Nécessaire (Fabergé tuxumi)
Nécessaire Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1889 |
Mijoz | Aleksandr III |
Qabul qiluvchi | Mariya Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Noma'lum |
Sotib olish yili | Oxirgi ma'lumot 1952-yil |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Noma'lum |
Foydalanilgan materiallar | oltin, sapfir, zumradlar, yoqutlar, olmoslar, brilliant |
Boʻyi | Noma'lum |
Eni | Noma'lum |
Oʻziga xos xususiyati | Olmos bilan qoplangan va oltindan tayyorlangan 13 ta hojatxona jihozlaridan biri(ayollar uchun) |
Nécessaire tuxumi — bu Imperial Fabergé tuxumi, Peter Carl Fabergé nazorati ostida Rossiya imperatorlik oilasi uchun tayyorlangan ellik ikkita zeb-ziynatlar bilan bezatilgan tuxumlardan biri. Nécessaire tuxumi Peter Karl Fabergé nazorati ostidagi ustaxonada tayyorlangan va Rossiyaning oʻsha paytdagi podshosi Aleksandr III ga topshirilgan. Aleksandr III 1889-yil Pasxa kuni(Masihning tirilishini nishonlash kuni) uni rafiqasi Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan. Nécessaire tuxumi rus inqilobidan omon qolgan va 1952-yilda Wartski tomonidan Londonda sotilgan.Hozirgi kunda Nécessaire tuxumi yoʻqolgan imperator tuxumlaridan biri hisoblanadi.
Tuxum dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nécessaire tuxumi hojatxona (ayol) buyumlarini oʻz ichiga olgan etui sifatida yaratilgan[1]. Tuxumning aniq koʻrinishi nomaʼlum boʻlsa-da, 1917- yilda musodara qilingan imperator xazinasi inventarizatsiyasida u "rangli toshlar va brilliantlar, yoqutlar, zumradlar va sapfirlar " bilan bezatilgani tasvirlangan[1].
Oʻziga xos xususiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajablanarlisi shundaki, Nécessaire tuxumi aslida etui boʻlgan. Tuxum olmos bilan qoplangan va oltindan tayyorlangan 13 ta hojatxona buyumlaridan biri hisoblangan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1889-yil 9-aprelda Aleksandr III Nécessaire tuxumini rafiqasi Mariya Fedorovnaga sovgʻa qildi. Keyinchalik Nécessaire tuxumi Gatchina saroyida saqlangan[1]. 1917-yilgi inqilobdan soʻng, Nécessaire tuxumi qolgan imperator tuxumlari bilan birga musodara qilindi va Kremlning qurol-yarogʻ saroyiga yuborildi. 1922-yil boshida tuxum Sovnarkomga topshirildi. Nécessaire tuxumi 1949-yilda „Fabergé asarlarining Yevropadagi birinchi bagʻishlangan koʻrgazmasi“ning bir qismi sifatida namoyish etilgan. Keyinchalik Nécessaire tuxumi firma tomonidan sotib olingan va sotilgan. Wartski tuxum haqidagi maqolasida shunday deydi: "Nécessaire tuxumi oxirgi marta 1952-yil 19-iyun kuni „Nomaʼlum“ ismli xaridorga 1250 funt sterlingga sotilgan."„Xaridorning anonimligi Wartskining barcha yozuvlarida himoyalangan va ular hozirgacha nomaʼlum boʻlib qolmoqda.“[3] Hozirda Nécessaire tuxumining qayerdaligi nomaʼlum.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „The Lost Imperial Necessaire Easter Egg by Carl Fabergé“. www.wartski.com. Wartski. Qaraldi: 2016-yil 29-may.
- Website by Annemiek Wintraecken, details on each of the Fabergé Eggs
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Lowes, Will. Fabergé Eggs A Retrospective Encyclopedia. Lanham, Maryland: Scarecrow Press Inc., 2001 — 26-bet. ISBN 0-8108-3946-6.
- ↑ „The Lost Imperial Nécessaire Fabergé Easter Egg – Wartski“ (en-US). 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
- ↑ „News & Research: The Lost Imperial Nécessaire Fabergé Easter Egg“. Wartski. Wartski Ltd.. 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |