Farrux Yosor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Farrux yosor — Darbandiya sulolasidan boʻlgan Shirvon hukmdori (shirvonshoh) (1462—1501). F.Yo. davrida Shirvon mustaqilligini saqlab, iqtisodiy jihatdan ancha yuksalgan. F,Yo. Oq qoʻyunli hukmdorlari ittifoqchisi boʻlgan. 1488 yil qizilboshlilar hujumini daf etgan, lekin Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda yengilib, jangda halok boʻlgan. F.Yo. davrida Shirvon Rus davlati bilan diplomatik (1465—66 yillarda elchilar almashingan, 1499 yil doʻstlik va hamkorlik haqida bitim tuzish haqida muzokaralar) va savdo munosabatlari oʻrnatgan F.Yo. oʻzining bunyodkorlik faoliyati bilan ham shuxrat qozongan.