Buyuk Pyotr (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buyuk Pyotr Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1903
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Alexandra Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Virginia tasviriy san'at muzeyi
Sotib olish yili 1947
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Michael Perkhin
Foydalanilgan materiallar Oltin, olmos, platina, emal, rok kristal
Boʻyi 111 mm
Eni -
Oʻziga xos xususiyati Bronza otliq

Buyuk Pyotr tuxumi  1903-yilda Rossiyaning soʻnggi podshosi Nikolay II uchun rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida yasalgan va zargarlik buyumlari bilan bezatilgan Pasxa tuxumidir. Rossiya podshosi Nikolay Fabergé tuxumini rafiqasi qirolicha Alexandra Feodorovnaga sovgʻa qilgan. Buyuk Pyotr tuxumi hozirda AQShdagi Virginia shtatining Richmond shahridagi Virginia tasviriy sanʼat muzeyida saqlanadi[1].

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rokoko uslubida ishlab chiqarilgan Buyuk Pyotr tuxumi 1703-yilda Sankt-Peterburg tashkil etilganining ikki yuz yilligini nishonlash uchun buyurtma asosida tayyorlangan. Buyuk Pyotr tuxumi qizil, yashil va sariq oltin, platina, olmos, yoqut, emal, billur va akvarel yordamida tayyorlangan. Buyuk Pyotr tuxumining oʻlchami 414 ga 318 (diametri) dyuym.

Buyuk Pyotr tuxumining yuza qismi 14 karatli yashil oltin bilan ishlov berilgan dafna barglari va burmalar bilan qoplangan. Dafna barglari va burmalar „tiriklik manbai suv“ni anglatadi. Buyuk Pyotr tuxumidagi kvadrat yoqutlar tikanli bosh shakllarini yaratishga xizmat qilgan.Tarixiy tafsilotlar bilan yozilgan oq emal lentalari tuxum aylanasi boʻylab joylashtirib chiqilgan. Buyuk Pyotr tuxumining yuqori qismida Nikolay II monogrammasini oʻrab turgan sirlangan gulchambar mavjud. Tuxumning pastki qismiga qora emal bilan ishlov berilgan[1].

Tuxum qobigʻida B. Byalz tomonidan chizilgan toʻrtta miniatyura mavjud.Bu miniatyuralarda 1703 va 1903-yillarda Sankt-Peterburgning „oldin“ va „keyin“ gi davrdagi holatini ifodalovchi rasmlari joylashtirilgan. Old rasmda Sankt-Peterburg tashkil etilganidan ikki yuz yil oʻtgach, Nikolay II ning rasmiy qarorgohi boʻlgan Qishki saroy tasvirlangan. Buning qarshisida, tuxumning orqa tomonida, Neva daryosi boʻyida Sankt-Peterburg shahriga asos solgan vakil Buyuk Pyotrning oʻzi tomonidan qurilgan deb hisoblanadigan yogʻoch kabinaning rasmi bor. Buyuk Pyotr tuxumining yon tomonlarida 1703-yilda Buyuk Pyotr va 1903-yilda Nikolay II ning portretlari bor. Miniatyuralarning har biri rok kristall bilan qoplangan. Olmosdan ishlangan 1703 va 1903 sanalari mos ravishda yogʻoch kabina va Qishki saroy rasmlari ustidagi qopqoqning ikki tomoniga joylashtirilgan[1].

Har bir rasm ostida qora rangdagi kirill alifbosidagi yozuvlar bilan tebranib turgan emal lentalar bor. Yozuvlarga quyidagilar kiradi: „Imperator Pyotr I, 1672-yilda tugʻilgan, 1703-yilda Sankt-Peterburgga asos solgan“, „Imperator Pyotr I ning birinchi yogʻoch kabinasi 1703-yilda“, „Imperator Nikolay II 1868-yilda tugʻilgan, 1894-yilda taxtga oʻtirdi“ va „Imperator janoblarining qishki saroyi 1903-yilda“.

Oʻziga xos xususiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Pyotr tuxumining o'ziga xos xususiyati uning ichidagi mexanizm (Bronza otliq) hisoblanadi. Bronza otliq Nevadagi Buyuk Pyotr yodgorligining oltin maketini koʻrsatadi. Model Gerogii Malychevin tomonidan yaratilgan. Bunday tanlovning sababi, XIX asrdagi afsonada aytilishicha, „Bronza otliq“ shaharning oʻrtasida turgan paytda dushman kuchlari Peterburgni hech qachon egallay olmaydi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bronza otliq

Buyuk Pyotr 1703-yilda Buyuk Shimoliy urush paytida Sankt-Peterburg shahrini tashkil etdi. Pyotr Rossiya poytaxtini Moskvadan Sankt-Peterburgga koʻchirdi va Rossiyani gʻarblashtirishga intilib, yangi shaharni „gʻarbdagi deraza“ boʻlishini maqsad qildi. Sankt-Peterburg Yevropaning madaniy markaziga aylandi va Rossiyaning eng gʻarblashgan shahri boʻlib qolmoqda[2].

Buyuk Pyotr tuxumi 1930-yilda Rossiyada shaxsiy biznesiga ega boʻlgan amerikalik tadbirkor Armand Hammerga sotilgan. Keyinchalik Buyuk Pyotr tuxumini A la Vieille Russie sotib oldi. 1944-yilda Buyuk Pyotr tuxumini Virginia shtatining Frederiksburg shahrida yashovchi Lillian Pratt (1876 – 1947) sotib oldi va 1947-yilda Virginia tasviriy sanʼat muzeyiga vasiyat qilib qoldirdi. Buyuk Pyotr tuxumi hozirgi kunda muzeyning Yevropa dekorativ sanʼati kolleksiyasida namoyish etilmoqda[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 David Park Curry. „Faberge“. Virginia Museum of Fine Arts (1995).
  2. Arthur L. George. „St. Petersburg: Russia's Window to the Future, The First Three Centuries“. Taylor Trade Publishing (2003).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]