Beyra
Qiyofa

Beyra — Mozambikdagi shahar, Hind okeani sohilida, Pungve daryosi boʻyida joylashgan. Sofala provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 292 ming kishi (1989). Transport yoʻllari tuguni mavjud. Afrika sharqiy qirgʻogʻidagi muhim portlardan biri, mamlakatda Maputudan keyin ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda turadi, qoʻshni davlatlar (Zimbabve va Malevicha ham xizmat qiladi. Beyra Mutare shahri (Zimbabve)ga boruvchi neft quvurining boshlangʻich punkti. Xalqaro aeroport bor. Toʻqimachilik, oziq-ovqat (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqalar), neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |