Pedro Rodríguez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pedro
Pedro Chelsea safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pedro Eliezer Rodríguez Ledesma[1]
Tavallud sanasi 28-iyul 1987-yil (1987-07-28) (36 yosh)[2]
Tavallud joyi Santa Cruz de Tenerife, Ispaniya
Boʻyi 1.69 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lazio
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996-2004 San Isidro
2004-2005 Barcelona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005-2007 Barcelona C 71 (11)
2007-2009 Barcelona B 50 (16)
2008-2015 Barcelona 204 (58)
2015-2020 Chelsea 137 (29)
2020-2021 Roma 27 (5)
2021- Lazio 32 (9)
Milliy terma jamoa
2008 IspaniyaU21 2 (0)
2010-2017 Ispaniya 65 (17)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

Pedro Eliezer Rodríguez Ledesma (1987-yil, 28-iyulda tugʻilgan) — Pedro nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Latsio“ klubida hujumchi yoki vinger sifatida oʻynaydi. U oʻzining tezligi, driblingi va qarshi hujumdagi vaziyatlarni golga aylantirish qobiliyati bilan mashhur.

Pedro 2008-yildan 2015-yilgacha "Barcelona" safida barcha musobaqalarda 321 oʻyinda 99 ta gol urgan, 2015-yilda "Chelsi" klubiga oʻtadi va u yerda 206 oʻyinda 43 ta gol urgan. 2017-yilda Premer liga, 2018-yilda Angliya kubogi va 2019-yilda UEFA Yevropa ligasida gʻalaba qozonishiga yordam bergan. U 2020-yilda A Seriyaning „Roma“ klubiga oʻtgan. U 26 ta yirik sovrinni qoʻlga kiritgan. Jumladan, beshta La Liga va uchta UEFA Chempionlar Ligasi. 2009-10-yilgi mavsumda u bir mavsumda va bir kalendar yilida har bir rasmiy klub musobaqalarida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Pedro Ispaniya terma jamoasi bilan ikkita FIFA Jahon kubogi va ikkita UEFA Yevropa chempionatida qatnashgan, birinchisida 2010-yilda, ikkinchisida esa 2012-yilda gʻalaba qozongan.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Santa Kruz de Tenerife shahrida tugʻilgan Pedro oʻz faoliyatini mahalliy „San Isidro“ jamoasida boshlagan[4]. 2003-04-yilgi mavsumda u oʻzining "Yuvenil " jamoasi uchun 35 ta gol urdi [5], shuningdek, Tercera Divizionida asosiy jamoada maydonga tushdi[4]. 17 yoshida u „Barcelona“ning yoshlar jamoasiga qoʻshildi[6].

Barselona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedro „Barselona B“ ning asosiy oʻyinchisi edi, chunki jamoa toʻrtinchi diviziondan koʻtarilishga erishdi, 37 oʻyinda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi[7]. 2008-yilning 12-yanvarida u asosiy jamoa safida debyut qildi va La Liga doirasida „Real Mursiya“ga qarshi oʻz uyida 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda bir daqiqa oʻynadi[8].

Pedro birinchi jamoaga 2008-09 yilgi mavsumoldi qoʻshildi[9][10]. 13-avgust kuni u 2008-09-yilgi UEFA Chempionlar ligasining uchinchi saralash bosqichida „Visla Krakov“ga qarshi oʻyinda (4:0) maydonga tushdi[11]. Uning ushbu musobaqaning guruh bosqichidagi birinchi oʻyini 16-sentabr kuni boʻlib oʻtdi, u oʻz uyida „Sporting CP“ ga qarshi oʻyinda (3:1) Tyerri Anrini almashtirdi[12].

Pedro 2011-yilda "Barselona" safida
Pedro 2015 yilning yanvarida „Deportivo“ga qarshi himoyada
Pedro 2015-yilda "Chelsi" da oʻynagan

2015-yilning 20-avgustida Pedro Premer-liga chempioni "Chelsi" ga 19 million funt sterlingga transfer qilindi va 4 yillik shartnoma imzoladi[13]. Shartnoma imzolanganidan uch kun oʻtgach, u „Vest Bromvich“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va ilk golini urdi bu „Chelsi“ning mavsumdagi ilk gʻalabasi boʻldi va jamoadoshi Diego Kosta tomonidan kiritilgan ikkinchi golga assistentlik qildi[14]. 19- dekabr kuni Pedro " Sanderlend "ga qarshi oʻyinda (3:1) ikkinchi golini urdi, bu " Stemford Brij "dagi ilk oʻyini edi[15].

Roma[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 25-avgust kuni A SeriyaningRoma“ klubi Pedro bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[16]. U Giallorossi uchun debyutini 19-sentyabr kuni oʻtkazdi va A Seriyadagi birinchi oʻyinini „Verona“ga qarshi oʻtkazdi[17]. U klubdagi ilk golini 3-oktabr kuni "Udineze"ga qarshi o‘yinda (1:0) kiritdi[18]. Kuchli startdan soʻng,[19] uning koʻrsatkichlari bir nechta jarohatlar va menejer Paulo Fonseka bilan ziddiyat tufayli yomonlashdi[20][21]. Shunga qaramay, mavsumning so‘nggi o‘yinida u 2021-yil 15-may kuni „Kapitale derbisi“da „Latsio“ ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida qozonilgan g‘alabaga oʻz hissasini qoʻshdi [22].

Latsio[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 19-avgustda Pedro „Roma“ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning mavsumoldi rejalariga kiritilmagani uchun „Roma“ning azaliy raqibi „Latsio“ga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi[23]. U 1985-yilda darvozabon Astutillo Maljiogliodan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri ikki klub oʻrtasida transfer qilingan birinchi futbolchi boʻldi[24]. 21-avgust kuni u „Latsio“da „Empoli“ga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi[25]. U „Latsio“dagi ilk golini 26-sentabr kuni „Roma“ga qarshi oʻyinda urdi va bu ikki klub uchun poytaxt derbisida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. 

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedro 2013-yilda Ispaniya terma jamoasida safida.

2010-yil 20-may kuni Pedroni Visente del Boske boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasiga 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritildi[26]. Toʻqqiz kundan soʻng u Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:2) debyut qildi[27]. 8-iyun kuni Janubiy Afrikadagi final oldidan Polsha bilan boʻlib oʻtgan soʻnggi oʻyinda Pedro oʻzining ilk xalqaro golini urdi va Mursiyadagi Estadio Nueva Kondomina stadionida oʻyinda Fernando Torresga assistentlik qildi[28].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tezkor, koʻp qirrali va aqlli ikki oyoqda ham kuchli zarba beraoladigan hujumchi Pedro odatda chap qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi. U ikkala qanotda ham, hujumda ham, yarim himoyada ham bir qancha pozitsiyalarda oʻynashga qodir; u Ispaniya terma jamoasida tez-tez oʻng qanotda oʻynaydi. Chaqqon va jussasi kichik oʻyinchi, u oʻzining tezligi, texnikasi, dribling mahorati va himoyadagi ishi, shuningdek, gol urish va gol yaratish qobiliyati bilan tanilgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barselona B

  • Tercera divizioni: 2007-08 

Barselona

Chelsea

Ispaniya

Individual

  • La Liganing eng yaxshi oʻyinchisi: 2009-10[34]
  • Premer-ligada oyning eng yaxshi goli: 2016-yil noyabr[35], 2017-yil[36]
  • UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi tarkibi: 2018-19[37]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  2. „FIFA World Cup South Africa 2010: List of players: Spain“. FIFA (2010-yil 4-iyun). 2010-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  3. „Pedro“. Chelsea F.C.. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „El ‘Raqui’ recibe 420.000 euros por el fichaje de ‘Pedro’ por el Chelsea“ (es). La Rendija (2015-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  5. „Pedro“ (es). Sport. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  6. „Pedro Rodríguez Ledesma“. FC Barcelona (2010-yil 27-fevral). 2012-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  7. „Pedro Rodríguez Ledesma“. FC Barcelona (2010-yil 27-fevral). 2012-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  8. „Five years since Pedro’s debut with the first team“. FC Barcelona (2013-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
  9. „First test overcome in style (0–6)“. FC Barcelona (2008-yil 24-iyun). 2012-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  10. „Another high score before the preliminary (2–6)“. FC Barcelona (2008-yil 7-avgust). 2012-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  11. „A step towards the group stage (4–0)“. FC Barcelona (2008-yil 13-avgust). Qaraldi: 2010-yil 27-fevral. [sayt ishlamaydi]
  12. „Good football brings fair result (3–1)“. FC Barcelona (2008-yil 16-sentyabr). 2011-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  13. „Pedro Chelsea sign Spain forward from Barcelona“.
  14. „West Brom 2–3 Chelsea“. BBC Sport. Qaraldi: 2015-yil 23-avgust.
  15. „Match report: Chelsea 3 Sunderland 1“. Qaraldi: 2015-yil 19-dekabr.
  16. „Roma complete Pedro signing“ (en). www.asroma.com. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
  17. „First match against to Verona“ (2020-yil 19-sentyabr).
  18. „Udinese vs. AS Roma - Football Match Report - October 3, 2020 - ESPN“ (en). ESPN.com. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  19. „Pedro, che impatto sul Fantacalcio! Tutti i suoi numeri“ (it-it). Fantacalcio.it - Solo il meglio del calcio (2020-yil 10-noyabr).
  20. Zucchelli, Chiara. „Pedro, che fine hai fatto? Nel 2021 un solo gol in 13 partite“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport (2021-yil 23-mart).
  21. „"Villar si è montato", "Pedro passeggia"! Roma, bufera social sui giocatori“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport (2021-yil 19-aprel).
  22. Ghislandi, Andrea. „Serie A: Roma-Lazio 2-0, Mkhitaryan e Pedro decidono il derby della Capitale - Sportmediaset“ (IT). Sportmediaset.it (2021-yil 15-may).
  23. „Pedro crosses Rome divide in Lazio transfer“ (en). www.goal.com. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  24. „Pedro: Forward makes controversial Lazio move from arch rivals Roma“. BBC (2021-yil 19-avgust).
  25. „EMPOLI 1-3 LAZIO: SARRI’S AQUILE RIDE LUCK“ (en) (2021-yil 21-avgust).
  26. „Spain omit Marcos Senna from 2010 World Cup squad“. BBC Sport (2010-yil 20-may). Qaraldi: 2010-yil 20-may.
  27. Macdonald, Paul. „Spain 3–2 Saudi Arabia: Injury-Time Llorente Winner Saves La Roja's Blushes“. Goal.com (2010-yil 29-may). Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  28. „Spain 6 Poland 0: match report“. The Daily Telegraph (2010-yil 8-iyun). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  29. 29,0 29,1 29,2 29,3 29,4 29,5 „Pedro“. FC Barcelona. 2015-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  30. „Pedro: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
  31. McNulty, Phil. „Chelsea 1–0 Manchester United“. BBC Sport (2018-yil 19-may). Qaraldi: 2018-yil 19-may.
  32. Bevan. „Chelsea 4–1 Arsenal“.
  33. „Netherlands 0–1 Spain: Line-ups“. FIFA. 2020-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-fevral.
  34. „Ganadores de las cuatro ediciones de premios de la LFP (In Spanish)“. abc.es (2012-yil 13-noyabr). 2014-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-avgust.
  35. „Pedro wins Carling Goal of the Month“. premierleague.com (2016-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
  36. „Pedro strike voted Carling Goal of the Month“. Premier League (2017-yil 12-may). Qaraldi: 2017-yil 12-may.
  37. „UEFA Europa League Squad of the 2018/19 Season“. UEFA (2019-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 30-may.