Turkiya alaviylari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Anatoliya alaviylaridan yoʻnaltirildi)
Bu maqola asosan Turkiyada yashovchi xalq haqida. Asosan Suriyada yashovchi, aynan shu nom bilan yoki nusayriylar deb ataluvchi guruh uchun Nusayriylar maqolasiga qarang.
Turkiya alaviylari
عَلَوِیُّون
Alaviylar
علوية

Zulfiqor, yaʼni Ali ibn Abu Tolibga Muhammad bergani aytiladigan qilich alaviylarning muhim ramzidir
Umumiy aholisi
15-20 million (2016-yilgi hisob)
Yirik guruhlari yashaydigan hududlar
 Turkiya 15-20 million
Dinlari
Oʻn ikki imom, Shialik, Tasavvuf
Muqaddas kitoblari
Qurʼon, shia kitoblar
Tillari
Turkcha, kurdcha

Turkiya alaviylari, Anatoliya alaviylari, alaviylar yoki aleviylar (turkcha: aleviler; inglizcha: Alevi; ruscha: алевиты) − asosan Turkiyada yashovchi diniy va etnik guruh. Alaviylar shialikning sufiylikka asoslangan firqalaridan birining tarafdorlarirdir. Alaviylik Turkiyada sunniylikdan keyingi ikkinchi eng yirik mazhabdir. Ayrim manbalarga koʻra, alaviylar Turkiya aholisiing 15-20 millionini tashkil qiladi.[1]

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alaviylar Islom dinida toʻrtinchi xalif hisoblanmish Ali ibn Abu Tolibga ergashadilar. Toʻrttala xalifni tan oluvchi sunniylardan farqli oʻlaroq, alaviylar Muhammad paygʻambar vafotidan keyin xalifalikka haqli kishi Ali boʻlgan, qolgan uch xalif — Abu Bakr, Umar va Usmon esa bu huquqni undan va uning avlodlaridan zoʻrlik bilan tortib olgan, deb hisoblaydilar. Shu sababdan ular oʻzlarini alaviylar, yoki „Aliga ergashuvchilar“ deb ataydilar.

Koʻpchilik Turkiya alaviylarini Suriya alaviylari − nusayriylar bilan adashtiradi. Turk tilida Turkiya alaviylari aleviler (inglizcha: Alevi; ruscha: алевиты), Suriya alaviylari nusayriler (inglizcha: Alawites; ruscha: алавиты) deb ataladi.

Diniy qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alaviylar namoz oʻqimaydi. Ramazon oyida roʻzani ham boshqacha tutishadi. Ular namoz oʻqish uchun masjidlarga yoki Makkaga hajga bormaydilar. Alaviylarda spirtli ichimlik ichish man etilmagan, ayollarning hijob kiyishi shart emas.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Javodiy, Abbos. „Turkiya, boʻlingan millat — din (2-qism)“. Ozodlik radiosi (30-aprel, 2016-yil). Qaraldi: 30-aprel, 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]