Kamol qozi madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Kamol qozi madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Qoʻqon
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Kamol qozi
Binokorlik 18301832-yillar
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida[1]
Holati amaldagi

Koordinatalari: 40°31′57″N 70°56′41″E / 40.53250°N 70.94472°E / 40.53250; 70.94472 G O

Kamol qozi madrasasi - Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr). Kamol qozi madrasasi binosi darsxona, ayvonli masjid, qovli va kichik hujralardan iborat. Darvozaxona serhasham boʻlib, Xudoyorxon oʻrdasida boʻlgani kabi bu binoda ham faqat kirish qismi (sirti) zeb berib ishlangan. Peshtoq tepasi rangbarang naqshlar bilan qoplangan boʻlib, handasiy shakllar arabiy bitiklar bilan uygʻunlashib ketgan. Peshtoqining ikki yonidagi ustungoʻshalar yuqorisi bezakli kafasa bilan yakunlangan. Darvozaxona ikki qavatli. Ustki qavatdagi darsxona oldi peshayvonli boʻlib, panjara bilan toʻsilgan. Tomi 4 qirrali-chortark gumbaz bilan qoplangan. Hovli atrofiga masjid va hujralar qurilgan. Masjid 4 ustunli, sharq tomoni ochiq, toʻsin tashlab qurilgan ayvoni bor. Uning ichki tomoni ganch bilan ishlangan. Sirti suvoqsiz. Kamol qozi madrasasi meʼmorligida qoʻqonlik xalq ustalarining anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Madrasa taʼmir qilinib, undan mehmonxona sifatida foydalanilmoqda.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]