Gabriel Magalhães

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gabriel Magalhães
Gabriel Magalhaes 2017.png
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gabriel dos Santos Magalhães
Tavallud sanasi 19-dekabr 1997-yil
Tavallud joyi San-Paulu, Braziliya
Boʻyi 1.90
Ampluasi markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012-2016 Avaí
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016–2017 Avaí (2)
2017–2018 Lill B (0)
2017–2020 Lill (2)
2017–2018 Troyes (ijara) (0)
2018 Dinamo Zagreb (0)
2020- Arsenal (8)
Milliy terma jamoa
2017 Braziliya U-20 (0)
2020-2021 Braziliya U-20 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Gabriel dos Santos Magalhães (1997-yil 19-dekabrda tug‘ilgan) — braziliyalik professional futbolchi, Premer-liganing "Arsenal" klubida markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydi.

Klub karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avaí[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabriel Magalhaes San-Pauluning Pirituba tumanida tug'ilgan. 13 yoshida Gabriel o'z faoliyatini Avaída boshlagan, biroq uy sog'inchidan qiynalgani tufayli bir hafta o'tib San-Pauluga qaytgan. Ammo Gabriel o'z qarorini qayta ko'rib chiqdi va ikki haftadan so'ng Avaíga qaytib keldi, oxir-oqibat 16 yoshida birinchi professional shartnomasini imzolashga erishdi[1]. U 2017-yilda Braziliya A Seriyasiga ko'tarilgan jamoaning bir qismiga aylandi[2].

Lill[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabriel "Lill" tarkibida (2019)

2017-yilning 31-yanvarida Gabriel Magalhaes Liga 1 a'zosi “Lill” tarkibiga to‘rt yarim yillik transfer shartnomasi evaziga kelib qo'shildi. Jamoaga kelganida, Gabriel fransuz tilini mustaqil o'rganib, ko'p intervyularida fransuzcha gapirdi. "Lill B" jamoasida bir nechta o'yin o'tkazganidan so'ng, o'sha paytdagi bosh murabbiy Marcelo Bielsa qaroriga ko'ra, Liga 1ning boshqa bir jamoasi "Troyes"ga ijaraga berildi[3] va Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" jamoasiga qo'shilishdan oldin har bir klubning asosiy jamoasi tarkibida atigi bir martadan ligada bahslarida o'ynadi[4]. Gabriel 2018-yilda Lill safiga qaytib, debyut o‘yinini 2019-yilning 10-fevralida quyi ligaga tushib qolish xavfi ostida bo‘lgan outsayder jamoa Guingampga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. U mavsum davomida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2019-yil 14-aprelda Parij Sen-Jermenga qarshi o‘yinda (5:1) “Lill” safidagi ilk golini urdi[5].

Keyingi mavsumda Gabriel Magalhaes muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'la boshladi va Jose Fonte bilan birgalikda ajoyib markaziy himoya tandemini hosil qildi. Gabriel "Lill"ning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi oltita o'yinida ham asosiy tarkibda o'yinni boshlagan[6]. "Lill" bosh murabbiyi Christophe Galtier himoyachining sabr-toqati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:

"Men uning katta salohiyatga ega futbolchi ekanligiga aminman, u birinchi imkoniyatdan foydalana olish xususiyatiga ega. Gabriel o'yinga chanqoq edi, zaxiraga mixlanib qolganida ham o'z ustida ko'p ishladi. U boshqa yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan futbolchi. Bunday xarakter ko'rsata olish hammaning ham qo'lidan kelmaydi. Chunki bugungi kunda asosiy jamoaga jalb qilinmasa, o'z ustida ishlashni to'xtatib qo'yadigan futbolchilarni ko'p uchratamiz"[7].

Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 1-sentabr kuni “Arsenal” Gabriel Magalhaes bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e’lon qildi[8]. Xabar qilinishicha, braziliyalik futbolchiga qiziqish yuqori bo'lgan, ko'plab klublar Lill tomonidan belgilangan summani to'lashga tayyor edi[9][10]. Gabriel bonuslardan tashqari 27 million funt sterling evaziga londonliklar safiga qo'shildi[11].

12-sentabr kuni, 2020-21-yilgi Premer-liga mavsumining ochilish kuni Gabriel Magalhaes “Arsenal” safida debyut qilib, Craven Cottageda “Fulham”ga qarshi o‘yinda (3:0) ikkinchi golni kiritdi[12]. 2020-yil 19-sentyabrda “Arsenal” “West Ham”ga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba qozonganidan so‘ng, Gabriel “Arsenal”ning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi[13]. Oktyabr oyida u "Arsenal"ning bir oy ichida oltita o'yinidan beshtasida maydonga tushib, yana mazkur sovrinni qo'lga kiritdi[14]. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Gabrielning dastlabki o'yinlari haqida yuqori baho bergan:

"U hali yosh bo'lishiga qaramay, Fransiyadan bu yerga erta ko'chib o'tdi, til bilmasa ham, yangi o'yin uslubiga moslashishi kerak edi... [lekin] u buni uddaladi. Haqiqatdan ham jamoaga tez moslashib, ajoyib o'yin namoyish qilmoqda"[15].

Xalqaro maydonda...[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gabriel Magalhães 2017-yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionatida Braziliyanining 20 yoshgacha bo'lganlar jamoasi sharafini himoya qildi[16][17]. 2020-yil 14-noyabrda u Braziliya U-23 terma jamoasi safida Janubiy Koreya U-23 jamoasi futbolchilariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi[18][19]. 2021-yil 17-iyun kuni 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritildi, biroq 6-iyul kuni tizzasidan olgan jarohati sabab musobaqani tark etishga majbur bo‘ldi[20][21].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

27-avgust 2022-yil holatiga ko'ra[22]
Klub, mavsum va musobaqalar kesimidagi o'yinlar va gollar statistikasi
Klub Mavsum Liga Mamlakat chempionati Mamlakat kubogi Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Jami
Diviziya O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
Avaí 2016 B Seriya 21 1 13 1 4 0 1 0 39 2
Lille 2016–17 Liga 1 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2018–19 Liga 1 14 1 2 0 1 0 17 1
2019–20 Liga 1 24 1 1 0 3 0 6 0 34 1
Jami 39 2 3 0 4 0 6 0 52 2
Troyes (ijara) 2017–18 Liga 1 1 0 2 0 1 0 4 0
Dinamo Zagreb (ijara) 2017–18 Prva HNL 1 0 0 0 1 0
Arsenal 2020–21 Premer-liga 23 2 1 0 2 0 6 1 0 0 32 3
2021–22 Premer-liga 35 5 0 0 3 0 38 5
2022–23 Premer-liga 4 1 0 0 0 0 0 0 0 0 4 1
Jami 62 8 1 0 5 0 6 1 0 0 74 9
Karyera bo'yicha jami 124 11 13 1 10 0 10 0 12 1 1 0 170 13

Sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Zagreb

  • Prva HNL: 2017–18[23]
  • Xorvatiya kubogi: 2017–18[24]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gabriel Magalhães | Get French Football News“. www.getfootballnewsfrance.com. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  2. „Avaí Futebol Clube " Gabriel“ (pt) (25-aprel 2017-yil). 25-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  3. „How Lille's Gabriel became one of Europe's most coveted young centre-backs“ (en). Unibet. Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  4. „Gabriel dos Santos Magalhães“ (fr). Lille OSC. 31-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2020-yil.
  5. „Brazil - Gabriel - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. us.soccerway.com. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  6. „Meet the towering Lille defender on his way to Arsenal“ (en). inews.co.uk (23-avgust 2020-yil). Qaraldi: 24-avgust 2020-yil.
  7. „Gabriel: 5 things on Lille's up-and-coming Brazilian defende“ (en). Ligue1. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  8. Defender joins Arsenal“ (en). www.arsenal.com. Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  9. „Gabriel Magalhaes set to join Arsenal after £27m fee agreed with Lille“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  10. „Gabriel Magalhaes to Arsenal: The making of the Brazilian at Avai“. Sky Sports. Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  11. „Gabriel Magalhaes: Arsenal sign Brazilian defender from Lille“ (en-GB). BBC Sport (1-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2020-yil.
  12. Begley, Emlyn. „Fulham 0-3 Arsenal: Gabriel & Willian impress on debut in Gunners win“. BBC Sport (12-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2020-yil.
  13. „Gabriel is our September Player of the Month!“ (en). www.arsenal.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  14. „Gabriel is our Player of the Month... again!“ (en). www.arsenal.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  15. „'Gabriel is showing a great mentality'“ (en). www.arsenal.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  16. „CAMPEONATO SUDAMERICANO SUB-20 - ECUADOR 2017. LISTA DE JUGADORES. País: Brasil“. CONMEBOL. Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
  17. „Gabriel Magalhaes: Who is Arsenal's new signing? Why is he so highly rated?“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
  18. „Confira a lista dos convocados para os jogos da Seleção Olímpica contra Arábia Saudita e Egito“ (pt-BR). Confederação Brasileira de Futebol. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  19. „Brazil - Brazil Under 23 - Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  20. „Seleção Olímpica é convocada para os Jogos Olímpicos de Tóquio 2020“. CBF (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  21. „Gabriel Magalhães sofre lesão e é cortado da seleção olímpica“. Globo Esporte (6-iyul 2021-yil). Qaraldi: 6-iyul 2021-yil.
  22. „Gabriel Magalhães“. Soccerway. Qaraldi: 12-sentabr 2020-yil.
  23. „Ljestvica - Hrvatski Telekom Prva liga“. prvahnl.hr. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
  24. „DINAMO - HAJDUK 1:0“. hns-cff.hr. Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.