Kontent qismiga oʻtish

Reiss Nelson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Reiss Nelson
Nelson Arsenal safida (2015)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Reiss Luke Nelson[1]
Tavallud sanasi 10-dekabr 1999-yil (1999-12-10) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Elephant and Castle, London, Angliya
Boʻyi 5 fut 9 inches (1.75 m)[3]
Ampluasi Hujumchi (futbol)[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2017 Arsenal U-23
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017– Arsenal 23 (1)
2018—2019 Hoffenheim (ijara) 23 (7)
2021—2022 Feyenoord (ijara) 21 (2)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Angliya U16 3 (1)
2015—2016 Angliya U17 11 (11)
2016—2017 Angliya U18 3 (1)
2017—2018 Angliya U19 9 (3)
2018 Angliya U20 1 (0)
2018—2020 Angliya U21 12 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-may uchun)

Reiss Luke Nelson (1999-yil 10-dekabrda tugʻilgan) - angliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing "Arsenal" klubida qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi.

Bolaligi va shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nelson Londonning Elephant and Castle shahrida tugʻilgan[5] otasi zimbabvelik, onasi ingliz. U Walworthdagi Aylesbury Estateda oʻsgan[6] va London Nautical Schoolda oʻqigan[6]. U yoshlar oʻrtasidagi turnirlarda toʻqnash kelaverganidan soʻng, yaqin atrofda yashovchi hamkasbi Jeydon Sancho bilan doʻstlashdi[7][8].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nelson toʻqqiz yoshida "Arsenal" akademiyasiga qoʻshildi va yoshlar murabbiylarida katta taassurot qoldirgani sababli muntazam ravishda oʻz yosh guruhidan yuqori jamoalarga koʻchib oʻtdi[9]. U 2016-17-yilgi mavsumda "Arsenal" yoshlar jamoasiida 35 ta, shu jumladan U-21 jamoasida toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan[10]. Yoshlar jamoalaridagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, u 2016-yil 10-dekabrda, 17 yoshga toʻlgan kuni "Arsenal" bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. Arsen Venger Nelsonni 2017—2018-yilgi mavsumoldi yigʻin uchun tarkibga kiritdi[11].

2017–18: asosiy jamoadagi debyut[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 19-iyulida Nelson 2017-yilgi Xalqaro Chempionlar Kubogi mavsumoldi oʻyinida “Bavariya”ga qarshi oʻzining birinchi katta oʻyinini oʻtkazdi[12]. U "Arsenal"ning "Community Shield" jamoasida "Chelsi" ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda birinchi oʻyinini oʻtkazdi va mazkur bahsda "Arsenal" penaltilar seriyasida 4:1 hisobida gʻalaba qozondi[13].

2018–19: Hoffenheim 1899 (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nelson "Hoffenheim 1899" libosida (2019)

2018-yilning 31-avgustida Nelson “Arsenal” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, soʻngra Germaniyaning “Hoffenheim 1899" klubiga 500 ming yevro evaziga bir mavsumga ijara asosida koʻchib oʻtdi[14]. 2018-yilning 15-sentyabrida jamoa “Fortuna Dyusseldorf” mehmoni boʻlib, Nelson 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 14 daqiqa ichida raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsda klubiga dalda beruvchi gol muallifiga aylandi[15]. Reiss "Hoffenheim 1899" tarkibida ajoyib mavsum oʻtkazdi, yosh boʻlishiga qaramay, atigi 587 daqiqa oʻynab, 7 ta gol urdi[16].

2021–22: Feyenoord (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 31-avgustida Nelson 2021-22-yilgi mavsumda Eredivisiening “Feyenoord” jamoasiga ijara asosida qoʻshilish uchun Gollandiyaga koʻchib oʻtdi[17]. Nelson oʻzining jarohat davridagi birinchi golli uzatmasini 2021-yil 7-noyabrda AZ Alkmaarga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushganidan soʻng amalga oshirdi[18].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nelson 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha darajadagi Angliya yoshlar jamoalarida toʻp surgan.

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 25-may holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyin va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Arsenal 2017–18 Premyer-liga 3 0 1 0 3 0 8 0 1 0 16 0
2019–20 17 1 2 1 1 1 2 0 22 3
2020–21 2 0 1 0 1 0 4 1 1 0 9 1
2021–22 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 23 1 4 1 5 1 14 1 2 0 48 4
Hoffenheim 1899 (ijara) 2018–19[19] Bundesliga 23 7 1 0 5 0 29 7
Feyenoord (ijara) 2021–22[20] Eredivisie 21 2 1 0 10 2 32 4
Karyera jami 67 10 6 1 5 1 29 3 2 0 109 15

Sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2019–20[21]
  • FA Communnity Shield: 2017[22], 2020[23]

Feyenoord

Individual

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2016[25]
  • Bundesligada oyning eng yaxshi yangi futbolchisi: 2018-yil oktyabr[26]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Reiss Nelson: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  2. „Reiss Nelson: Overview“. ESPN. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  3. „Reiss Nelson: Overview“. Premier League. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  4. „Reiss Nelson: Who is Hoffenheim's Arsenal-owned loan signing?“. Bundesliga. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  5. Eccleshare, Charlie. „Meet Arsenal's Reiss Nelson: Mentored by Hector Bellerin, scoring for England u-21s and thriving in Germany“. The Daily Telegraph (17-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  6. 6,0 6,1 „How London Nautical School is nurturing England's future footballers“. The Football Association (26-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2019-yil.
  7. „Reiss Nelson and Jadon Sancho: England's 18-year-old best friends causing havoc in the Bundesliga“. Bundesliga (12-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2019-yil.
  8. Aarons, Ed. „Why future England squads will have heavy south London accent“. The Guardian (12-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2019-yil.
  9. „Who is Reiss Nelson? Rising Arsenal star profiled after fine pre-season“. Sky Sports (29-iyul 2017-yil). Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  10. „Who is Reiss Nelson? Everything you need to know about Arsenal teenager ahead of Emirates Cup“. Daily Mirror (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  11. „Arsenal youngsters Reiss Nelson and Joe Willock react after being named in pre-season tour squad“. Football.London (10-iyul 2017-yil). Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  12. „Bayern Munich vs. Arsenal – Football Match Summary“. ESPN (19-iyul 2017-yil). Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  13. „Arsenal 1–1 Chelsea (Arsenal win 4–1 on penalties)“. BBC Sport (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 6-avgust 2017-yil.
  14. „Reiss signs new contract ahead of Hoffenheim loan“. Arsenal F.C. (31-avgust 2018-yil). Qaraldi: 31-avgust 2018-yil.
  15. „Reiss Nelson scores on Hoffenheim debut“. Bundesliga (17-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2018-yil.
  16. „Reiss Nelson: Through the eyes of a Hoffenheim fan“. You Are My Arsenal (15-aprel 2019-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  17. „Feyenoord take talented striker Reiss Nelson on loan“. www.feyenoord.com (31-avgust 2021-yil).
  18. „Feyenoord Beat AZ Alkmaar“ (inglizcha). Bleacher Report. Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
  19. „R. Nelson: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  20. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :1
  21. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  22. Rostance, Tom. „Arsenal 1–1 Chelsea“. BBC Sport (6-avgust 2017-yil). Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  23. Sanders, Emma. „Arsenal 1–1 Liverpool“. BBC Sport (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
  24. Honeyman, Sam. „Roma 1–0 Feyenoord: Zaniolo strike wins the first Europa Conference League final“. UEFA.com. Union of European Football Associations (25-may 2022-yil). Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  25. „Technical Report – Team of the Tournament“. UEFA.com. Union of European Football Associations (20-may 2016-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2018-yil.
  26. „Hoffenheim: Reiss Nelson named Bundesliga's Rookie of the Month“. BBC Sport (13-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2018-yil.