Protestantizm
Protestantizm (lot. protestans norozi boʻlish, kelishmaslik) — xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va pravoslaviye bilan birgalikda). Reformatsiya davri (16-asr)da katolitsizmdan ajralib chiqqan. P. asoschilari — M. Lyuter, J. Kalvin, U. Svin-gli. P. cherkov, sektalarni, kalvinchilik, lyuteranlik, anglikan cherkovlari, metodistlar, baptistlar, adventistlar-ni, shuningdek, koʻpgina mustaqil oqimlarni birlashtiradi. P. ruxrniylarning inson bilan xudo oʻrtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. P. da ruxrniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Murakkab cherkov iyerarxiyasi yoʻq, toat-ibodat soddalashtirilgan, monaxlar boʻlmaydi, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. P., asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiqboʻyi mamlakatlari (Estoniya, Latviya)da tarqalgan. Protestantlarning umumiy soni 750 mln. ga yaqin.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |