Kontent qismiga oʻtish

William Saliba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
William Saliba
Saliba 2022-yilda Marseille bilan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi William Alain André Gabriel Saliba[1]
Tavallud sanasi 2001-yil 24-mart (2001-03-24) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi Bondy, Fransiya
Boʻyi 1.92 m[3]
Ampluasi Centre-back
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Arsenal
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2014 AS Bondy
2014-2016 FC Montfermeil
2016-2018 Saint-Étienne
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Saint-Étienne B 3 (0)
2018-2019 Saint-Étienne 16 (0)
2019- Arsenal 1 (0)
2019-2020Saint-Étienne (loan) 12 (0)
2021Nice (loan) 20 (1)
2021-2022Marseille (loan) 36 (0)
Milliy terma jamoa
2017 France U16 7 (1)
2017-2018 France U17 6 (2)
2018 France U18 5 (1)
2018 France U19 3 (0)
2019 France U20 1 (0)
2021- France U21 5 (0)
2022- France 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-avgust uchun)

William Alain André Gabriel Saliba (2001-yil 24-mart) — fransuz professional futbolchisi, Premier League „Arsenal“ klubi va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

William Saliba professional faoliyatini AS Saint-Étienne klubida, uning yoshlar akademiyasini tamomlagach boshlagan. U 2018–2019 yilgi mavsumda asosiy jamoa safida maydonga tushib, klubning UEFA Yevropa Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishiga hissa qoʻshgan.

2019-yil iyul oyida Saliba Arsenal F. C. klubiga 27 million funt sterling evaziga transfer qilindi. Shundan soʻng u ketma-ket uch mavsum ijarada boshqa klublarda toʻp surdi. 2022-yilda „Arsenal“ safiga qaytgan Saliba 5-avgust kuni rasmiy debyutini oʻtkazdi. Oradan koʻp oʻtmay u klub safidagi ilk golini kiritdi va jamoaning mavsumni ikkinchi oʻrinda yakunlashiga yordam berdi.

Keyingi mavsumda Saliba jamoa himoya chizigʻining muhim boʻgʻiniga aylandi. „Arsenal“ Angliya Premer-ligasida atigi 29 ta gol oʻtkazib yubordi, Saliba esa mavsum davomida barcha oʻyinlarda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Fransiya yoshlar terma jamoalarida 27 marta maydonga tushgan Saliba 2022-yil 3-iyun kuni Fransiya milliy terma jamoasi safida debyut qildi.

Faoliyati statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 5avgust oʻynalgan[4]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy Kubok Liga Kubogi Boshqa Jami
Boʻlinish Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Saint-Étienne II 2017-18 Championnat National 3 1 0 1 0
2018-19 Championnat National 2 2 0 2 0
Jami 3 0 3 0
Saint-Étienne 2018-19 Ligue 1 16 0 2 0 1 0 19 0
Arsenal 2019-20 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2020-21 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2021-22 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2022-23 Premier League 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Jami 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Arsenal U23 2020-21 2 0 2 0
Saint-Étienne (loan) 2019-20 Ligue 1 12 0 3 0 0 0 2 0 17 0
Nice (loan) 2020-21 Ligue 1 20 1 2 0 22 1
Marseille (loan) 2021-22 Ligue 1 36 0 3 0 13 0 52 0
Jami 88 1 10 0 1 0 17 0 116 1
2022-yil 10-iyunda oʻynalgan[5]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2022 5 0
Jami 5 0
  1. „FIFA U-20 World Cup Poland 2019: List of Players: France“. FIFA (2019-yil 15-may). Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  2. „William Saliba: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  3. „William Saliba: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.
  4. William Saliba Soccerway saytida
  5. „William Saliba“. EU-Football.info. Qaraldi: 2022-yil 25-mart.