Aleksandr III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr III (1845.26.2-1894.20.10) – Rossiya imperatori (1881–94), Aleksandr II ning 2- o‘g‘li. "Samo-derjaviyeni mustahkamlash haqidagi manifest"ni e’lon qilgan (1881). A. davrida 80- y. oxiri – 90-y. boshlarida bir necha islohotlar amalga oshirildi (jon soligi bekor qilindi, tovonlar ka-maytirildi, zemstvo va shahar nizomlari qayta ko‘rib chiqildi). Uning davrida Rossiya tomonidan Turkistonni bosib olish (1885) asosan tug‘allangan. Xusu-san 1879 va 1880–81 yillarda Axaltaka harbiy yurishlari natijasida Turkmaniston bosib olingan. Turkmanlarning Go‘ktepa qal’asini olishda ruslar 45 ming qal’a himoyachisi (shundan 5 ming kishida qurol bo‘lgan, qolgani ayollar, bolalar edi) ni o‘ldirishgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil