Muqaddas uchlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muqaddas uchlik, troitsa — 1) xristianlikning asosiy aqidalaridan biri. Unga koʻra, xudo mohiyatan yagonadir, lekin u 3 qiyofada namoyon boʻladi: ota-xudo, oʻgʻil-xudo (Iso Masih), muqaddas ruhxudo. Muqaddas uchlik aqidasi 1- (325 yil) va 2- (381 yil) Jahon soborida rasmiylashtirildi. Koʻp sektalar ratsionalistik mavqedan turib uni inkor etdilar; 2) xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Pasxadan keyin 50kuni nishonlanadi. Bu bayram shu kuni apostollarga "muqaddas ruh" tushishi sharafiga belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil