Daniya saroylari (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniya saroylari Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1890
Mijoz Aleksandr III
Qabul qiluvchi Mariya Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Matilda Geddings Grey jamgʻarmasi
Sotib olish yili 1972-yil
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin, Konstantin Krijitski miniatyuralari
Foydalanilgan materiallar

oltin, pushti emal, yulduz shaklidagi sapfir,

zumrad, olmos, marvarid, akvarel.
Boʻyi 102 mm
Eni 67 mm
Oʻziga xos xususiyati 10ta panelli ekran Daniya saroylari va imperator yaxtalarining akvarel rasmlari bilan bezatilgan

Daniya saroylari tuxumi Imperial Fabergé tuxumi boʻlib, Peter Carl Fabergé nazorati ostida Rossiya imperatorlik oilasi uchun tayyorlangan ellik ikkita tuxumlardan biri hisoblanadi. Daniya saroylari tuxumi , Peter Karl Fabergé nazorati ostidagi ustaxonada tayyorlangan va Rossiyaning oʻsha paytdagi podshosi Aleksandr III ga topshirilgan. Aleksandr III 1890-yil Pasxa kuni(Masihning tirilishini nishonlash kuni) uni rafiqasi Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan. Daniya saroylari tuxumi hozirda Matilda Geddings Gray jamgʻarmasiga tegishli va Nyu-Yorkdagi Metropolitan sanʼat muzeyida saqlanmoqda.

Tuxum dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daniya saroylari tuxumi oltindan tayyorlangan.Tuxum yuzasi pushti emal bilan qoplangan va tashqi qismi oʻn ikki qismga boʻlingan.Daniya saroylari tuxumining balandligi 102 mm, kengligi 67 mm ni tashkil qiladi. Tashqi yuzasidagi oltita vertikal chizigʻi va uchta gorizontal chizigʻi emallangan panellarni bir-biridan ajratib turadi[1]. Panellarni ajratib turadigan chiziqlarning har bir kesishmasida zumrad bor va tuxum yulduz shaklidagi safir atrofida nurlantiruvchi barglar medalyoni bilan tojlangan. Daniya saroylari tuxumining qarama-qarshi uchi qoʻshimcha akantus barglari bilan bezatilgan[2]. Stend zamonaviy qoʻshimcha hisoblanadi.

Oʻziga xos xususiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuxum ochilganda oltindan yasalgan 10ta panelli ekran va marvarid koʻzga tashlanadi. Paneldagi marvaridga akvarel bilan ishlov berilgan[2]. 1889-yilda Konstantin Krijitski panellarning barchasiga akvarellar yordamida miniatyuralar chizgan. Miniatyuralarda ekran boʻylab chapdan oʻngga qarab quyidagilar tasvirlangan:

  • Imperator yaxtasi Polar Star,
  • Bernstorff saroyi, Kopengagen,
  • Fredensborg qal’asi yaqinidagi Fredensborg parkidagi imperator villasi;
  • Amalienborg saroyi, Kopengagen;
  • Kronborg qal’asi, Xelsingor;
  • Kottej saroyi, Peterhof;
  • Sankt-Peterburg yaqinidagi Gatchina saroyi
  • Imperator yaxtasi „Tsarevna“[3].

Tuxum tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr III 1890-yil 30-martda Fabergé doʻkonidan Daniya saroylari tuxumini oldi va 1-aprelda tuxumni rafiqasi Mariya Feodorovnaga sovgʻa qildi. 1893-yil yanvar oyida Daniya saroylari tuxumi Gatchina saroyiga joylashtirildi va 1917-yilgi inqilobgacha u yerda saqlandi. 1917-yilda Daniya saroylari tuxumi imperiya tuxumlarining qolgan qismi bilan birga Kreml qurol-yarogʻ saroyiga yuborildi. 1922-yilning boshida tuxum Sovnarkomga topshirildi, keyin 1927-yilning yozida yana qurol-yarogʻ saroyiga koʻchirildi[4]. Daniya saroylari tuxumi 1930-yilning aprel oyida Rossiyadan tashqarida sotish uchun 11 ta tuxum bilan birga tanlab olindi va oʻsha yilning oxirida Hammer gallereyasiga 1500 rublga sotildi. Hammer gallereyasi Daniya saroylari tuxumini 1935-yilda 25 000 dollarga sotish uchun reklama qilgan va 1937-yil noyabrida Nyu-Yorklik Nikolas H. Lyudwigga sotilgan. Tuxum 1962-yildan 1971-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida xususiy kolleksionerga tegishli edi. Keyinchalik Daniya saroylari tuxumi 1972-yilda Matilda Geddings Gray kollektsiyasidan topilgan. Hozirgi kunda Daniya saroylari tuxumi Matilda Geddings Gray jamgʻarmasiga tegishli hamda Nyu-York shahridagi Metropolitan sanʼat muzeyida namoyish etilmoqda.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lowes, Will. Fabergé Eggs A Retrospective Encyclopedia. Lanham, Maryland: Scarecrow Press Inc., 2001 — 27 bet. ISBN 0-8108-3946-6. 
  2. 2,0 2,1 Lowes, 2001 pg. 27
  3. Lowes, 2001 pg. 27-28
  4. Lowes, 2001 pg. 28