Men

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Men — AQShning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Atlantika okeani sohili shim.da. Yangi Angliyada, Kanada chegarasiga yaqin. Maydoni 86,1 ming km². Aholisi 1,3 mln. kishi (2002), shuning 45% dan ortigʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Ogasta shahri; eng yirik shaxri va porti — Portlend. M. hududining aksari qismi Appalachi togʻlari bilan band (eng baland joyi 1291 m). Iklimi sernam, mutadil iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —9°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 1000 mm. Shtat hududining yarmidan kupi oʻrmon bilan qoplangan. Gidroenergiyaga boy dare va koʻl koʻp. Qishloq xoʻjaligi rivojlangan. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. M. kartoshka yetishtirishda AQShda oldingi oʻrinlarda. Yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz sanoati muhim ahamiyatga ega. Koʻn-poyabzal, tikuvchilik, toʻqimachilik, kemasozlik rivojlangan. Toʻqimachilik va poyabzal tikish mashinalari ishlab chiqariladi. Sohil qismida baliq konservalash korxonalari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil