Zumrad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zumrad (yun. smaradgos) — mineral, bershintg toʻq yashil turi. Tarkibida oz miqdorda (2% cha) xrom oksidi boʻladi. Chiroyli tovlanishi, yaxshi jilo-lanishi, shaffofligi, kristall shaklining chiroyliligi bilan qimmatbaho toshlar ichida birinchi darajali hisoblanadi. 3. ning darz ketmagan shaf-fof, massasi 5 karatdan ortiq boʻlgan xili, shunga teng boʻlgan olmosdan qimmatroq turadi. 3. ning yirik konlari granitli pegmatitlarning magnezial slanetslar, amfibolitlar va zmeyeviklarga taʼsir etilishidan hosil boʻladi. Shuningdek, 3. kvarsdala shpatli tomirlarda va oʻzgargan slanets karbonatli jinslarda ham uchraydi. 3. ning konlari kam. Asosiy konlari Rossiya (Ural), JAR (Transvaal), Kolumbiya (Muso) da bor. 3. dan qimmatbaho taqinchoqlar va bezaklar tayyorlanadi. Sunʼiy 3. kvant mexanikasida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil