Yassi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yassi, Yassi (asli — Saksi) — 1) Turkiston shahrining eski nomi. Bu haqda Mahmud ibn Vali (17-asr) "Bahr ulasror" ("Sirlar dengizi") asarida quyidagi maʼlumotlarni keltiradi: "Hozirgi Turkiston — bu Saksi shahri, avom xalq uni Yassi deb ataydi". Arab geograflarining yozishicha, Ya. oʻrnida 10-asrda Shavgʻar shahri boʻlgan. 11 — 12-asrlarda Ya. nomi tarixiy manbalarda uchraydi. Amir Temur va shemuriylar davrida qishloq(qarʼya). 1397 yil Sohibqiron Ya.ga kelib shayx Ahmad Yassaviy mozorini tavof qilgan va uning mozori ustiga maqbara solishni buyurgan. Maqbara 2 yilda qurib bitkazilgan (qarang Yassaviy maqbarasi majmuasi). Sohibqiron Xitoyga yurish qilganida (1404 yilnoyab.) qoʻshinning amirzoda Sulton Husayn boshchiligidagi soʻl qanoti Ya. va Sabronda qishlaganlar. Dashti Qipchoq va Movarounnahr aholisi tomonidan muqaddas shahar sifatida eʼzozlanib kelingan va Ahmad Yassaviyga nisbat berilib Hazrat, Turkiston, Turkiston ota kabi nomlar bilan ham atalib kelingan. 17-asr oxiri — 18-asrdan Ya.nomi manbalarda uchramaydi; 2) Fargʻona vodiysining sharqida joylashgan dovon va uning atrofidagi viloyat — Yassi Dabon, Yassi dovon, Yassi viloyati. Nizomiddin Shomiynmnt "Zafarnoma"sida yozilishicha, Sohibqiron 1376 yil erta bahorda Qamariddinta qarshi Moʻgʻulistonga yurish qilganida Ya. viloyati va dovonidan oʻtgan.