Gabriel Martinelli
Gabriel Teodoro Martinelli Silva (2001-yil 18-iyunda tugʻilgan), Gabriel Martinelli nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Premier Liganing "Arsenal" klubi va Braziliya milliy terma jamoasi hujumchisi.
Guarulhos munitsipalitetida tugʻilib oʻsgan Martinelli oʻzining katta klubdagi faoliyatini „Ituano“ jamoasi safida boshladi. 2019-yilning iyulida, 18 yoshida „Arsenal“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Debyut mavsumida Angliya kubogini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro miqyosda 23 yoshgacha boʻlgan Braziliya terma jamoasi safida oʻynaydi. Braziliyaga 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida futbol musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshdi. 2022-yilda milliy terma jamoa safida debyut qildi. 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida Braziliya milliy terma jamoasi tarkibiga ham chaqirildi.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sao Paulo shahrining Guarulhos shahrida tugʻilgan Martinelli oʻz faoliyatini 2010-yilda "Corinthians" futzal jamoasida boshlagan[1]. Futbol maydonlarida muvaffaqiyatga erishgandan soʻng, 2015-yilda Ituanoga koʻchib oʻtdi va keyinchalik "Manchester United" va "Barcelona" klublarida sinov mavsumlarini oʻtkazdi[2].
2017-yilning 4-noyabrida, o‘zining 2022-yil oktabrgacha boʻlgan birinchi professional shartnomasini imzoladi[3]. Professional debyutini 17-mart kuni „Sao Bento“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi va oʻyinda gol muallifi Claudinhoning oʻrniga maydonga tushdi. Natijada 16 yoshu 9 oyligida klub safida bir asr mobaynida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi[4].
Martinelli oʻzining birinchi golini 2018-yil 8-sentabrda kiritdi. Ikkinchi golini „Taboao da Serra“ klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[5]. 2019-yilgi Campeonato Paulista turnirining asosiy jamoasiga koʻtarildi, musobaqa davomida oltita gol urdi va chorak finalga qadar klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2019-yil 15-mart kuni „Bragantino“ jamoasiga qarshi safardagi bahsda (3:0) dubl qayd etdi.
Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]
Martinelliga bir qator klublar qiziqish bildirdi, biroq 2019-yilning 2-iyulida Premier liganing "Arsenal" klubi u bilan 6 million funt sterling (46,9 million R$) evaziga uzoq muddatli shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi[6]. Italiya pasportiga ega boʻlgan Martinelli ingliz klublari janubiy amerikalik futbolchilar bilan shartnoma imzolashi uchun zarur boʻlgan sinchkovlik bilan tekshirilgan mezonlarga boʻysunmadi[7]. „Arsenal“ning asosiy jamoasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi mavsumoldi safariga bordi[8]. 16-iyul kuni „Colorado Rapids“ klubiga qarshi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) debyut qildi va gol kiritdi[9]. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, Martinelli oʻzining birinchi mavsumida asosan 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar klubi safida oʻynashni, keyin esa sekin-asta akademiyadan asosiy jamoaga qoʻshilishni rejalashtirdi. Biroq, Martinellining mavsumoldi va mashgʻulotlardagi yorqin oʻyini uni asosiy jamoaga tezroq qoʻshilishga yordam berdi[10].
2019-2022-yil. Debyut mavsum va yutuq[tahrir | manbasini tahrirlash]
Martinelli Premier ligadagi debyutini 2019-yil 11-avgust kuni "Newcastle United" klubiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi va 84-daqiqada Henrikh Mkhitaryan o‘rniga maydonga tushdi[11]. 24-sentabr kuni EFL kubogida Chempionship vakili „Nottingham Forest“ klubi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, klub safidagi ilk dublini qayd etdi. Uning oʻyini bosh murabbiy Unai Emery tomonidan maqtovga sazovor boʻldi. „U bizga yordam berishni xohlaydi, u juda kamtar, maydonda doim kurashadi. Men unga biroz sabr qilishini aytdim. U shunday qildi. U bunga loyiq edi“, deb taʼkidladi jamoa bosh murabbiyi[12].
Martinelli 4-oktabr kuni UEFA Yevropa Ligasi doirasida „Standart Liege“ klubiga qarshi oʻyinda (4:0) oʻzining ikkinchi dublini qayd etdi[13]. 24-oktabr kuni „Vitoria Guimaraes“ jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda ham bosh bilan gol kiritishga muvaffaq boʻldi[14]. 30-oktabr kuni boʻlib oʻtgan Liga kubogining toʻrtinchi bosqichida Martinelli "Liverpul" klubi bilan oʻyinda (5:5) yana bir bor dubl qayd etdi va penaltilar seriyasida ham oʻzining urinishini aniq amalga oshirdi, biroq „Arsenal“ oʻsha oʻyinda magʻlub boʻldi[15]. Natijada, u Ian Wrightdan keyin klub safida dastlabki toʻrtta oʻyinda toʻrt bor gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi[16][17]. Martinellining oʻyini „Liverpul“ bosh murabbiyi Jurgen Klopp tomonidan maqtaldi. Klopp uni „asr isteʼdodi“ deb atab, u haqda quyidagi fikrlarini aytib oʻtdi[18]:
"U 18 yoshli ishtiyoqi kuchli o'yinchi. Juda ham jasur va raqiblariga ko'p muammolar keltiradi. Uning bu o'yini juda ham ajoyib va shiddatli".
|
Martinelli yorqin oʻyinlari sababli „Arsenal“ safida oktabr oyida „Oyning eng yaxshi futbolchisi“ mukofotiga sazovor boʻldi va umumiy ovozlarning 75 foizini olib, Matteo Guendouzi va Nicolas Pepeni ortda qoldirdi[19]. Freddie Ljungberg vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganidan soʻng, Martinelli 9-dekabr kuni „West Ham United“ klubiga qarshi oʻyinda (3:1) Premier ligadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi. 2020-yilning 21-yanvarida, "Chelsi" klubiga qarshi o‘yinda (2:2) maydonda harakat qildi va gol urdi[20]. Keyinchalik bu gol klub muxlislari tomonidan „Arsenal“ning mavsumdagi eng chiroyli goli deb topildi[21].
3-iyul kuni klub bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[22]. Koʻp oʻtmay, 2020-yilning oxirigacha jarohati sabab safdan chiqdi[23]. 19-dekabr kuni "Everton" bilan safardagi oʻyinda (2:1) zaxiradan maydonga tushdi[24]. 2021-yil 9-yanvar kuni, Angliya kubogi doirasidagi "Newcastle United"ga qarshi oʻyinga tayyorgarlik chog‘ida to‘pig‘idan kichik jarohat oldi va uning o‘rnini Reiss Nelson egalladi[25]. 18-fevral kuni „Benfika“ jamoasiga qarshi oʻyinda (1:1) zaxiradan maydonga tushib, 13 daqiqa maydonda harakat qildi[26]. Oʻzining oʻsha mavsumdagi ilk golini 11-aprel kuni „Sheffield United“ga qarshi mehmondagi oʻyinda (3:0) kiritdi[27].
Martinelli oʻzining 2021-2022-yilgi mavsumdagi birinchi golini 27-noyabr kuni „Newcastle United“ darvozasiga kiritdi[28]. Uning bu goli yakunda klub tomonidan oʻtkazilgan „Mavsum goli“ boʻyicha rasmiy soʻrovnomada 3-oʻrinni egalladi[29].
18-dekabr kuni „Leeds United“ darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi va bu uning Premier ligadagi dastlabki dubli boʻldi[30][31][32]. 2022-yilning 10-fevralida Martinelli "Bo‘rilar"ga qarshi o‘yinda to‘rt soniya ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi[33]. Bu uning faoliyatidagi ilk qizil kartochka boʻldi. Qizil kartochka baʼzi bahslarga sabab boʻldi. U oʻyinda Daniel Podenceni turtib yubordi va keyin Nélson Semedoga qarshi qoʻpollik ishlatdi[34].
2022-yilning 5-avgustida Martinelli „Crystal Palace“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) gol kiritib, Premier ligadagi ochilish golini kiritgan birinchi braziliyalik bo‘ldi[35][36][37].
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Martinelli Braziliyada tugʻilgan[38]. U otasi asli italyan boʻlgani uchun Braziliya-Italiya fuqaroligiga ega[7]. 2019-yil 20-may kuni, Martinelli Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite tomonidan 2019-yilgi Amerika Kubogiga tayyorgarlik oʻyinlari uchun tarkibga chaqirildi[39]. 2019-yil noyabr oyida Ispaniyada boʻlib oʻtgan Birlashgan xalqaro futbol festivalida Braziliya U23 terma jamoasi safida ham maydonga tushdi[40].
2021-yilning 2-iyulida, Braziliya terma jamoasining 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun qaydnomasiga kiritildi[41]. 3-avgust kuni Braziliya terma jamoasining futbol boʻyicha Olimpiada oʻyinlari yarim finalida Meksikaga qarshi oʻyinida maydonda harakat qildi va uning jamoasi gʻalabaga erishdi. Natijada Braziliya finalda Ispaniyani ham magʻlub etib, oltin medal sohibiga aylandi[42].
2022-yil 11-mart kuni Chili va Boliviyaga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari uchun Braziliya terma jamoasining 25 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[43][44]. Martinelli Braziliyaning Chili ustidan 4:0 hisobidagi gʻalaba qozongan oʻyinida, Vinicius Junior oʻrniga maydonga tushib, terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi[45][46].
2022-yil 7-noyabrda, Martinelli 2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasiga kiritildi[47].
Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Martinelli golli vaziyat yaratish va gol urish uchun bir nechta raqiblarni ortda qoldirishga qodir[48][49][50]. Uning kumiri Cristiano Ronaldo hisoblanadi[51]. Uni koʻpincha Pep Guardiolaning Barselonasidagi Pedro Rodriguez bilan solishtirishadi. Texnik mahorati va tezligi juda kuchli[51].
OAV[tahrir | manbasini tahrirlash]
Martinelli 2021-2022-yilgi mavsumda murabbiylar shtabi va oʻyinchilar bilan birga Amazon Original kompaniyasi tomonidan yaratilgan "All or Nothing: Arsenal" nomli hujjatli filmida ishtirok etdi[52][53].
Faoliyatdagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2023-yilning 3-yanvarigacha bo'lgan o'yinlar
Klub | Mavsum | Liga | Mintaqaviy liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizyon | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Ituano | 2018[54] | Paulista | — | 3 | 0 | — | — | — | 17[lower-alpha 1] | 4 | 20 | 4 | ||||
2019 | Série D | 0 | 0 | 14 | 6 | — | — | — | — | 14 | 6 | |||||
Jami | 0 | 0 | 17 | 6 | — | — | — | 17 | 4 | 34 | 10 | |||||
Arsenal | 2019-2020[55] | Premier League | 14 | 3 | — | 3 | 0 | 2 | 4 | 7[lower-alpha 2] | 3 | — | 26 | 10 | ||
2020-2021[56] | Premier League | 14 | 2 | — | 1 | 0 | 1 | 0 | 6[lower-alpha 2] | 0 | 0 | 0 | 22 | 2 | ||
2021-2022[57] | Premier League | 29 | 6 | — | 1 | 0 | 6 | 0 | — | — | 36 | 6 | ||||
2022-2023[58] | Premier League | 17 | 7 | — | 0 | 0 | 1 | 0 | 5[lower-alpha 2] | 0 | — | 23 | 7 | |||
Jami | 74 | 18 | — | 5 | 0 | 10 | 4 | 18 | 3 | 0 | 0 | 107 | 25 | |||
Arsenal U21 | 2020-2021[56] | — | — | — | — | — | — | 1[lower-alpha 3] | 0 | 1 | 0 | |||||
Umumiy koʻrsatkich | 74 | 18 | 17 | 6 | 5 | 0 | 10 | 4 | 18 | 3 | 18 | 4 | 142 | 35 |
Terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2022-yilning 5-dekabrigacha bo'lgan o'yinlar[59]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Braziliya | 2022 | 6 | 0 |
Jami | 6 | 0 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Arsenal
- Angliya kubogi: 2019-2020[60]
Braziliya U23
Shaxsiy
- Campeonato Paulista turnirida „Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2019[62]
- Campeonato Paulista turniri ramziy jamoasiga kiritilgan: 2019[63]
Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Appearances in Copa Paulista
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Appearances in UEFA Europa League
- ↑ Appearance in EFL Trophy
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Ele fez mais de 200 gols na base do Corinthians, foi para o Ituano e agora é testado no United“ (pt-BR). ESPN Brasil (28-iyul 2017-yil). Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
- ↑ „Quem é Martinelli? Artilheiro da Copinha trocou o Corinthians pelo Ituano e é monitorado pelo Barça“ (pt-BR). Globo Esporte (11-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
- ↑ „Promessa do Galo, Gabriel Martinelli assina até 2022“ (pt-BR). Jornal Periscópio (4-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
- ↑ „Gabriel Martinelli é o atleta mais jovem a estrear no Ituano“ (pt-BR). Ituano FC (20-mart 2018-yil). 3-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
- ↑ „Taboão da Serra 1 × 4 Ituano – Com início avassalador, Galo vence e assume liderança“ (pt-BR). Futebol Interior (8-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
- ↑ „Gabriel Martinelli to join club“. Arsenal F.C. (2-iyul 2019-yil).
- ↑ 7,0 7,1 „Gabriel Martinelli does not rule out he could play for Italy“. Tribuna.com. 23-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
- ↑ Rosser. „Arsenal confirm pre-season tour squad with Koscielny missing“ (en). Evening Standard (11-iyul 2019-yil). Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
- ↑ „Gabriel Martinelli scores as youthful Arsenal team open US tour with win“. BBC Sport (16-iyul 2019-yil).
- ↑ Watts, Charles, Arsenal transfer talk - Released list confirmed, Nketiah's contract, Marquinhos imminent and Lopez (inglizcha), qaraldi: 21 June 2022
- ↑ Chowdhury. „Newcastle 0–1 Arsenal: Pierre-Emerick Aubameyang strike seals win“. BBC Sport (11-avgust 2019-yil).
- ↑ „Arsenal 5–0 Nottingham Forest: Unai Emery praises Gabriel Martinelli after League Cup brace“. BBC Sport (24-sentabr 2019-yil).
- ↑ Sanders. „Arsenal 4–0 Standard Liege: Gabriel Martinelli impresses in ruthless win“. BBC Sport. Qaraldi: 4-oktabr 2019-yil.
- ↑ Sanders. „Substitute Nicolas Pepe rescued Arsenal with two sublime free-kicks in the last 10 minutes of their Europa League group game against Vitoria Guimaraes at Emirates Stadium“. BBC Sport (24-oktabr 2019-yil).
- ↑ Sanders. „Liverpool beat Arsenal on penalties to secure their place in the quarter-finals of the Carabao Cup after 10 goals were scored in a thrilling contest at Anfield“. BBC Sport (30-oktabr 2019-yil).
- ↑ Dawnay. „Gabriel Martinelli: Incredible stat emerges as Arsenal teenager nets seventh goal for Gunners against Liverpool“. Talk Sport (30-oktabr 2019-yil).
- ↑ Olley. „Liverpool 5-5 Arsenal: Four things we learned as Mesut Ozil and Gabriel Martinelli impress“. The Standard (30-oktabr 2019-yil).
- ↑ „Jurgen Klopp waxes lyrical about Gabriel Martinelli: 'He came from wherever and is really unbelievable!'“. Tribuna.com. 23-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Martinelli is our October Player of the Month“. Arsenal F.C. (8-noyabr 2019-yil).
- ↑ Johnston. „Arsenal showed the "togetherness and leadership" that Mikel Arteta is demanding as they overcame David Luiz's red card to twice fight back and share the spoils in an eventful London derby“. BBC Sport (22-yanvar 2020-yil).
- ↑ „Martinelli wins 2019/20 Goal of the Season“. Arsenal F.C. (18-avgust 2020-yil).
- ↑ Benge. „James Benge on Twitter: "Gabriel Martinelli's contract is a four year deal with a club option to extend it".“. Twitter (3-iyul 2020-yil).
- ↑ „Martinelli signs new long-term contract“. Arsenal F.C. (3-iyul 2020-yil).
- ↑ McNulty. „Eighth Premier League defeat for Gunners this season“. BBC Sport (19-dekabr 2020-yil).
- ↑ „Mikel Arteta has revealed Gabriel Martinelli was 'in tears' after sustaining a worrying injury in the warm-up ahead of Arsenal's FA Cup tie on Saturday“. Talk Sport. Qaraldi: 10-yanvar 2020-yil.
- ↑ Dawkes. „Bukayo Saka warned his Arsenal team-mates that they cannot put a foot wrong when they face Benfica in the second leg of their Europa League last-32 tie after his goal earned them a draw in the first game in Rome“. BBC Sport (18-fevral 2021-yil).
- ↑ „Gabriel Martinelli scored in his first start since January as Arsenal ended a run of four games without a win with victory over the Premier League's bottom club Sheffield United“. BBC Sport (11-aprel 2021-yil).
- ↑ Begley. „Arsenal eventually broke Newcastle United down to leave Eddie Howe's side bottom of the Premier League without a win“. BBC Sport (27-noyabr 2021-yil).
- ↑ „🏆 2021/22 Goal of the Season: The winner is…“ (en). 🏆 2021/22 Goal of the Season: The winner is…. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
- ↑ Mallows. „Two goals from Gabriel Martinelli helped Arsenal sweep past an injury-hit Leeds at Elland Road“. BBC Sport (18-dekabr 2021-yil).
- ↑ James. „Match report: Leeds 1-4 Arsenal“. Arsenal F.C. (18-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
- ↑ James. „Analysis: Our 7,000 top-flight goals“. Arsenal F.C. (20-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Martinelli sent off“. Daily Express (11-fevral 2022-yil).
- ↑ „Rio Ferdinand didn't hold back when asked for his opinion on Martinelli's crazy red card v Wolves“ (en-GB). GiveMeSport (10-fevral 2022-yil). Qaraldi: 15-aprel 2022-yil.
- ↑ „Martinelli makes history with opening goal“. Premier League (5-avgust 2022-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
- ↑ „Friday review: Arsenal open with a hard-fought win“. Premier League (5-avgust 2022-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
- ↑ James. „Three things we noticed against Palace“. Arsenal F.C. (5-avgust 2022-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
- ↑ Brown. „5 Things To Know About New Arsenal Attacker Gabriel Martinelli“. Forbes.
- ↑ „Martinelli, do Ituano, é chamado por Tite para treinos da Seleção na Copa América“ (pt-BR). Globo Esporte (20-may 2019-yil). Qaraldi: 4-iyun 2019-yil.
- ↑ „Seleção Brasileira Olímpica definida para encarar os EUA na Espanha“ (pt-BR). Brazilian Football Confederation (14-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Com mudanças, Jardine anuncia os 22 convocados para defender o Brasil nas Olimpíadas de Tóquio“. Globo Esporte (2-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-iyul 2021-yil.
- ↑ „Brazil defended their Olympic men's football title following a dramatic extra-time victory over Spain“. BBC Sport. Qaraldi: 8-avgust 2021-yil.
- ↑ Greg Lea Contributions from Conor Pope. „Brazil World Cup 2022 squad: Tite names his final qualification squad“ (en). fourfourtwo.com (24-mart 2022-yil). Qaraldi: 28-mart 2022-yil.
- ↑ Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 28-mart 2022-yil.
- ↑ „Internationals: Pepe, Tierney and Odegaard score“ (en). www.arsenal.com. Qaraldi: 28-mart 2022-yil.
- ↑ „Brazil vs. Chile - Football Match Summary - March 24, 2022 - ESPN“ (en). ESPN.com. Qaraldi: 28-mart 2022-yil.
- ↑ „Seleção Brasileira está convocada para a Copa do Mundo FIFA Qatar 2022“ (pt). CBF (7-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2022-yil.
- ↑ „Martinelli's 'all-round game exceptional' - Arsenal boss Arteta“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
- ↑ pmanalytics. „Gabriel Martinelli – Player Analysis“ (en). PM Analytics (5-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
- ↑ Bil. „Gabriel Martinelli: A spark of hope for Arsenal“ (en-GB). Total Football Analysis Magazine. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
- ↑ 51,0 51,1 Cox, Michael. „Gabriel Martinelli might be the Premier League’s pivotal player of 2023“. The Athletic (31-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.
- ↑ „Full 'All Or Nothing' trailer released“. Arsenal F.C. (19-iyul 2022-yil). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
- ↑ All or Nothing: Arsenal Andoza:Pipe Official Full Trailer 🎬. Amazon Prime Video Sport.
- ↑ Martinelli Soccerway saytida. Retrieved 4 February 2019.
- ↑ „Games played by Gabriel Martinelli in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2019-yil.
- ↑ 56,0 56,1 „Games played by Gabriel Martinelli in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Games played by Gabriel Martinelli in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
- ↑ „Games played by Gabriel Martinelli in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.
- ↑ Gabriel Martinelli National-Football-Teams.comda
- ↑ „Arsenal's FULL FA Cup 19/20 trophy lift! - FA Cup 19/20 Moments“. YouTube. beIN Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2023-yil.
- ↑ „Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020“. FIFA. FIFA. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
- ↑ „Corinthians, Jean Mota e Martinelli dominam premiação do campeonato“ (pt-BR). Federação Paulista de Futebol (22-aprel 2019-yil). Qaraldi: 23-aprel 2019-yil.
- ↑ „Corinthians e Santos dominam lista de melhores do Paulistão; veja seleção do campeonato“ (pt-br). ge. Qaraldi: 23-fevral 2022-yil.