Atirgul panjarasi (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atirgul panjarasi' Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1907
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Alexandra Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Walters san'at muzeyi
Sotib olish yili 1931
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Henrik Wigström
Foydalanilgan materiallar Oltin, emal, atlas, olmos
Boʻyi 77 mm
Eni -
Oʻziga xos xususiyati olmos marjon va fil suyagidan tayyorlangan qirolichaning olmos bilan bezatilgan miniatyura portreti

Atirgul panjarasi tuxumi zargarlik buyumlari bilan qoplangan, emallangan Imperial Fabergé tuxumidir. Atirgul panjarasi tuxumi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida zargar Peter Carl Fabergé nazorati ostida 1907-yilda Rossiya podshosi Nikolay II uchun tayyorlangan. Atirgul panjarasi tuxumini podshoh Nikolay II 1907-yil Pasxa kuni (22-aprel) rafiqasi qirolicha Alexandra Feodorovnaga sovgʻa qilgan. Hozir tuxum Maryland shtatining Baltimore shahridagi Walters sanʼat muzeyida saqlanmoqda.

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atirgul panjarasi tuxumi Fabergé ustaxonasida ishlovchi usta Henrik Wigström (Rossiya, 1862-1923) tomonidan yaratilgan bo‘lib, u turli rangdagi oltin, yashil va pushti emal, portretli olmos va atlas astardan ishlangan. Bu tuxum shaffof och yashil rangda emallangan va atirgul shaklida kesilgan olmos bilan qoplangan va shaffof boʻlmagan och va toʻq pushti sirli atirgullar va zumrad yashil barglari bilan bezatilgan. Ushbu tuxumning ikkala uchida portret olmos oʻrnatilgan boʻlib, uning tagida „1907“ sanasi yozilgan. Afsuski, monogramma hozirgi kunda gʻoyib boʻlgan. Tuxum ichidagi sovgʻa olmos marjon va fil suyagidan tayyorlangan qirolichaning olmos bilan bezatilgan miniatyura portreti boʻlib, hozirda yoʻqolgan. Tuxumning balandligi taxminan 7,7 sm[1].

Egalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atirgul panjarasi tuxumini Nikolay II rafiqasi Alexandra Feodorovnaga sovg'a sifatida sotib oldi. 1907-yil 21-apreldagi hisob-fakturada tuxumning narxi 8300 rublni ko'rsatdi[2]. 1920-yilda Atirgul panjarasi tuxumi Gatchina saroyining sobiq xodimi boʻlgan va keyinchalik Parijda antiqa buyumlar doʻkonini ochgan Alexandre Polovtsovga tegishli edi. Polovtsov tuxumni qanday sotib olgani nomaʼlum. 1930-yilda Atirgul panjarasi tuxumi 1901-yilgi Gatchina saroyi tuxumi bilan birga Henry Waltersga sotildi va 1931-yilda Walters sanʼat muzeyi kolleksiyasining bir qismiga aylandi. 1936-yilda Atirgul panjarasi tuxumi Gatchina saroyi tuxumi bilan birga Baltimore shtatidagi Walters sanʼat muzeyida namoyish etildi va 1952- yildan beri doimiy koʻrgazmada[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. {{Veb manbasi|sarlavha=Rose Trellis Egg|url=http://art.thewalters.org/viewwoa.aspx?id=31663%7Cish=The Walters Art Museum|kirish sanasi=30 May 2012
  2. „Rose Trellis Egg“. The Walters Art Museum. 2011-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-may.
  3. Faber, Toby. Faberge's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]