David Raya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David Raya
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David Raya Martín[1]
Tavallud sanasi 15-sentyabr 1995-yil (1995-09-15) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Barselona, Ispaniya
Boʻyi 1.83 m[3]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Cornellà
2012-2014 Blackburn Rovers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2019 Blackburn Rovers 98 (0)
2014-2015Southport (ijara) 16 (0)
2019- Brentford 119 (0)
Milliy terma jamoa
2022- Ispaniya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-sentyabr uchun)

David Raya Martin (1995-yil 15-sentabrda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Premier Liganing "Brentford " klubi va Ispaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. U oʻzining faoliyatini „Blackburn Rovers“ jamoasida boshlagan va 2019-yilda Brentfordga tarkibiga qoʻshilgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackburn Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Raya oʻz faoliyatini vatani Ispaniyada, futzal oʻyinchisi (darvozabon) sifatida boshlagan[4]. Keyinchalik u 2012-yil iyul oyida Blekbern Roversga qoʻshilish uchun Angliyaga koʻchib oʻtadi[5][2]. U klub akademiyasida tahsil oladi va 2014-yilning 26-fevralida professional shartnoma imzolaydi[6]. Raya 2014-15-yilgi mavsumning birinchi yarmida Conference Premer ligasi klubi Sauthportda toʻrt oylik ijaradagi davrida oʻzining birinchi katta tajribasini oladi va jami 24 ta oʻyinda maydonga tushadi[7]. Ewood Parkga qaytganidan soʻng, u mavsum oxirida chempionatda ikkita oʻyin oʻtkazadi va 2015-yil aprel oyida yangi uch yillik shartnoma imzolaydi[8][9].

2015-16 va 2016-17-yilgi mavsumlarida atigi 13 ta oʻyin oʻtkazganiga qaramay[10][11], Raya Roversning Jason Steeledan keyingi asosiy tarkib darvozaboni boʻlgan[2][12][13]. U 2017-18-yilgi mavsumda 47 ta oʻyinda maydonga tushadi va klubning chempionatga qaytishiga yordam beradi[14][15]. U 2018-19-yillar davomida asosiy tarkibdagi oʻrnini saqlab qoladi va 46 ta oʻyinda maydonga tushadi[14][16]. Raya Rovers jamoasi tarkibida umumiy hisobda 108 ta oʻyinda maydonga tushib, 2019-yilning iyul oyida jamoani tark etadi[7].

Brentford[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raya Brentford jamoasi safida, 2021-yil

2019-yilning 6-iyulida Raya Chempionship klubi Brentford bilan 3 million funt sterling evaziga to‘rt yillik shartnoma imzolaydi[7]. Raya jamoasi bilan 2020-yilgi chempionat pley-off bosqichida Fulham jamoasiga qarshi final uchrashuvida magʻlubiyatga uchraydi[17][18] va ushbu mavsum umumiy hisobda 49 ta oʻyinda maydonga tushadi.

Jarohat olganligi va transferlar haqidagi mish-mishlar sababli Raya 2020-2021-yilgi mavsum oldidan bosh murabbiy Tomas Frankning eʼtiboridan chetda qolib ketadi[19][20][21][22][23]. Ikki marta EFL kubogida o‘ynab, jamoa sardori darajasiga koʻtarilganidan so‘ng[24][25], 2020-yilning 2-oktyabrida yangi to‘rt yillik shartnoma imzolaydi[26]. Raya 2020-2021-yilgi mavsumdagi 48 ta oʻyinning 17 tasida maydonga tushadi[24].

Raya 2021-2022-yilgi Premer-liga o‘yinlarini asosiy tarkib darvozaboni sifatida boshlaydi[27] va 2021-yil 24-oktabrda „Leicester City“ga qarshi kechgan uchrashuvda orqa xochsimon bog‘lamidan jarohat oladi[28]. U 2022-yilning 10-yanvarida ochiq havodagi mashg‘ulotlarga qaytadi va 1-fevralda „Everton“ga qarshi o‘rtoqlik oʻyinida maydonga tushadi[29][30].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyaning yoshlar darajasidagi terma jamoalaridan chaqiruv ololmagan[31] Raya 2022-yil mart oyida birinchi marta kattalar jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlari uchun chaqiruvni qo‘lga kiritadi[32]. U 26-mart kuni Albaniyaga qarshi kechgan oʻyinda birinchi oʻyinini oʻtkazadi[33]. Raya 2022-yil iyun oyida Ispaniya terma jamoasining 2022-2023-yilgi UEFA Millatlar Ligasi A o‘yinlariga ikkinchi chaqiruvini oladi va undan keyingi to‘rtta o‘yinning barchasida zaxira oʻrindigʻida qolib ketadi[34].

Faoliyatining statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga FA kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Blackburn Rovers 2014-15[9] Championship 2 0 0 0 2 0
2015-16[10] Championship 5 0 0 0 0 0 5 0
2016-17[11] Championship 5 0 1 0 2 0 8 0
2017-18[15] Birinchi liga 45 0 0 0 2 0 0 0 47 0
2018-19[16] Championship 41 0 2 0 3 0 46 0
Jami 98 0 3 0 7 0 0 0 108 0
Blackburn Rovers U23 2016-17[11] 3 0 3 0
Southport (ijara) 2014-15 Conference Premer 16 0 6 0 2 0 24 0
Brentford 2019-20[17] Championship 46 0 0 0 0 0 3 0 49 0
2020-21[24] Championship 42 0 0 0 3 0 3 0 48 0
2021-22[27] Premer liga 24 0 1 0 0 0 25 0
2022-23[35] Premer liga 7 0 0 0 0 0 7 0
Jami 119 0 1 0 3 0 6 0 129 0
Faoliyatida jami 233 0 10 0 10 0 11 0 263 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Ispaniya 2022 1 0
Jami 1 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackburn Rovers

  • EFL ligasida 1-oʻrin: 2017-2018[36]

Brentford

  • EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021[37]

Individual

  • EFL Oltin qoʻlqop sovrindori: 2019-2020[38]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Notification of shirt numbers: Brentford“. English Football League. Qaraldi: 2020-yil 19-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „David Raya“. Blackburn Rovers F.C.. 2019-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  3. „David Raya“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  4. Marshall. „The Long Read: David Raya“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  5. „List of Players Registered as Scholars in Accordance with Rule C.3 Between 01/07/2012 and 31/07/2012“. The Football Association. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  6. „Raya pens pro deal“. Blackburn Rovers F.C. (2014-yil 26-fevral). Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  7. 7,0 7,1 7,2 „David Raya signs for Brentford“. Brentford F.C.. 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  8. „Hard work pays off for David“. Blackburn Rovers F.C.. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  9. 9,0 9,1 „Games played by David Raya in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  10. 10,0 10,1 „Games played by David Raya in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  11. 11,0 11,1 11,2 „Games played by David Raya in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  12. „David Raya“. ESPN FC. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  13. „David Raya“. ESPN FC. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  14. 14,0 14,1 Andoza:Fchd
  15. 15,0 15,1 „Games played by David Raya in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  16. 16,0 16,1 „Games played by David Raya in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  17. 17,0 17,1 „Games played by David Raya in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 7-iyul.
  18. „Fulham beat Brentford to reach Premier League“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  19. Fisher, Ben; Ames, Nick. „Brentford reject multiple bids from Arsenal for goalkeeper David Raya“. The Guardian (2020-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  20. Westbrook. „Raya set for return to training, says Frank“. West London Sport (2020-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  21. „Brentford 2 Oxford United 2“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  22. „Pre-season: Brentford 3–0 Derby County“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  23. „West Ham United vs Brentford on 29 Aug 20 – Match Centre – Brentford FC“. Brentford F.C.. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  24. 24,0 24,1 24,2 „Games played by David Raya in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 19-sentyabr.
  25. Verrall. „Club now give player captain's armband, after reports Arsenal have bid for him“. HITC (2020-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  26. „David Raya signs new long-term contract“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2020-yil 2-oktyabr.
  27. 27,0 27,1 „Games played by David Raya in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  28. „David Raya sustains knee injury“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
  29. „David Raya roars back in to training“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  30. „Bees beaten by Aston Villa in friendly“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  31. Bosher. „Manchester United’s David de Gea left out of Spain squad with Brentford’s David Raya included instead“ (en). The Athletic. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  32. „David Raya called up by Spain for first time“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  33. „International Recap: March 2022“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  34. „Raya on bench as Spain win again“ (en-gb). www.brentfordfc.com. 2022-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
  35. „Games played by David Raya in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
  36. Football Yearbook 2018–2019 Anderson: . London: Headline Publishing Group, 2018 — 54–55 bet. ISBN 978-1-4722-6106-9. 
  37. Vincent, Gareth. „Brentford 2–0 Swansea City“. BBC Sport (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  38. „David Raya presented with EFL Golden Glove prize“. Brentford F.C.. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.