maishiy hamda rekreatsion aloqalar bilan bog‘lanib, yagona birlikni tashkil qilgan kompakt hududli guruhi. Aholining guruh bo‘lib joylashishining eng rivoj-langan shakllaridan biri. Shaharlarda (asosan yirik shaharlar atrofida) aholining to‘planishi asosida vujudga kelgan va rivojlangan.Monotsentrik Aglomeratsiya va politsentrik Aglomeratsiya a. bo‘ladi. Aglomeratsiya uchun aholi yashaydigan hududlarning yaqinligi, aholining 150mehnat qilish uchun shahar atrofidan shahar markaziga borishi xos. Urbani-zatsiya jarayonida Aglomeratsiya dunyo bo‘yicha ko‘payib bormoqda. O‘zbekistonda 2 yirik Aglomeratsiya (Toshkent, Farg‘ona-Marg‘ilon) bor. Toshkent Aglomeratsiyada 60% shahar va 40% qishloq aholisi, Farg‘ona-Marg‘ilon Aglomeratsiyada 50% shahar aholisi va 50% qishloq aholisi yashaydi (1999).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil