Kai Havertz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kai Havertz
2019-yil Havertz Germany terma jamoasi bilan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kai Lukas Havertz[1]
Tavallud sanasi 11-iyun 1999-yil (1999-06-11) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Aachen, Germaniya
Boʻyi 1.90 m[3]
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003-2009 Alemannia Mariadorf
2009-2010 Alemannia Aachen
2010-2016 Bayer 04 Leverkusen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2020 Bayer Leverkusen 118 (36)
2020- Chelsea 56 (12)
Milliy terma jamoa
2014-2015 Germaniya U16 6 (2)
2015-2016 Germaniya U17 16 (7)
2017-2018 Germaniya U19 8 (7)
2018- Germaniya 28 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22 may uchun)

Kai Lukas Havertz (1999-yil 11-iyunda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Premier Leaguening „Chelsea“ klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

2016-yilda Bayer Leverkusenning yoshlar akademiyasini tamomlagan Havertz oʻsha yili klubda debyut qilgan. Havertz Bundesligada klubning eng yosh debyutantiga aylandi va keyingi yili oʻzining birinchi golini urganida u liganing eng yosh toʻpurariga aylandi. Shuningdek, u Germaniya chempionatida 100 ta oʻyinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi hisoblanadi.

Havertzning oʻyinlari Yevropaning bir qancha klublarida qiziqish uygʻotdi, „Chelsea“ uni 2020-yilda 84 million yevroga sotib oldi. 2021-yilda Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolangunga qadar „Chelsea“ning ikkinchi eng qimmat transferiga aylandi. „Chelsea“ bilan Havertz 2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va 2021-yilgi FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Chempionlar ligasi finalida va FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba golini kiritdi va UEFA Superkubogida jamoadoshi Hakim Ziyechning goliga assistentlik qildi.

Germaniya terma jamoasida turli yoshlar toifasida maydonga tushganidan soʻng, Havertz 2018-yil sentyabr oyida oʻzining terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi va terma jamoa sharafini himoya qilgan birinchi 1999-yilda tugʻilgan futbolchi boʻldi. U UEFA Yevro-2020da Germaniya jamoasi sharafini himoya qildi.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havertz Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Aachen (talaffuzi: Axen) shahrida tugʻilgan[4]. U Alsdorf tumanidagi Mariadorfda oʻsgan[5]. Keyinchalik oila Aachenga koʻchib oʻtdi[6]. Uning otasi politsiyachi, onasi esa advokat[7].

Klubdagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayer Leverkuzen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havertz 2018-yil Leverkusenning „Bayer“ jamoasi safida

Havertz 2016-yilning 15-oktyabrida „Bayer“da debyut qildi. Maydonga tushgandan soʻng, u 17 yoshu 126 kunlik edi va shu tariqa tarixidagi eng yosh Bundesliga debyutantiga aylandi, uning rekordini (111 kunga) 2020-yilda Florian Wirtz yangiladi[8][9][10][10]. 2017-yilning 17-fevralida u jamoadoshi Karim Bellarabiga Bundesliga ligasining barcha davrlardagi 50.000-goli muallifi boʻlishiga yordam berdi[11]. Jamoadoshi Hakan Chalhanogʻlu diskvalifikatsiya qilinganidan soʻng, u Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinida Atletiko Madridga magʻlub boʻldi[12][13].

Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haverts "Chelsi" safida (2020-yil)

2020-21-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 4-sentabrda Havertz Premer liganing „Chelsea“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi[14][15]. 14-sentyabr kuni u „Chelsea“dagi debyutini „Brighton & Hove Albion“ga qarshi liganing birinchi oʻyinida oʻtkazdi[16]. 23-sentabr kuni Havertz faoliyatidagi ilk xet-trikini va „Chelsi“dagi ilk gollarini EFL kubogining uchinchi bosqichida „Barnsley“ga qarshi uyinda (6:0) urdi[17]. Havertz oʻzining Premer ligadagi ilk golini 17-oktyabr kuni „Sautgempton“ga qarshi oʻyinda urdi[18]. 2020-yilning 4-noyabrida Havertzning COVID-19 testi ijobiy o‘tgani maʼlum bo‘ldi[19].

2021-22-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 11-avgust kuni Havertz „Chelsea“ bilan UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi[20]. 28-avgust kuni u mavsumdagi ilk golini "Liverpul"ga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi[21].

2022-yil 12-fevralda Havertz klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalining 117-daqiqasida penaltidan gol urdi[22].

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havertz Germaniya safida (2019-yil)

2018-yilning 29-avgustida Havertz bosh murabbiy Joachim Löw (talaffuzi: Yoaxim Lyov) tomonidan birinchi marta Germaniya terma jamoasiga chaqirildi. U Germaniya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi va Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun jamoaga jalb etildi[23][24]. Havertz xalqaro maydondagi debyutini 2018-yilning 9-sentyabrida o‘tkazdi, u Timo Wernerning oʻrniga oʻyining 88-daqiqasida Peruga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin Germaniyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi[25]. 2021-yil 19-mayda u UEFA Yevro-2020 uchun Germaniya terma jamoasi tarkibiga jalb etildi[26]. 2021-yil 19-iyun kuni u UEFA Yevro-2020da Portugaliyaga qarshi o‘yinda (4:2) 51-daqiqada Germaniyaning uchinchi golini kiritdi[27]. U guruhning so‘nggi o‘yinida Vengriya bilan 2:2 hisobidagi durang o‘yinda gol urdi, buning natijasida uning jamoasi musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi[28].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havertz texnik jihatdan iqtidorli, ikki oyoqda bemalol zarba bera oladigan yarim himoyachi. Oʻyin uslubi vatandoshi Mesut Oʻzil bilan taqqoslanadi, Havertzning oʻzi esa yarim himoyachilar orasida Oʻzil uning yaxshi koʻradigan futbolchisi ekanligini tan olgan. 19 yoshida Bundesligadagi koʻplab ajoyib oʻyinlaridan soʻng, Havertz Leverkusenning sobiq oʻyinchilari, Michael Ballack va Toni Kroos bilan taqqoslashlar olib borildi[29].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayer Leverkusen

  • DFB-Pokal 2-oʻrin: 2019-20[30]

Chelsea

Shaxsiy sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi ramziy jamoasi aʼzosi: 2016 [37]
  • Fritz Walter kumush medali (U17): 2016[38]
  • Fritz Walter oltin medali (U19): 2018[39]
  • Bundesliganing mavsum jamoasi aʼzosi: 2018-19[40]
  • Kicker talqiniga koʻra, Bundesliganing mavsum jamoasi aʼzosi: 2018-19[41]
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil aprel, 2019-yil may[42], 2020-yil[43]
  • UEFA Chempionlar ligasi eng yaxshi 11 futbolchidan tashkil topgan jamoa aʼzosi: 2019[44]
  • UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi ramziy tarkibi aʼzosi: 2019-20[45]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squad List: FIFA Club World Cup UAE 2021: Chelsea FC“. FIFA (9-fevral 2022-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  2. „Kai Havertz: Overview“. ESPN. 22-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-oktyabr 2020-yil.
  3. „Kai Havertz“. Chelsea FC. 24-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  4. „Kai Havertz: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. 22-oktyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-oktyabr 2020-yil.
  5. „Ein Mariadorfer Junge erhält Fritz-Walter-Medaille des DFB“ (de). alemannia-mariadorf.de.
  6. „Bayer Leverkusens jüngster Profi trägt sich ins Goldene Buch ein“ (de). aachener-zeitung.de (29-iyun 2017-yil). Qaraldi: 20-oktyabr 2021-yil.
  7. Kramer. „Die Ruhe selbst“ (de). Die Zeit (23-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
  8. Röber. „UEFA.com's weekly wonderkid: Kai Havertz“. UEFA (4-fevral 2017-yil). 15-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-aprel 2017-yil.
  9. „Werder Bremen v Bayer Leverkusen“. Soccerway. Perform Group. 30-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-aprel 2017-yil.
  10. 10,0 10,1 „Florian Wirtz replaces Kai Havertz as Bayer Leverkusen's youngest ever player“. Bundesliga (18-may 2020-yil). 30-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2020-yil.
  11. „European Golden Boys XI: Dembele and Havertz continue to shine brightly“. Bleacher Report (21-fevral 2017-yil). 1-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-aprel 2017-yil.
  12. Sargeant. „Bayer Leverkusen vs. Atlético Madrid lineups: Bayer hand teenager Havertz first Champions League start“. SBNation. 3-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2017-yil.
  13. Molinaro. „Person of Interest: German wunderkind Kai Havertz one to watch“. Sports Net (14-mart 2017-yil). 3-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-aprel 2017-yil.
  14. „Chelsea have Havertz“. Chelsea F.C. (4-sentyabr 2020-yil). 24-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-sentyabr 2020-yil.
  15. „Transfer completed: Havertz joins Chelsea“. bayer04.de (4-sentyabr 2020-yil). 24-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-sentyabr 2020-yil.
  16. „Havertz admits Premier League is 'much tougher than the Bundesliga' after testing Chelsea debut“. Goal.com. Perform Group (15-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 15-sentyabr 2020-yil.
  17. „Chelsea 6–0 Barnsley: Kai Havertz hits hat-trick as Blues romp into round four of Carabao Cup“. Sky Sports (23-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentyabr 2020-yil.
  18. Hafez, Shamoon. „Chelsea 3–3 Southampton“. BBC Sport (17-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 14-fevral 2022-yil.
  19. „Chelsea making impressive progress“. BBC Sport. Qaraldi: 5-noyabr 2020-yil.
  20. „Uefa Super Cup RECAP: Chelsea beat Villarreal on penalties thanks to Kepa heroics“. Mirror (11-avgust 2021-yil). Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  21. McNulty, Phil. „Liverpool 1–1 Chelsea“. BBC Sport (28-avgust 2021-yil). Qaraldi: 14-fevral 2022-yil.
  22. Steinberg, Jacob. „Chelsea crowned world champions after Kai Havertz penalty sinks Palmeiras“. The Guardian (12-fevral 2022-yil). Qaraldi: 12-mart 2022-yil.
  23. „Kai Havertz receives maiden Germany call-up for UEFA Nations League opener with France“. Bundesliga (30-avgust 2018-yil). 3-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-avgust 2018-yil.
  24. „Nations League: Drei Neue, drei Rückkehrer“ (de). German Football Association (29-avgust 2018-yil). 29-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2018-yil.
  25. „Erstes Spiel, erstes Tor: Debütant Schulz trifft zum Sieg“ (de). kicker. Olympia-Verlag (9-sentyabr 2018-yil). Qaraldi: 10-sentyabr 2018-yil.
  26. „EM-Kader offiziell: Löw beruft Müller, Hummels und Volland“ (de). kicker.de (19-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  27. „Two Portugal own goals help Germany to win in six-goal thriller“. ESPN (19-iyun 2021-yil). Qaraldi: 19-iyun 2021-yil.
  28. Namboothiri. „Euro 2020: Germany 2-2 Hungary Post-Match Analysis“. FootballExpress.co.uk (24-iyun 2021-yil). Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.
  29. „Kai Havertz becoming the real deal at Bayer Leverkusen“. Bundesliga (15-oktyabr 2018-yil). 15-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-oktyabr 2018-yil.
  30. „DFB-Pokal 2019/20, Finale in Berlin: Bayer 04 Leverkusen 2:4 Bayern München: Takt. aufstellung“ (de). kicker. Olympia-Verlag. Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  31. McNulty, Phil. „Manchester City 0–1 Chelsea“. BBC Sport (29-may 2021-yil). Qaraldi: 14-fevral 2022-yil.
  32. Sterling, Mark. „Chelsea 1–1 Villarreal“. BBC Sport (11-avgust 2021-yil). Qaraldi: 14-fevral 2022-yil.
  33. „Chelsea 2–1 Palmeiras“. BBC Sport (12-fevral 2022-yil). Qaraldi: 14-fevral 2022-yil.
  34. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (15-may 2021-yil). Qaraldi: 17-may 2021-yil.
  35. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 19-may 2022-yil.
  36. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 25-aprel 2022-yil.
  37. „[Under-17 The UEFA technical team – Team of the Tournament“]. UEFA. Qaraldi: 17-aprel 2018-yil.
  38. „Fritz-Walter-Medaille für Ehegötz, Henrichs und Itter“ (de). German Football Association (8-avgust 2016-yil). 9-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2018-yil.
  39. „Fritz-Walter-Medaille in Gold an Havertz, Katterbach und Pawollek“ (de). German Football Association (24-iyul 2018-yil). 24-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2018-yil.
  40. „2018/19 Bundesliga Team of the Season“. Bundesliga (27-may 2019-yil). Qaraldi: 27-may 2019-yil.
  41. „Die kicker-Elf des Jahres – mit Sancho und vier Bayern (2018/19)“ (de). kicker (21-may 2019-yil). Qaraldi: 3-iyul 2020-yil.
  42. „Bayer Leverkusen's Kai Havertz wins Bundesliga Player of the Month for May!“. Bundesliga (may 2019). 29-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2020-yil.
  43. „Kai Havertz voted Bundesliga Player of the Month for May“. BuliNews.com (16-iyun 2020-yil). Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.
  44. „Champions League breakthrough team of 2019“. UEFA (30-dekabr 2019-yil). 30-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2020-yil.
  45. „UEFA Europa League Squad of the Season“. UEFA (26-avgust 2020-yil). 27-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-avgust 2020-yil.