Kontent qismiga oʻtish

Atirgul gʻunchasi (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atirgul g'unchasi Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1895
Mijoz Nikolay II
Qabul qiluvchi Aleksandra Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Viktor Vekselberg kolleksiyasi, Sankt-Peterburgdagi Fabergé muzeyi, Rossiya
Sotib olish yili 2004
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Mixail Perxin
Oʻziga xos xususiyati imperator tojining miniatyura versiyasi,sariq atirgul va yoqut kulon

Atirgul gʻunchasi tuxumi — 1895-yilda rus zargari Peter Karl Fabergé nazorati ostida Mixail Perxin tomonidan[1] Rossiya imperatori Nikolay II uchun tayyorlangan Pasxa tuxumi. Atirgul gʻunchasi tuxumini Nikolay II xotini qirolicha Aleksandra Feodorovnaga sovgʻa qilgan. Atirgul gʻunchasi tuxumi Nikolay II Aleksandraga taqdim etgan birinchi Fabergé tuxumi hisoblanadi.

Rossiya imperatori Aleksandr III vafotidan soʻng, uning oʻgʻli Nikolay Gessen va Reyn malikasi Aleksga uylandi. U keyinchalik Nikolay II taxtga oʻtirgandan soʻng Rossiya qirolichasi Aleksandra boʻldi[2]. Qirolicha Aleksandra Darmstadtdagi Rozenxoxning gul bogʻini sogʻindi va shuning uchun Nikolay II birinchi Pasxa kunida unga bogʻdagi gullarni eslatishi uchun yangi tuxum yasashga buyruq berdi[1]. 1895-yilda tayyorlangan sariq atirgul 1824-yilda Xitoydan Parkes tomonidan olib kelingan sariq xitoy choy gulidan nusxalangan edi[3]. Sariq atirgullar qirolichaning vatani Germaniyada juda qadrli edi.

Atirgul gʻunchasi tuxumi XIX asr oxiridagi zamonaviy dizayndan farq qilgan holda Fabergéning neoklassitsizmini oʻzida mujassam etgan[1]. Fabergé Atirgul gʻunchasi tuxumi uchun 3250 rubl oldi.

1917-yilda Atirgul gʻunchasi tuxumi Rossiya Muvaqqat hukumati tomonidan musodara qilingan va keyinchalik 1927-yilda Wartski zargarlaridan Emanuel Snowmanga sotilgan[4]. Atirgul gʻunchasi tuxumi 1930-yillarda maʼlum vatq Charles Parsonsga tegishli boʻlgan. Malcolm Forbes tuxumni 1985-yilda Londondagi Tasviriy sanʼat jamiyatidan sotib oldi. 2004-yilda Atirgul gʻunchasi tuxumi Forbes toʻplamining bir qismi sifatida Viktor Vekselbergga sotilgan. Vekselberg toʻqqizta imperator tuxumini deyarli 100 million dollarga sotib oldi[5].

Tuxum hozirda „The Link of Times“ jamgʻarmasiga tegishli Viktor Vekselberg kolleksiyasining bir qismi boʻlib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Fabergé muzeyida saqlanadi.

Oʻziga xos xususiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1920-yilda tuxumni uchta asl sovgʻasi bilan koʻrsatgan fotosurat; sariq atirgul, rus imperatorlik tojining miniatyura versiyasi va yoqut kulon. Tojning old tomoni oʻrniga yon tomoni koʻrsatilgan.

Tuxum bonbonnier kabi ochilib, sariq sirlangan atirgul kurtaklari paydo boʻladi, unning ichida dastlab ikkita sovgʻa boʻlgan; Rossiya imperatori tojining miniatyura versiyasi va undan osilgan tuxum shaklidagi yoqut kulon[4]. Toj Aleksandra Feodorovnaning eri Nikolay II taxtga oʻtirganidan keyin Rossiya imperatori sifatidagi yangi roliga ishora edi[2].

Oʻnlab yillar davomida kutilmagan hodisalar natijasida yoʻqolgan deb hisoblangan, ammo 2021-yil sentyabr oyida „The Burlington“ jurnalida [6] chop etilgan maqolada va 2022-yil boshida „ Fabergé Research Newsletter“da chop etilgan ikkinchi maqolada sovgʻalar aniqlangan deb daʼvo qilingan[7]. Bular Klivlend sanʼat muzeyiga tegishli boʻlgan Lapis Lazuli tuxumidagi sovgʻalar ekanligi aniqlangan..

  1. 1,0 1,1 1,2 „The Rosebud Egg, Chapter 4“. Faberge: Treasures of Imperial Russia. The Link of Times Foundation (2005). Qaraldi: 2007-yil 5-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „The Bay Tree Egg, Chapter 9“. Faberge: Treasures of Imperial Russia. The Link of Times Foundation (2005). Qaraldi: 2007-yil 5-dekabr.
  3. Henry Curtis, Beauties of the Rose (1850-1853).
  4. 4,0 4,1 Wintraecken. „1895 Rosebud Egg“. Mieks Fabergé Eggs (2016-yil 30-may). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
  5. Economides, Michael. „Energy Security from Russia“. Energy Tribune (2006-yil 23-mart). 2007-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 5-dekabr.
  6. „The Lapis Lazuli Egg in the Cleveland Museum of Art“. The Burlington Magazine (2021).
  7. „Lost Surprises of the 1895 Fabergé Rosebud Egg Have Been Identified“. Fabergé Research Newsletter (2022).