Akvarel
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
![]() | Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Akvarel (frans. aquarelle, asli lot. aqua — suv) — rassomlik sanʼatida ishlatiladigan boʻyoq (suvda oson eriydi) va shu boʻyoq bilan bajarilgan rang-tasvir asari. A.ning oʻziga xos xususiyati boʻyoqning tiniq, rangning sofligidir, rang-tasvirida oq boʻyoq ishlatilmaydi- oq qogʻoz boʻyoq vazifasini bajaradi, boʻyogʻi qogʻoz sirtiga yupqa qatlam boʻlib yotadi, bu qatlam noʻrni yaxshi oʻtkazadi. Shuning uchun rang-tasviri yuzasi silliq boʻlmagan oq qogʻozga ishlanadi, boʻyogʻida rasm ishlanganda rangsurtmalar, rang qatlamlari xususiyati hisobga olinishi kerak, qadimdan maʼlum boʻlgan. 15-asrda nemis rassomi Dyurer A.da ajoyib asarlar yaratgan. 17-18-asrlarda Yevropada keng tarqaldi. 18-19-asr boshlaridan jadal rivojlandi, uslub va usullari ishlab chiqildi. Angliya (U. Terner, R. Bonington va boshqalar), Fransiya (O. Dome, E. Delakrua va boshqalar), Rossiya (K. Bryullov, I. Repin, V. Serov, M. Vrubel va boshqalar) da sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida rangtasviri 20-asr 20-yillaridan rivojla-na boshlagan. A. Nikolayev (Us t a Moʻmin), G. Nikitin, B. Hamdamiy, Oʻ. Tansiqboyev, V. Kaydalov va boshqa rassomlar oʻz A. asarlari bilan oʻzbek A. sanʼati rivojiga mu-nosib hissa qoʻshdilar. Oʻzbekiston ras-somlaridan M. Sodiqov, T. Muhamedov, F. Boymatov, V. Apuxtin va boshqa ijodida A. rivojlanmoqda.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |