Kontent qismiga oʻtish

Unai Emery

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Unai Emery
Emeri 2016-yilda Sevilya murabbiyi sifatida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Unai Emery Etxegoien[1]
Tavallud sanasi 3-noyabr 1971-yil (1971-11-03) (53 yosh)[1]
Tavallud joyi Hondarribia, Ispaniya
Boʻyi 1.8 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Aston Villa (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1990[2] Real Sociedad
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1995 Real Sociedad B 89 (8)
1995—1996 Real Sociedad 5 (1)
1996—2000 Toledo 126 (2)
2000—2002 Racing Ferrol 61 (7)
2002—2003 Leganés 28 (0)
2003—2004 Lorca Deportiva 30 (1)
Total 339 (18)
Boshqargan klublari
2004—2006 Lorca Deportiva
2006—2008 Almería
2008—2012 Valencia
2012 Spartak Moscow
2013—2016 Sevilla
2016—2018 Paris Saint-Germain
2018—2019 Arsenal
2020—2022 Villarreal
2022— Aston Villa
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Unai Emery Etxegoien (1971-yil 3-noyabrda tugʻilgan) ispaniyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda Premyer-liganing Aston Villa klubini boshqarmoqda. U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida keng tan olingan[3][4][5][6][7].

Asosan Ispaniyaning Segunda divizionida oʻynab, 2004-yilda faol futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Emery murabbiylikka oʻtdi. U Lorca Deportivada ish boshlab, birinchi mavsumidayoq jamoani Segunda divizioniga olib chiqishga erishdi. Soʻngra u Almeríaga oʻtib, bu klubni tarixida birinchi marta La Ligaga koʻtarilishiga erishdi. Keyinchalik Valenciaga oʻtgan Emery jamoani muntazam ravishda eng kuchli uchlikka olib chiqdi. Valensiyada shartnomasi uzaytirilmagach, u olti oyga Moskvaning Spartak jamoasiga oʻtdi, biroq natijalar yaxshi boʻlmagani sababli ishdan boʻshatildi. 2013-yilda Sevillaga oʻtgan Emery bu yerda misli koʻrilmagan uch yil ketma-ket Yevropa Ligasini qoʻlga kiritishga erishdi.

Emeri 2016-yilda Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ klubiga oʻtdi. U yerda Liga 1 chempionligini, ikkita Fransiya kubogi, ikkita Liga kubogi va ikkita Chempionlar superkubogini qoʻlga kiritdi, jumladan ikkinchi mavsumida toʻrtta ichki turnirda gʻalaba qozondi[8]. Shartnomasi tugagach, Emeri 2018-yilda Arsène Wengerning oʻrnini egallagan holda Angliyaning „Arsenal“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U birinchi mavsumida Yevropa ligasi finaligacha yetib bordi, ammo 2019-yil noyabrda lavozimidan chetlashtirildi. 2020-yil iyulda „Villarreal“ga bosh murabbiy boʻlib ishga joylashdi va dastlabki mavsumidayoq Yevropa ligasida gʻolib chiqdi, keyingi mavsumda esa klubni Chempionlar ligasi yarim finaligacha olib chiqdi. 2022-yil oktyabrda u Premyer-ligaga qaytib, „Aston Villa“ni boshqara boshladi va jamoani 2024-yilda UEFA Konferensiyalar ligasi yarim finaliga hamda bir yil oʻtib Chempionlar ligasi chorak finaliga olib chiqishga muvaffaq boʻldi.

Emeri Basklar mamlakati, Gipuzkoa viloyatining Ondarribia shahrida tugʻilgan[9][10]. Unai bask tilining tub soʻzlashuvchisidir[11]. Uning otasi va bobosi, mos ravishda Juan va Antonio, ham futbolchi boʻlgan, ikkalasi ham darvozabon ampulasida oʻynagan. Otasi ikkinchi diviziondagi bir nechta klublar, jumladan Real Union safida oʻynagan boʻlsa, bobosi esa shu klub bilan oliy divizionda musobaqa yuritgan[12][13][14]. Emerining amakisi Roman yarim himoyachi lavozimida toʻp surgan[15][16]. 2021-yil iyul oyida Emerilar oilasi Real Union klubini sotib olish jarayonini yakunladi va uning akasi Igor klub prezidenti lavozimini egallagan[17].

Emerining turmush oʻrtogʻi Luisa Fernandes[18]. Ularning oʻgʻli Lander ham darvozabon boʻlib, 2024-yil yanvar oyida Aston Villaning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasiga qoʻshilgan[19].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Emery: Unai Emery Etxegoien: Manager“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 21-may.
  2. „Emery: "¿La Real? Me debo al Sevilla, pero mis orígenes no los olvido"“ [Real? I owe much to Sevilla, but I haven't forgotten my origins] (es). Cadena SER (2015-yil 29-may). Qaraldi: 2017-yil 30-dekabr.
  3. White, Mark „Ranked! The 50 best managers in the world“ (en). fourfourtwo.com (2024-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  4. Ritchie, Calum „Ranking the 20 best managers in world football right now - in order“ (en). GiveMeSport (2024-yil 3-may). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  5. „The 25 best managers in men's world football - ranked“ (en-GB). 90min.com (2023-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  6. Entwistle, Luke „Unai Emery 'one of the best managers in the world', Ollie Watkins 'one of the best forwards in Europe' - Paulo Fonseca full of praise for Aston Villa“ (en-US). GET Football (2024-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  7. Mukherjee, Soham „Jurgen Klopp aims dig at Arsenal as Liverpool boss praises 'incredible' job Unai Emery has done with Aston Villa | Goal.com“ (en). www.goal.com (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  8. Dupré, Rémi „Football: vers une deuxième saison au PSG pour l'entraîneur Unai Emery?“ [Football: second season in sight at PSG for coach Unai Emery?] (fr) (2017-yil 28-may). Qaraldi: 2017-yil 29-may.
  9. Martín, Luis. „El incordio de Hondarribia“ (es) (2012-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  10. „Emery, de Hondarribia a pelear por la Champions“ [Emery, from Hondarribia to fighting for the Champions] (es) (2017-yil 7-mart). Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  11. Trudgill, Peter. European Language Matters: English in Its European Context. Cambridge University Press, 2021 — 230-bet. 
  12. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named SAGA
  13. „Emery: hijo de portero, padre de entrenador“ [Emery: son of a goalkeeper, father of a coach] (es) (2010-yil 5-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  14. „Muere el padre de Unai Emery“ [The father of Unai Emery dies] (es) (2015-yil 10-may). Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  15. „La dinastía de los Emery“ [Emery dynasty] (es) (2008-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  16. „Vidas cruzadas en la saga de los Emery“ (es) (2011-yil 20-may). Qaraldi: 2015-yil 11-may.
  17. Ramajo, Roberto. „Los Emery ya mandan en el Real Unión“ (Spanish). Diario AS (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  18. Hawkey, Ian. „Steel meets style for new Arsenal manager Unai Emery“. The Times (2018-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.
  19. Townley, John. „John Townley's Aston Villa notebook: January transfer latest, Adidas kit details & Emery's son in for U21s“. Birmingham Mail (2024-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.