Kelimane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kelimane — Mozambikning sharqiy qismidagi shahar. Zambeziya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 153,1 ming kishi (1997). Hind okeanining Mozambik qoʻltigʻi sohilidagi port (chetga shakarqand, paxta, kopra, tamaki, choy chiqariladi). T. y. stansiyasi. Aeroport bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik va metallsozlik korxonalari mavjud. Vasko da Gama ekspeditsiyasi tomonidan 1498 y.da hozirgi K. oʻrnida fort qurilgan (1761 y.dan shahar maqomini olgan). 18—19-asrlarda K. qul savdosi markazlaridan biri boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil