Matteo Guendouzi
|
Guendouzi playing for Arsenal in 2019 | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Mattéo Elias Kenzo Guendouzi Olié[1] | ||
| Tavallud sanasi | 14-aprel 1999-yil[2] | ||
| Tavallud joyi | Poissy, France[3] | ||
| Boʻyi | 1.85 m[3] | ||
| Ampluasi | Midfielder | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lazio | ||
| Raqami | 8 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2005–2014 | Paris Saint-Germain | ||
| 2014–2016 | Lorient | ||
| Xalqaro medallar | |||
Mattéo Guendouzi (talaffuzi: Matteo Genduzi) 1999-yil 14-aprelda Puassida tugʻilgan. Fransuz futbolchisi Marselning „Olympic“ klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mattéo Guendouzi Fransiyaning „Lorient“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilda uning akademiyasini tamomlagan. 2015/16-yilgi mavsumda u ikkinchi jamoada oʻynay boshladi. U 2016-yilning 2-aprelida „Romorantina“ga qarshi bahsda debyut qilgan[4]. Oʻyin paytida Mattéo Guendouzi 16 yoshda edi.
2016/17-yilgi mavsumda u asosiy jamoa bilan mashgʻulotlarda ishtirok eta boshladi. 2016-yilning 15-oktyabrida u Liga 1da „Nant“ga qarshi bahsda debyut qildi va 76-daqiqada Valid Mesloub oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[5].
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mattéo Guendouzi Fransiyaning 18, 19 va 20 hamda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.
2019-yil 2-sentyabr kuni Mattéo Guendouzi Fransiya bosh murabbiyi Dide Desham tomonidan ilk bor JCh-2020 saralashida Albaniya va Moldovaga qarshi o‘yinda jarohat olgan Pol Pogba o‘rniga maydonga tushish uchun chaqirildi[6]. Biroq har ikki uchrashuvda ham Mattéo Guendouzi zaxirada qoldi va maydonga tushmadi.
Keyin, 2021-yil 1-sentyabrda jarohatlangan Korentin Tolisso o‘rniga Bosniya va Gersegovina, Ukraina va Finlandiya terma jamoalariga qarshi JCh-2022 saralash o‘yinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga ikkinchi chaqiruv oldi[7]. 2022-yil 30-sentyabr kuni Mattéo Guendouzi Fransiya terma jamoasining UEFA Millatlar Ligasi 2020/21 final qismi o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibiga kiritildi[8]. U Belgiya terma jamoasiga qarshi yarim final va Ispaniya terma jamoasiga qarshi gʻalaba qozongan final uchrashuvida ishtirok etmadi.
2021-yilning 16-noyabrida u Antuan Grizmann o‘rniga Finlandiyaga qarshi o‘yinda Fransiya terma jamoasida debyut qildi[9]. 2022-yilning 29-martida Mattéo Guendouzi Janubiy Afrika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 90+2 daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoa safidagi ilk golini kiritdi[10].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro turnir | Jami | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| F. C. Lorient |
2016-17 | 8 | 0 | 1 | 0 | — | 9 | 0 | |
| 2017-18 | 18 | 0 | 3 | 0 | — | 21 | 0 | ||
| Jami | 26 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 30 | 0 | |
| Arsenal F. C. |
2018-19 | 33 | 0 | 4 | 0 | 11 | 1 | 48 | 1 |
| 2019-20 | 24 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | 34 | 0 | |
| Jami | 57 | 0 | 8 | 0 | 17 | 1 | 82 | 1 | |
| Hertha de Berlín |
2020-21 | 24 | 2 | — | — | 24 | 2 | ||
| Jami | 24 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 | |
| Olympique de Marsella |
2021-22 | 38 | 4 | 4 | 0 | 14 | 1 | 56 | 5 |
| 2022-23 | 9 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | 12 | 1 | |
| Jami | 47 | 5 | 4 | 0 | 17 | 1 | 68 | 6 | |
| Umumiy karyerasida | 154 | 7 | 16 | 0 | 34 | 2 | 204 | 9 | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „List of Players under Written Contract Registered Between 01/07/2018 and 31/07/2018“. The Football Association. 2019-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
„Matteo Guendouzi“ (fr). Qaraldi: 2019-yil 2-fevral. - ↑ „Matteo Guendouzi“ (fr). Ligue de Football Professionnel. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „Matteo Guendouzi“. Olympique de Marseille (2022-yil 10-iyun). Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
- ↑ „Romorantinais - Lorient II“ (en). 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 октября 2016.
- ↑ „Lorient - Nantes“ (en). 2016-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 октября 2016.
- ↑ „Bleus : Mattéo Guendouzi appelé à la place de Paul Pogba, forfait“ (fr). L’Équipe (2019-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Injured Kante and Tolisso to miss France World Cup qualifiers“ (en). Reuters (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
- ↑ „La liste des vingt trois Bleus“ (fr). Федерация футбола Франции (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Finland v France game report“ (fr). Федерация футбола Франции (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Ca plane pour eux“ (fr). Федерация футбола Франции (2022-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
