Algonkinlar
Jump to navigation
Jump to search
Algonkinlar – Shimoliy Amerikadagi indeys xalqlari guruhi (ojibve, mogikan, delavar, kri, montane, naskap, cheyen va boshqalar). 260 ming kishi. Bulardan 100 ming kishi Kanadada va 160 ming kishi AQShda (1992) maxsus ajratilgan joylarda yashaydilar, algonkin tilida gaplashadilar. A. mongoloid irqiga mansub. A.ning ko‘p qismi mustamla-kachilar tomonidan qirib tashlangan. Kanadada yashovchi A., asosan, mo‘ynali hayvonlarni ovlaydilar. AQShda yashovchilari dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Dindorlari katoliklar.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |