Safaviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Safaviya — sufiydarvishlik tariqati. 13-asr oxirida Eron Ozarbayjonida paydo boʻlgan. Asoschisi — shayx Safiuddin Ishoq (1252—1334). S. dastlab oʻz tarafdorlarini hukmdorlarning jabrzulmlaridan himoya qiladigan diniy jamoa sifatida shakllangan.

15-asrda S. rahbarlari Ardabil hukmdorlariga, S. esa ular hokimiyatining tayanchiga aylandi. Qizilboshlilar S. shayxlarining harbiy tayanchi boʻlgan. S. tarafdorlari shialikdan mafkuraviy qurol sifatida foydalangan. 1499 y. Ismoil I (1487—1524) boshchiligida S. tarafdorlarining Oq qoʻyunli davlatiga qarshi harakatlari gʻalaba qilgandan soʻng safaviylar davlati (1502—1736) tashkil topdi, shialik bu davlatning rasmiy dini deb eʼlon qilindi. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Iroq Arabistoni (vaqtvaqti bilan) va boshqa hududlar kirgan edi. Bu davlat Usmonli turk imperiyasi va oʻzbek xonlari bilan uzluksiz urush olib borgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil