Shayboniynoma (Muhammad Solih)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Shayboniynoma — oʻzbek xoni Muhammad Shayboniy tarixi toʻgʻrisida tarixiy-jangnoma doston. Oʻzbek tarixchisi va shoiri, Muxammad Solihning asari. Turkiy tilda (chigʻatoy yoki eski oʻzbek tilida) yozilgan.

Asar 1506—1507-yillarda yozilgan. Doston Muhammad Shayboniyning harbiy yurishlari tasviriga bagʻishlangan. Shayboniynoma 8902 misradan iborat boʻlib, 76 bobdan tashkil topgan. 16 bob dostonning muqaddimasi, shundan 1—3-boblar hamd va naʼtlardir. 4-bob soʻz taʼrifiga, 5—14-boblar Shayboniyxonning tavsif va taʼrifiga bagʻishlangan; 15-bob esa „Kitob nazmining sababi“ bayonidadir. 16-bob Mullo Abdurahim haqida. Asarning syujeti — asosiy qismi 17-bobdan boshlanadi. Keyingi boblarda 1499—1500; 1505—1506-yillarda roʻy bergan tarixiy voqealar xronologik izchillikda bayon etilgan[1].

Dostonda XVI asrning boshlaridagi Markaziy Osiyo xalqlarining turmush tarzi, kasb-kori, harbiy hunariga doir qiziqarli maʼlumotlar ham mavjud. Dostonda Sulton Mahmud, Temur Sulton, Bobur, Husayn Boyqaro, Boqi Tarxon, Sulton Ali, Badiuzzamon singari oʻnlab tarixiy siymolar ham tasvirlangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek adabiyoti tarixi [5j.li], 1j., 1977.
  • Muhammad Solih. „Shayboniynoma“, Toshkent, 1961



  1. Muhammad Solih. „Shayboniynoma“, Toshkent, 1961