Ismoil I Safaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ismoil I Safaviy (1487.17.71524.23.5) - Eron shohi (1502 y.dan), Safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (150001), Tabrizni (1502) egallab, oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahrning bir kismini bosib olgan (150310). I. I davrida Safaviylar davlati ancha kengaygan. 1512 y. I. I qoʻshinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513 y. boshida oʻzbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qoʻshinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar bilan boʻlgan urushda I. I yengilgach (1514), oʻz qoʻl ostidagi Gʻarbiy Armaniston, Kurdiston va Iroqning bir qismidan ajradi. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishga intilgan; maʼmuriy idoralar faoliyatini mustahkamlagan; mustaqil boʻlishga harakat qilgan koʻchmanchi zodagonlar bilan urush olib borgan. Islomning shia mazxabini davlat dini deb eʼlon qilgan. Turkiyzabon sheʼriyatning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan. I. I oʻqimishli kishi boʻlib, olim, shoir va musavvirlarga homiylik qilgan, Xatoiy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. I. I gʻazallar, "Oʻnta xat" epik dostoni (1506), "Nasihat kitobi"ning mualli-fi.

Adabiyot[tahrir]

  • Efendiyev O. A., Obrazovaniye azerbaydjanskogo gosudarstva Sefevidov v nachale XVI v., Baku, 1961.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil