Shayboniylar daxmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shayboniylar daxmasi - Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-asr). Shayboniyxon 1510 y. Safaviylar shohi Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511 y. oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511 y.v.e.), Qutlugʻ Muhammad Sulton (1545 y.v.e.), Abulxayr Sulton (1511 y. udsirilgan), Yodgor Sultonim (1526 y.v.e.), Shaxribonu xonim (1535 y.v.e.), Shoh Sulton xonim (1530 y.v.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586 y.v.e.) lar dafn etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Abu Toqirxoja, Samariya, T., 1991.