Gulchambarli beshik (Fabergé tuxumi)
Gulchambarli beshik Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1907 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Xususiy kolleksiya |
Sotib olish yili | 1992 |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Henrik Wigström |
Foydalanilgan materiallar | Oltin,emal, marvaridlar |
Boʻyi | - |
Eni | - |
Oʻziga xos xususiyati | imperator bolalarining miniatyurasi(yo'qolgan) |
Gulchambarli beshik tuxumi (shuningdek, Sevimli kuboklar tuxumi sifatida ham tanilgan) Imperial Fabergé tuxumi boʻlib, rus imperator oilasi uchun Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan ellik ikkita zeb-ziynat buyumlari bilan bezatilgan, sirlangan Pasxa tuxumlaridan biri hisoblanadi.
Gulchambarli beshik tuxumi qirolicha Maria Feodorovna uchun 1907-yilgi Pasxa (Masihning tirilishini nishonlash kuni) sovgʻasi boʻlgan. Maria Feodorovnaning oʻgʻli Rossiya imperatori Nikolay II har yili ikkita Fabergé Pasxa tuxumiga (biri onasi va ikkinchisi xotini uchun) doimiy buyurtma berar edi. Gulchambarli beshik tuxumining 1907-yilgi Pasxa bayramida podshohning xotiniga sovgʻa qilingan hamkasbi Atirgul panjarasi tuxumidir.
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulchambarli beshik tuxumi Henrik Wigström tomonidan Louis XVI uslubida yaratilgan boʻlib, shaffof och koʻk va yashil emalli, turli xil rangdagi tillalardan yasalgan va marvaridlar bilan bezatilgan. Gulchambarli beshik tuxumini tayyorlashda oltin, emal va marvaridlardan foydalanilgan.
Oʻziga xos xususiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda Gulchambarli beshik tuxumi ichidagi sovgʻa yoʻqolgan. Fabergéning hisob-fakturasiga koʻra, Gulchambarli beshik tuxumining ichidagi sovgʻa imperator (Nikolay II) bolalarining miniatyura rasmlari edi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulchambarli beshik tuxumi oxirgi marta 1989-yilda San Diegoda namoyish etilgan. Gulchambarli beshik tuxumi New Yorkdagi Sotheby auksionida sotilgan. Hozirgi kunda Gulchambarli beshik tuxumi AQShdagi shaxsiy kolleksiyalardan birida ekanligi taxmin qilinmoqda[2]. Gulchambarli beshik tuxumining bo'yi va eni (o'lchamlari) haqida ma'lumot mavjud emas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Faber, Toby. Fabergé's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. New York: Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. wintraecken.nl (2017-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.