Nasriddin Xoja xazirasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nasriddin Xoja xazirasi
Muqobil nomlari Nasriddin Xoja xazirasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi xazira
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVIII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 1

Nasriddin Xoja xazirasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVIII asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Nasriddin Xoja xazirasi Chor Bakr meʼmoriy majmuasidagi masjid, madrasa va xonaqoh qarama-qarshisidagi maydonning sharq tomonida joylashgan. Xazirada chilonjiyda daraxti mavjud. Kiraverish peshtoq ikki tomonida uchtadan oltita hujralari bor. Uchta hujraning eshigi oldin tomonda, qolganini esa xazira ichkarisidan eshigi mavjud. Xazira ichkarisidagi hovlilar chillaxona vazifasini oʻtagan va u yerda qorilar tomonidan tilovat qilingan. Xazirada yakka qabirlar boʻlib, faqatgina ikkitasida qabrtosh mavjud. Qabrlar sogʻona shaklida boʻlib, ustiga oq marmatoshlar qoʻyilgan. Qabrtoshning toʻrt tomonida yozuvlar mavjud emas, faqatgina yuqori qismi sharafa usulida bezalgan. Bitiktoshning yuqori qismida nastaliq xatida shunday yozilgan: „Taqvodorlar gultoji iffatli Zebo Vohidabonu Sultonim Eshon Nasr ad-din qizi. Vafoti hijriy 1233 yil“. Ushbu bitiktosh 1812-yil yozilgan. Xaziraning sharq tomonida 2 ta mozor mavjud boʻlib, birinchi qabr erkak kishiga, ikkinchi qabr esa ayol kishiga tegishlidir. Ayol qabri ustiga shunday yozuv mavjud: „Ushbu sogʻona Soliha Bonu Sultonxonimga tegishlidir. Eshon Abd al-Vakil Xoja al-Husayn qizi“. Keyingi qabr ustidagi yogʻochda „Eshon Abd al-Vohid Hoji qabri. Vafoti hijriy 1294 yil[1]“ — deb bitilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1999-yil xaziraning qurilgan chillaxonalar tomlari tiklangann, qabrlar atrofi, tosh bitiklar qoʻyilgan supalar taʼmirlandi[2]. Joʻyboriy xojalari Nasriddin Xoja xazirasi uchun koʻplab yerlarni vafq qilgan[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Чор Бакр 2001, s. 86.
  2. Чор Бакр 2001, s. 121.
  3. Тўраев 2007, s. 253.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144 bet. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309 bet.