Provinsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Rim Imperiyasi va uning hududiy-administrativ bo'linishi

Provinsiya - davlat yoki mamlakat ichidagi hududiy, ko'pincha ma'muriy birlik.

So'zning kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu so'z lotincha "provincia" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, qadimgi Rimda Appenin yarim orolida joylashgan va Rimga bo'ysingan, Rim tomonidan tayinlangan hokimlar boshqargan hududlar shunday nomlangan.

"Provincia" so'zi lotincha pro - ("nomidan") va vince - ("ustidan nazorat qilish") so'zlaridan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki provinsiya deb Rim nomidan boshqariladigan hududga aytilgan. Rim imperiyasi provinsiyalarga bo'lingan.[1]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyada "en province" iborasi (o'zbekcha: provinsiyada) hozir ham "Parijdan tashqarida" ma'nosidini anglatadi[2] O'xshash iboralar Peruda "en provinsias" (Limadan tashqarida), Meksikada "la provincia" (Meksika tashqarisidagi yerlar), Ruminiyada "în provincie" (Buxarestdan tashqarida), Polshada "prowincjonalny" (provinsial), Bolgariyada «в провинцията», «в провинциях»; «провинциален», «провинциальный». Bundan tashqari Avstraliyada "provinsial" iborasi shtat poytaxtidan tashqaridagi hududlarga aytiladi.

Fransuz inqilobigacha Fransiyaning ba'zi qismlari provinsiya deb atalgan. Biroq ko'pincha provinsiya deb sobiq o'rta asrda tashkil etilgan knyazliklarni yoki ularning jamoalari yerlariga nisbatan aytilgan. Bugungi kunda "province" iborasi "en région", "région" iboralari bilan almashib ikkinchi darajali hukumatga nisbatan ishlatiladi.

Italiyada "in provincia" iborasi asosan "eng yirik mintaqaviy poytaxtlardan tashqarida" (Rim, Milan, Neapol va boshqalar) degan ma'noni anglatadi.

1719-1775-yillarda privinsiya Rossiya imperiyasining ma'muriy-hududiy birliklaridan biri edi.

Shimoliy Amerikadagi ingliz kolonniyalari ko'pincha provinsiya deb atalgan. O'n uchta koloniyaning ko'pchiligidan kelajakda AQSHni tashkil topishida ishtirok etgan. Ularning barchasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'zlarini davlatlar ("shtatlar") deb e'lon qilishdi. Konnektikut, Delaver, Rod-Aylend va Virjiniya koloniyalari hech qachon "provinsiya" deb atalmagan.

Kanadani tashkil etuvchi hududlar ham provinsiya deb ataladi. Konfederatsiyalar mavjud bo'lgan davrlarda faqat Birlashgan Kanada provinsiyasi provinsiya deyilgan. Boshqa koloniyalar provinsiya deb Kanada konfederatsiyasi tashkil topgandan so'ng atala boshlandi.

Bugungi kunda lotincha "provincia" so'ziga yaqin iboralarni Argentina, Kanada, Belgiya, Ispaniya, Indoneziya va boshqa ba'zi bir davlatlar hududiy qismlariga nisbatan ishlatiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]