Kamoliddin Binoiy
Kamoliddin Binoiy (taxallusi; asl ismi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz) (1453-yil, Hirot, Temuriylar imperiyasi — 1512, Qarshi, Buxoro xonligi) — shoir, musiqashunos, tarixchi. Forsiyda ijod qilgan.
1487-yilgacha Hirotda adabiyot, sheʼr ilmi, insho, musiqa va tarix fanlarini oʻrgangan. Alisher Navoiy uning "bagʻoyat qobiliyati bor"ligi, xatga ishq paydo qilgani, musiqaga mayl koʻrgizgani va "xele ishlar tasiif" qilganini aytgan ("Majolis un-nafois"). Kamoliddin Binoiy 1487-yilda Tabrizga ketgan, u yerda Xurramiy, Ogahiy, Mazhariy, Ruhiy, Qozi Isolar bilan muloqotda boʻlgan. 1491-yil Hirotga qaytgan, 1495-yilda Samarqandga kelgan. Bu yerda 2 qismdan iborat "Behruz va Bahrom" masnaviysini yozib tugatgan (1500). Masnaviyda ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-tarbiyaviy masalalar ifodalangan. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoga bagʻishlab "Majmaʼ ul-gʻaroyib" qasidasini yozgan (1498). Shayboniyxon saroyida xizmat qilgan, harbiy yurishlarida tarixchi sifatida ishtirok etgan. Shayboniyxon vafotidan soʻng Kamoliddin Binoiy Qarshiga kelgan (1510). Safaviylar Movarounnahrga yurish qilib, bu yerda uyushtirgan ommaviy qirgʻin paytida oʻldirilgan.
"Shayboniynoma" asarida XV asr oʻrtalaridan 1505-yilgacha Movarounnahr va Dashti qipchoqda sodir boʻlgan voqealar tasvirlangan, "Shahanshohnoma"sida esa Ismoil Safaviyning harbiy yurishlari, XVI asr boshlaridagi Buxoro xonligi bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlar ifodalangan. Shoirning 4282 misradan iborat sheʼriy devoni, "Futuhoti xoniy", "Hikoyati safari Binoiy" kitoblari musiqa ilmiga doir. Rost maqomida bastalangan "Noʻhrang" ("Toʻqqiz rang") asari ilmiy va badiiy qimmatga ega[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Bobur Z. M., Boburnoma, T., 1960;
- Mirzayev A., Binai, Dushanbe, 1957.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |