Tuxum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Tuyaqush tuxumi

Tuxum — tarkibida barcha oziq moddalarga ega boʻlgan parranda mahsuloti. Isteʼmol uchun, asosan, tovuq, bedana, sesarka Tuxumlari ishlatiladi. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) Tuxumlariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqdanmagan, muddati 7 kundan oshmagan Tuxumlar parhez Tuxum hisoblanadi. Tovuq Tuxumda 26% quruq modda, shu jumladan, 12—13% protein, 12% lipidlar (lipidlarning 99% sarigʻida toʻplangan), 1% uglevodlar, 1% mineral moddalar bor. Tuxum oqsili (okligi)ning 60% almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, fermentlar (shu jumladan, lizotsim) va glikoproteidlar (avidin) dan iboraTuxum Tuxum sarigʻi (sariqligi) rangi uning tarkibidagi karotinoidlarga bogʻliq. Uning oʻrtasida urugʻlangan embrion diski joylashgan. Shuningdek, Tuxum tarkibida aminokislotalarga boy oqsil, letsitin, fosforli yogʻlar, 20 dan ortiq mikroelement qamda A, V, Ye, D va boshqa vitaminlar bor. Koloriyaliligi boʻyicha oʻrtacha semizlikdagi mol goʻshtiga teng keladi va yaxshi singadi. Joʻja ochirish uchun serpusht tovukdarning yirik Tuxumlari tanlab olinadi. Odatda, tovuq Tuxumi 55—65, kurkaniki 70—100 g, oʻrdakniki 70—90 g, gʻozniki PO— 180 g. boʻladi. Tuxum uzok, vaqt saklanadigan boʻlsa, oziq-ovqatlik sifati pasayib ketmasligi uchun, qayta ishlanib, undan qandolatchilik va non sanoatida ishlatiladigan melanj (muzlatish yoʻli bilan konservalangan tuxum massasi) va Tuxum kukuni tayyorlanadi. Melanji 8—10 oy, Tuxum kukunini 2 yil saklash mumkin.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Tuxum" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil