Kontent qismiga oʻtish

Gudzon (daryo)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gudzon daryosidan yoʻnaltirildi)
Gudzon (daryo)
Tavsif
Uzunligi 492
Suv sarfi 210 m³/s
Joylashuvi
Davlat AQSh
Gudzon (daryo)

Gudzon, Xadson (inglizcha: Hudson) — AQSH sharqidagi daryo. Uzunligi 492 km. Havzasining mayd. 35 ming km2. Appalachi togʻlaridan boshlanadi. Yuqori oqimida ostona va sharshara koʻp. Atlantika okeaniga quyiladi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 630 m1/sek. Bahorda tulib oqadi. Suv rejimi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Quyilish yeridan Troi sh.gacha kema katnaydi. G.— Nyu-YorkSteyt-Barjkanal suv yoʻli sistemasining muhim qismi. Daryoga yirik GESlar qurilgan. Quyilish joyida Nyu-York sh., daryo boʻylab Troy, Olbani, Xadson, Kingston sh.lari joylashgan. G.ni 1609 yilda G. Gudzon kashf qilgan va tavsiflagan, daryo uning nomi bilan atalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil