Standard (Lyej futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Standard (fransuzcha: Royal Standard de Liège - Belgiyaning Lyej shahrida joylashgan professional futbol klubi. Klub 1898-yilda tashkil topgan. Bu Belgiyaning eng nomdor klublaridan biri boʻlib, 10 karra Belgiya chempioni, 6 karra mamlakat kubogi sohibi boʻlgan. Hozirda Jupile Ligasida oʻynamoqda. Klubning uy stadioni „Moris Dyufrans“ boʻlib, bu stadion 30 023 tomoshabinga moʻljallangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-2008 UEFA kubogi oʻyini. Lyuksemburgdagi Kerjenga qarshi

Klub 1900-yilda Sent-Servation kolleji talabalari tomonidan tashkil etilgan. Oʻsha kunlarda Lyejda faqat bitta futbol klubi boʻlgan. Bu klub shahar nomini olib, „FC Liege“ nomini olgan. Darhaqiqat, ushbu klubga qarama-qarshi boʻlib, oʻsha paytdagi mashhur fransuz klubi „Standard de Parij“ nomi bilan atalgan „Standard“ klubi tashkil etilgan[1].

1909-yilgacha klub Belgiya chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etgan. Ammo „Sklessin“ yangi arenasiga koʻchib oʻtgan „Standard“ Belgiyaning birinchi divizioniga chiqa oldi[2].

Birinchi jahon urushi paytida klub 20 nafar futbolchisini yoʻqotdi. Urush tugaganidan keyin esa rahbariyat yangi jamoa tuzishga kirishdi. Stadion sotib olindi, yangi murabbiy bilan yangi jamoa yigʻildi. Ammo Ikkinchi Jahon urushi oldidan klub jiddiy muvaffaqiyatlarga erisha olmadi va Belgiyaning atigi uch karra vitse-chempioniga aylandi.

2007/08-yilgi mavsum oxirida klub 25 yil ichida birinchi marta Belgiya chempionatida birinchi oʻrinni egalladi, 2008/09-yilgi mavsumda esa ketma-ket ikkinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi.

„Oltin butsa“ mukofoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻqqiz marotaba „Standard“ futbolchilari ichki liganing eng yaxshi futbolchisi sifatida Belgiyaning „Oltin butsa“ mukofotini qoʻlga kiritishgan[3]. Jan Nikolay 1963-yilda, Uilfrid Van Moer 1969—1970-yilda, Kristian Piot 1972-yilda, Erik Gerets 1982-yilda, Serjio Konseysao 2005-yilda, Stiven Defur 2007-yilda, Aksel Vitsel 2008-yilda bu mukofotni qoʻlga kiritishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Андерлехт" - чемпион Бельгии“. sport-express.ua (5-aprel). 2014-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
  2. „"Зенит" готовится к "Стандарду"“. Коммерсантъ (5-aprel). 13-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2014-yil.
  3. „https://web.archive.org/web/20140331004852/http://www.standard.be/club/l-histoire-du-standard/palmares.htm?lng=en#.VFGa0YvF8z4“.