Ciro Immobile

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ciro Immobile
Immobile Lazio 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ciro Immobile[1]
Tavallud sanasi 20-fevral 1990-yil (1990-02-20) (33 yosh)
Tavallud joyi Torre Annunziata, Italy
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi Markaziy Hujimchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lazio
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2008-yillar Sorrento
2008-2009-yillar Juventus
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2012-yillar Juventus 3 (0)
2010-2011-yillarSiena (loan) 4 (1)
2011-yillarGrosseto (loan) 16 (1)
2011-2012-yillarPescara (loan) 37 (28)
2012-2013-yillar Genoa 33 (5)
2013-2014-yillar Torino 33 (22)
2014-2015-yillar Borussia Dortmund 24 (3)
2015-2016-yillar Sevilla 8 (2)
2016-yilTorino (loan) 14 (5)
2016-yil Lazio 219 (156)
Milliy terma jamoa
2009-2010-yillar Italy U20 6 (0)
2009-2013-yillar Italy U21 16 (9)
2014-yil Italy 55 (15)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10 noyabr uchun)

Ciro Immobile (talaffuzi: Chiro Immobie1990-yil 20-fevralda tugʻilgan) — Italiyalik professional futbolchi, A Seriyaning Latsio klubi sardori va Italiya milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Immobile dastlabki faoliyatini „Sorrento“ jamoasida boshlagan. 2009-yilda u "Yuventus" jamoasi tomonidan sotib olinadi va keyinchalik B Seriyaning uchta klubiga, jumladan Peskaraga jamoasiga ijaraga beriladi. Peskara bilan 2012-yilda Genoaga koʻchib oʻtishdan oldin eng yaxshi toʻpurar sifatida liga chempionligini qoʻlga kiritadi. Klubdagi bir mavsumdan soʻng u „Yuventus“ning shahardosh jamoasi „Torino“ ga koʻchib oʻtadi. „Torino“da u A Seriyaning eng yaxshi toʻpurarligi uchun "Capocannoniere" mukofotini qoʻlga kiritadi. „Torino“dagi mavsumdan soʻng u Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubiga 2014-yilda taxminan 18-million yevroga sotiladi va u yerda DFL Superkubogini qoʻlga kiritadi. Keyin esa Ispaniyaning "Sevilya" klubiga 2015-yilda qoʻshiladi. 2016-yilda esa u ijara asosida „Torino“ga qaytadi, keyinroq o‘sha yilning iyulida „Latsio“ga sotib yuboriladi. „Latsio“dagi ikkinchi mavsumida u 33 oʻyinda 29 ta gol urib, ikkinchi marta Capocannoniere sovrinini qoʻlga kiritadi. 2019-2020-yilgi mavsum Immobile faoliyatidagi eng sermahsul mavsumlardan biri bo‘ladi. u 36 ta gol bilan bir mavsumda A Seriyada eng koʻp gol urish boʻyicha rekordni takrorlaydi va uchinchi Capocannoniere unvonini va yevropaning eng yaxshi toʻpurariga berilgan birinchi Yevropa Oltin butsasini qoʻlga kiritadi. Immobile shuningdek, „Latsio“ bilan Italiya kubogi va ikki marta Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Hozirda u „Latsio“ tarixidagi eng koʻp gol urgan futbolchi. 2022-yilda u 31 o‘yinda 27 ta gol urib, to‘rtinchi marta Capocannoniere g‘olibiga aylandi.

Immobile 2014-yilda Italiya milliy futbol terma jamoasida debyut qilgan va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Evro-2016 va UEFA Evro-2020 uchun tarkibga kiritilgan va Yevro-2020 turnirda gʻalaba qozongan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sorrento va Yuventus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neapol provinsiyasidagi Torre Annunziata shahrida tugʻilgan Immobile oʻzining dastlabki faoliyatini „Torre Annunziata 88“ futbol maktabida boshlagan.Salernitananing yoshlar jamoasiga oʻtishdan oldin, „Maria Rosa“ jamoasiga oʻtgan. Ammo u jamoa tarkibida maydonga tushmagan[3]. Keyinchalik u „Sorrento“ jamoasiga qoʻshiladi[4]. Jamoa tarkibida 2007—2008- yilgi mavsumda 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasi safida 30 ta gol urishga erishgan. Shu jumladan „Torino“ga qarshi oʻyinda qayt etgan dubli „Yuventus“ jamoasi kuzatuvchilarini etiboriga tushishiga sabab boʻlgan[5].

2008-yilda skaut Ciro Ferrara tavsiyasiga koʻra „Yuventus“ tomonidan 80 000 yevro[6] evaziga shartnoma imzolagan[7][8].

2011-yilning avgustida „Yuventus“ tarkibdagi surati.

Immobile 2009-yilda Primavera jamoasiga qoʻshiladi. U yerda Ayub Daud bilan ajoyib tandim boʻlgan. Bu jamoani 2009-yilda Torneo di Viaregjioda gʻalaba qozonishida katta rol oʻynaydi. Jamoa tarkibida jami beshta gol urgan[9].

2009-yil 14-mart kuni Immobile A Seriyadagi debyutini „Bolonya“ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. Immobile 89-daqiqada „Yuventus“ sardori Alessandro Del Pieroni oʻrniga maydonga tushadi. 2009-yil 25-noyabrda Immobile Yevropa musobaqalarida debyut qilgan. Chempionlar Ligasidagi dastlabki oʻyinida Fransiyaning „Bordo“ jamoasiga qarshi oʻyinda Del Pieroning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushadi. 2010-yil fevral oyida Torneo di Viareggo turnirida ilk oʻyinini „Empoli“ jamoasiga qarshi oʻtkazadi va oʻyinda xet-trik qayd etib, jamoa safida ketma-ket ikkinchi mavsum chempionlikni qoʻlga kiritadi[10].

Siena va Grosseto jamoalariga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilning 1-iyulida Immobile jamoadoshi Luka Marrone bilan birgalikda B Seriyaga yaqinda tushib ketgan „Siena“ klubiga ijaraga beriib yuboriladi. Ularning evaziga esa „Yuventus“ Toskana klubidan Nikkolo Jannetti, Leonardo Spinatsola va avstriyalik yarim himoyachi Marsel Byuxelni ijaraga olgan[11]. Immobile Seina jamoasi safida hech qachon asosiy jamoa tarkibiga kirmagan. 2011-yilning yanvariga kelib esa jamoani tark etadi. Sienadan ketganidan soʻng, „Yuventus“ uni B Seriyaning 2010—2011-yilgi mavsumining qolgan qismi uchun „Grosseto“ jamoasiga ijaraga beradi[12].

Peskaraga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning 17-avgustida Immobile „Yuventus“dan bir mavsumga ijara asosida B Seriyaning „Peskara“ klubiga oʻtadi[13]. U Peskara uchun birinchi golini 26-avgust kuni ligada Hellas Verona jamosiga qarshi oʻyinda amalga oshiradi. 2011—2012-yilgi B Seriya mavsumning birinchi yarmida 14 ta gol urishga erishadi. 2012-yilning 30-yanvarida"Genoa" B Seriyadagi o‘yinidan keyin „Yuventus“dan o‘yinchi huquqlarining yarmi uchun 4 million yevro to‘laganini tasdiqlaydi. U Italiya ikkinchi divizionida „Peskara“ jamoasi tarkibida mavsumni yakunladi. Oʻsha mavsumda Peskara klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shu bilan Pescara B seriyadan A Seriyaga koʻtariladi. Imobile oʻsha mavsumda 28 ta gol bilan B seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Immobile, shuningdek, jamoadoshlari Lorenzo Insigne va Marko Verratti bilan birga 2012-yilgi AIC Gran Gala del Calcio musobaqasida B seriyaning eng yaxshi futbolchilari deb topilgan[14].

Genoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Immobile 2012-yilning 1-iyulida Peskara jamoasidagi ijara muddati tugaganidan soʻng rasman „Genoa“ futbolchisiga aylangan. 2013-yilning 19-iyunida „Genoa“ va „Yuventus“ Immobile va Boakyening birgalikdagi egalik shartnomasini yana yangiladilar[15].

Torino[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 12-iyulida „Yuventus“ 2,75 million yevroga evaziga „Genoa“dan „Immobile“ transfer huquqlarining yarmini sotib oladi[16]. Oʻsha kuni oʻzidayoq 2,75 million yevro evaziga yangi sheriklik shartnomasi boʻyicha shaharning boshqa bir jamoasi Torinoga sotib yuboriladi[17].

U „Torino“ safida debyut oʻyinini Italiya kubogining birinchi bosqichida sobiq jamoasi „Peskara“ga qarshi oʻtkazdi va mavsumdagi ilk golini kiritadi[18]. Klub safida A Seriyadagi debyutida golli uzatmani amalga oshiradi. 7-oktyabrgacha „Sampdoriya“ jamosiga qarshi oʻyinda gol ura olmaydi. Immobile 2012-yilning dekabridan beri A Seriyada gol ura olmayotgandi. Bu gol Immobile uchun muvaffaqiyatdan darak beradi, futbolchi keyingi 15 oʻyinda yana 12 ta gol uradi, shu jumladan dekabr oyida „Kyevo Verona“ga qarshi oʻyinda A Seriyadagi birinchi dublini amalga oshiradi.

2014-yilning 22-martida Immobile Livornoga qarshi o‘yinda A Seriyadagi ilk xet-trikini qayd etadi[19]. Uch kundan soʻng, "Roma" ga qarshi oʻyinda chap oyogʻi bilan ajoyib zarba yoʻllaydi va "Olimpiko" stadionida vaqtinchalik Granata darajasiga erishadi[20]. 6 aprel kuni u Kataniyaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobidagi oʻyinda gʻalaba golini kiritadi[21].

Oʻsha yilning 13-aprel kunida A seriya navbatdagi turida „Genoa“ 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, o‘shanda Immobile va Alessio Cersi qo‘shib berilgan vaqtda gollar urib, „Torino“ni 2:1 hisobida g‘alaba qozonishiga xissa qoʻshishadi[22][23]. U keyingi turda "Latsio" safarida 3:3 hisobidagi durang o‘yinda yana gol uradi[24]. 27 aprel kuni esa Immobile "Udineze" 2:0 hisobida magʻlub etiladi va Immobile ketma-ket oltinchi oʻyinda gol uradi[25]. Bu uning mavsumdagi gollari sonini 21 taga yetkazadi[26] hamda „Torino“da Paolo Pulich va Franchesko Gratsianining mavsumiy gollari rekordini takrorlaydi[27][28].

11-may kuni Immobile „Parma“ ga qarshi mavsumning soʻnggi oʻyinida gol uradi, biroq ikkinchi boʻlimda qizil kartochka oladi va „Fiorentina“ ga qarshi final oʻyinida diskvalifikatsiya qilinadi[29]. U mavsumni 33 oʻyinda 22 gol va Italiya kubogida bitta gol bilan yakunlaydi[30]. U 1976-1977 yilgi mavsumda Franchesko Gratsianidan keyin Kapokanonyerni yutgan birinchi Turinlik futbolchi boʻladi[31].

Borussiya Dortmund[tahrir | manbasini tahrirlash]

Immobile 2014-yilning iyul oyida Dortmundning „Borussiya“sida oʻynagan

2014-yil 2-iyunda Bundesliga klubi Dortmundning Borussiya klubi Immobilen bilan[32][33][34][35] shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi, garchi Torino va „Yuventus“ oʻrtasidagi umumiy egalik shartnomasi hal qilinmagan boʻlsa ham. Torino prezidenti Urbano Qohira 2014-yil 10-may kuni Yuventus va Dortmundni transferga oid FIFA qoidalarini buzganlikda ayblaydi[36], FIGC shuningdek, bunday transferlar huquqlari egalarning oʻzaro roziligida boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi. Qohira ham Immobileni sport va foyda uchun kamida bir mavsum saqlab qolmoqchi edi. 2014-yilning 18-iyunida[37] Yuventus Immobilening qolgan 50% transfer huquqini Torinoga 8,035 million yevro evazigaga sotadi[38]. Keyinroq „Torino“ moliyaviy hisobotida nemis tomoniga transfer narxi 17,955 million yevro ekanligini maʼlum qiladi[39]. 2014-yil 13-avgust kuni Immobile Dortmund jamoasi safida 2014-yilgi DFL-Superkubogi uchun „Bavariya“ga qarshi asosiy tarkibda hujumchi sifatida o‘zining rasmiy debyutini o‘tkazadi. Uchrashuv „Borussiya“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi va kubokni ko‘tarishi bilan yakunlanadi[40].

Immobile Bundesligadagi debyutini 23-avgust kuni Dortmundning Bundesliganing 2014-2015 yilgi mavsumi ochilish oʻyinida oʻtkazadi va oʻz uyida „Bayer 04“ ga 0:2 hisobida magʻlub boʻladi. 2014-yilning 16-sentyabr kuni esa Immobile Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Arsenal" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi va klub uchun birinchi golini uradi[41]. U Chempionlar ligasining oltita o‘yinida[42], "Anderlext"ni mehmonda 3:0 hisobida, "Galatasaroy" ni 4:1 hisobida va „ Anderlext“ bilan 1:1 hisobida durang o‘yinda to‘rtta gol uradi, „Borussiya“ guruh bosqichidan birinchi oʻrinda chiqadi. 2014-yilning 17-dekabrida Immobile „Volfsburg“ ga qarshi o‘yinda (2:2) birinchi golga assistentlik qiladi va ikkinchi golni urdi[43].

Sevilla[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning avgustida, UEFA Superkubogi oldidan „Sevilya“ tarkibida.

2015-yilning 12-iyulida Immobile Dortmundning Borussiya klubidagi birinchi mavsumida ligada atigi 3 ta gol urgan va barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda jami 10 ta gol urganidan so‘ng, ijara asosida „Sevilya“ jamoasiga qo‘shiladi[44]. Shuningdek „Sevilya“ jamoasida ham uni toʻliq sotib olish imkoniyati bor edi. U 2015-yilning 11-avgustida "Barselona" ga qarshi kechgan UEFA Superkubogi finalining 80-daqiqasida Kevin Gameyro o‘rniga zaxiradan maydonga tushib, Yevgeniy Konoplyankaning vaqtinchalik tenglashtiruvchi goliga yordam berib, o‘yinni qo‘shimcha boʻlimlarga olib oʻtilishiga sababchi boʻladi. Ammo uchrashuvda „Barselona“ 5:4 hisobida g‘alaba qozonadi[45].

2015-yil 31-iyul kuni Immobile Vikaraj Roudda "Uotford" ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida raqib bilan to‘qnash ketganidan so‘ng bor-yo‘g‘i besh daqiqa o‘ynagach, kislorod niqobi va bo‘yinbog ‘ taqib maydondan tashqarisida hushini yoʻqotadi. U tekshiruvlar uchun kasalxonaga yotqizilgan va ahvoli tiklangan[46]. Keyinchalik uning burun pardasi yorilib ketgani aniqlandi, bu katta jarohatga oʻxshardi, lekin jaroxat faqat kichik boʻlib chiqdi[47]. 2015-yilning 8-noyabrida Immobile o‘zining „Sevilya“ tarkibifagi birinchi golini La Liga doirasida Real Madrid bilan baxsning 36-daqiqada kiritadi va "Real Madrid" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonishadi[48]. Noyabr oyida Immobile jamoa tarkibida beshinchi marta maydonga tushganida sotib olish majburiyati amalga oshirildi va uni 11 million evroga naqd 3 million evroga kredit evaziga sotib olinadi[49].

= "Torino"ga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 14-yanvarida Immobile 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Torinoga qaytadi[50]. Ikki kundan soʻng, debyutida u „Frozinone“ ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonadi[51]. 14-fevral kuni u „Palermo“ga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, dubl qayd etadi[52]. 22-mart kuni „Yuventus“ bilan derbida tanaffus paytida mushaklaridan jarohat olgani va bir oyga safdan chiqishi aniqlangan edi[53].

Latsio[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 27-iyulida Immobile "Latsio" tarkibiga 8,75 million yevro (ortiqcha agentlarga 700 000 yevro komissiya) evaziga koʻchib oʻtgani va shartnoma imzolaganini elon qiladi[54][55]. 21-avgust kuni esa Immobile „Latsio“ning „Atalanta“ ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozongan dastlabki oʻyinida debyut qiladi[56]. Immobile mavsumni Italiya kubogida 36 o‘yinda 23 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan yakunlaydi[57], 2013-2014-yilgi mavsumda „Torino“ bilan Kapokanonyerda g‘alaba qozonganidan keyin o‘zining shaxsiy rekordidan oshib ketadi, ammo bu safar Kapokanonyerda toʻpurarlik poygasida g‘alaba qozona olmaydi va mag‘lub bo‘ladi. Bu sovrin "Roma" ning bosniyalik hujumchisi Edin Jekoga 29 ta gol bilan nasib etadi[58].

2017-yil 13-avgustda Immobile Italiya Superkubogida jamoasining dastlabki ikkita golini kiritadi. „Latsio“ „Yuventus“ ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonadi[59]. 10-sentyabr kuni „Latsio“ning mavsumdagi uchinchi o‘yinida u "Milan" ga qarshi o‘yinda (4:1) xet-trik qayd etadi va golli uzatmani amalga oshiradi[60]. 21-oktabr kuni Immobile „Latsio“ bilan 2022-yilgacha shartnoma imzolaydi[61]. 2018-yilning 6-yanvarida Immobile SPAL mehmoni bo‘lib birinchi bo‘limda to‘rtta gol uradi, bu 16 yil ichida bir mavsumda bir nechta xet-trik qayd etgan birinchi „Latsio“ futbolchisi sifatida qayt etilishiga sabab boʻladi. O‘yinda „Latsio“ 5:2 hisobida g‘alaba qozonadi[62]. 2018-yilning 22-fevralida Immobile Yevropa Ligasi 32-tur javob o‘yinida „Styaua Buxurest“ jamoasiga qarshi o‘yinda 5:1 hisobida g‘alaba qozonadi va bu „Latsio“ga 1/8 finalga chiqish imkonini beradi[63]. 2018-yil 31-mart kuni Immobile „Latsio“ning „Benevento“ ga qarshi o‘z uyida 6:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinida ikkita gol uradi, bu uning mavsumdagi 36-goli bo‘ldi va „Latsio“ futbolchisi tomonidan bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha Jorjio Chinaglianing oldingi rekordini ikki golga yangiladi[64]. Immobile mavsumni 33 ta oʻyinda 29 ta gol urib, „Inter“ futbolchisi Mauro Ikardi bilan birgalikda Kapokanonyer gʻolibi boʻladi[65].

2019-yilning 3-noyabrida Immobile Latsio bilan „Milan“ jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan oʻyinida „Latsio“ safidagi o‘zining 100-golini kiritadi[66]. 2020-yil 26-iyul kuni Immobile Hellas Verona jamoasiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etadi[67]. Immobile mavsumni 36 ta gol bilan yakunladi va Kapokanonyerda yana birinchilikni qoʻlga kiritadi va A Seriya mavsumida eng koʻp gol urish boʻyicha Gino Rossetti va Gonsalo Iguainning rekordini takrorlaydi[68]. Shuningdek, u o‘z faoliyatida ilk bor Yevropa „Oltin butsa“ sovrinini qo‘lga kiritadi va 2007-yilda Franchesko Tottidan keyin bu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi italiyalik futbolchi shuningdek bu sovrinni Tottidan keyin qoʻlga kiritgan A Seriya futbolchisiga aylanadi[68]. Bundan tashqari, u A Seriyada 14 ta gol bilan bir mavsumida eng koʻp penaltidan gol oʻrib rekord oʻrnatadi[69].

2020-yil 31-avgust kuni Immobile „Latsio“ bilan shartnomasini besh yillga uzaytiradi[70]. 2020-yil 20-oktyabrda u 2020-2021-yilgi UEFA Chempionlar ligasida sobiq jamoasi „Borussiya Dortmund“ ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi[71]. 2021-yil 12-may kuni Immobile A Seriyada „Parma“ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan baxsda yagona golga mualliflik qiladi. Bu uning „Latsio“ safidagi barcha musobaqalardagi 150-goli boʻladi[72].

2021-yil 30-oktyabrda italiyalik hujumchi „Atalanta“ jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgan baxsda o‘zining faoliyatidagi 159-golini kiritdi va Silvio Piolaning klubdagi barcha vaqtlardagi gollari rekordiga tenglashadi[73]. 2021-yil 4-noyabr kuni Immobile UEFA Yevropa ligasida „Marsel“ darvozasiga gol urdi va 160 gol bilan Silvio Piolani ortda qoldirib, "Latsio" tarixidagi eng yaxshi to‘purariga aylandi[74] Bu gol bilan italiyalik hujumchi klubning Yevropa ligasidagi eng yaxshi to‘purari ham bo‘ldi. U „Latsio“ safida 10 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan sobiq hujumchi Perluiji Kasiragidan oʻzib ketadi[75]. 2021-yil 7-noyabr kuni Salernitanaga qarshi o‘yinda (3:0) Immobile A Seriyaning ketma-ket olti mavsumida 10+ gol urgan birinchi „Latsio“ futbolchisiga aylanadi[76]. 2022-yil 6-yanvar kuni „Empoli“ ga qarshi o‘yinda (3:3 durang) Immobile A Seriya tarixida 7 ta mavsumda ligada 15 ta gol urgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ladi[77]. 2022-yil 5-mart kuni „Kalyari“ga (3:0) qarshi o‘yinda Immobile „Latsio“ safida A Seriyadagi 200-uchrashuvini o‘tkazadi[78]. Bundan tashqari, „Rossoblu“ darvozasiga kiritgan goli bilan u Silvio Piolaning „ Latsio“ bilan A Seriyadagi gol rekordini tenglashtiradi. A Seriyada olti xil mavsumda 20 yoki undan ortiq gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi[79]. 2022-yil 16-aprel kuni „Torino“ ga qarshi o‘yinda (1:1) Immobile o‘zining A Seriyadagi 180-golini uradi va „Sampdoriya“ faxriysi Fabio Kualyarella bilan tenglashib, liganing barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 13-o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, u A Seriya tarixidagi uchta alohida liga kampaniyasida kamida 25 ta gol urgan va faoliyatida uchinchi marta barcha musobaqalarda 30+ gol urgan birinchi italiyalik futbolchiga aylandi[80]. 2022-yil 24-aprelda "Milan"ga qarshi o‘yinda (2:1 mag‘lubiyati) Immobile 2016-2017-yilgi mavsumdan beri kamida uch marta liga mavsumida 25 dan ortiq gol urgan Yevropaning top-5 ligasidagi to‘rtinchi futbolchiga aylanadi va Robert Levandovskiga, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldularga tenglashib olad[81]. 2023-yil 19-fevralda Immobile Salernitana darvozasiga ikkita gol uradi (0:2 g‘alaba qozonib), liganing to‘purarlari reytingida 8- o‘ringa chiqib oladi[82].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Immobile 2015-yil iyun oyida Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinida Portugaliya himoyasiga qarshi.

2014-yilning 2-martida u Chezare Prandelli tomonidan kattalar terma jamoasiga birinchi chaqiruv oladi, uch kundan keyin Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinining 69 daqiqasida Alessio Cerci oʻrniga maydonga tushadi[83]. Afsuski oʻsha oʻyinda Ispanya milliy jamoasiga magʻlub boʻladi[84].

2014-yil 13-may kuni Immobile Italiyaning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun vaqtinchalik 30 kishilik kengaytirilgan tarkibiga kiritiladi[85]. 1-iyunda esa 23 kishilik yakuniy tarkibga kiritiladi[86]. 8-iyun kuni u Italiya milliy terma jamoasining jahon chempionatining soʻnggi tayyorgarlik bosqichida Braziliyaning „Fluminense“ klubi ustidan 5:3 hisobida norasmiy gʻalaba qozongan baxsida xet-trik qayd etadi. Immobile 14-iyun kuni Manausda Italiyaning Angliya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan dastlabki oʻyinida debyut qildi va soʻnggi 17 daqiqada italiyalik gʻalaba qozongan Mario Balotelli oʻrniga oʻynadi[87]. U 2014-yil 4-sentyabr kuni Gollandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 2:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinning 3-daqiqasida xalqaro maydondagi birinchi rasmiy golini kiritdi[88].

2016-yilning 31-mayida Immobile Antonio Konte boshchiligidagi Italiya terma jamoasi Yevro-2016 uchun tarkibiga kiritiladi[89].

2021-yilning iyun oyida u bosh murabbiy Roberto Manchini tomonidan Italiya terma jamoasining UEFA Evro-2020 uchun tarkibiga kiritiladi[90]. 11 iyun kuni turnirning ochilish oʻyinida u Italiyaning ikkinchi goliga mualliflik qiladi va Turkiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonadi. Oʻsha oʻyinda Insinye tomonidan kiritilgan jamoasining yakuniy goliga assistentlik qiladi[91]. 16-iyun kuni boʻlib oʻtgan guruhdagi keyingi oʻyinda u Shveytsariyaga qarshi oʻyinda (3:0) Italiyaning uchinchi goliga mualliflik qiladi[92]. 6-iyul kuni Ispaniyaga qarshi kechgan yarim finalda u ikkinchi boʻlimda Federiko Kyesa tomonidan urilgan golga assistentlik qiladi va Domeniko Berardiga almashtirildi. qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Italiya penaltilar seriyasida 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, turnir finaliga yoʻl oldi[93]. 11-iyul kuni Immobile finalda "Uembli" stadionida Angliya ustidan penaltilar seriyasida 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qoʻlga kiritadi. Immobile uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi, biroq asosiy vaqtning ikkinchi yarmida Berardiga almashtiriladi[94][95].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Immobile birinchi navbatda markaziy hujumchi boʻlsa-da, oldingi chiziqning istalgan joyida oʻynashga qodir. Tezkor hujumchi, Immobile birinchi navbatda toʻpsiz hujumkor harakati, shuningdek, hujumlarni amalga oshirish va boʻshliqlardan foydalanish qobiliyati bilan ajralib turadi[96]. Oldinga yugurishda u tez-tez markaziy pozitsiyadan keng boʻshliqlarga intiladi va bu unga raqib himoya chizigʻiga yetarlicha muammo tugʻdirishiga sabab boʻlishi mumkin. Uning asosiy xususiyatlari — maqsadni koʻzlash va ikkala oyogʻi bilan ham zarba beraolishi qobiliyati, shuningdek, uning jismoniy xususiyatlari ajoyib. U ham mustahkam texnikaga ega va havodagi koʻrashlarda samarali[96][97][98]. U hujumdagi qobiliyatlari va gol urish qobiliyatidan tashqari, toʻpni quvib oʻtishga tayyorligi va toʻpga ega boʻlmaganda raqiblarga pressing qilish bilan ham tanilgan mehnatkash futbolchi[96][99]. Maydoni koʻra olish qobilyati esa unga oʻzi gol urishdan tashqari jamoadoshlariga assistentlik qilish imkonini ham beradi[100]. Shuningdek Immobile penaltini ham aniq tepuvchi hisoblanadi[101][102]. Uning gol urish rekordi va samaradorligi unga „Latsio“ tarafdorlari orasida „Qirol Chiro“ laqabini keltirgan.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil may oyida Immobile va uning uzoq vaqtdan beri sevgilisi Jessica Melena turmush qurishadi[103]. Hozirda ularning uch nafar farzandlari bor[104].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 2-aprelgacha bo'lgan o'yinlar [105]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Xaqaro Yevropa Boshqa Jami
Division oʻyinlar Gollar Oʻyin Gol oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sorrento 2006-2007 Serie C2 0 0 1 0 1 0
Juventus 2008-2009 Serie A 1 0 0 0 0 0 1 0
2009-2010 2 0 1 0 1 0 4 0
Total 3 0 1 0 1 0 0 0 5 0
Siena (Ijara) 2010-2011 Serie B 4 1 2 1 6 2
Grosseto (ljara) 2010-2011 Serie B 16 1 0 0 16 1
Peskara (Ijara) 2011-2012 Serie B 37 28 0 0 37 28
Genoa 2012-2013 Serie A 33 5 1 0 34 5
Torino 2013-2014 Serie A 33 22 1 1 34 23
Borussia Dortmund 2014-2015 Bundesliga 24 3 3 3 6 4 1 0 34 10
Sevilla (Ijara) 2015-2016 La Liga 8 2 3 2 3 0 1 0 15 4
Torino (Ijara) 2015-2016 Serie A 14 5 0 0 14 5
Latsio 2016-2017 Serie A 36 23 5 3 41 26
2017-2018 33 29 4 2 9 8 1 2 47 41
2018-2019 36 15 5 3 5 1 46 19
2019-2020 37 36 2 1 4 2 1 0 44 39
2020-2021 35 20 1 0 5 5 41 25
2021-2022 31 27 2 1 7 4 40 32
2022-2023 21 9 1 0 6 2 28 11
Jami 229 159 20 10 36 22 2 2 287 193
Faoliyatida jami 401 226 31 17 46 26 5 2 483 271


Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 24-martgacha bo'lgan o'yinlar [106][107]
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil oʻyin gol
Italiya 2014-yil 9 1
2015-yil 3 0
2016-yil 8 4
2017-yil 10 2
2018-yil 5 0
2019-yil 4 3
2020-yil 3 0
2021-yil 12 5
2022-yil 1 0
Jami 55 15
2022-yil 24-martgacha bo'lgan o'yinlar.[106]
Ballar va natijalar birinchi navbatda Italiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir harakatsiz goldan keyin hisobni koʻrsatadi.
List of international goals scored by Ciro Immobile
No. sana joy Muhlis Raqib Hisob Natija Turner
1 2014-yil 4-sentyabr Stadio San Nicola, Bari, Italiya 5  Niderlandlar 1-0 2-0 Oʻrtoqlik
2 2016-yil 5-sentyabr Sammy Ofer Stadium, Haifa, Isroil 16  Isroil 3-1 3-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2016-yil 9-oktyabr Philip II Arena, Skopje, Macedonia 18  Macedonia 2-2 3-2 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
4 3-2
5 2016-yil 12-Noyabr Rheinpark Stadion, Vaduz, Liechtenstein 19  Lixtenshteyn 2-0 4-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
6 2017-yil 24-Mart Stadio Renzo Barbera, Palermo, Italiya 21  Albaniya 2-0 2-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
7 2017-yil 5-sentyabr Mapei Stadium — Città del Tricolore, Reggio Emilia, Italiya 26  Isroil 1-0 1-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
8 2019-yil 8-sentyabr Tampere Stadium, Tampere, Finland 37  Finlandiya 1-0 2-1 UEFA Euro 2020 saralash
9 2019-yil 18-Noyabr Stadio Renzo Barbera, Palermo, Italy 39  Armaniston 1-0 9-1 UEFA Euro 2020 saralash
10 4-0
11 2021-yil 25-Mart Stadio Ennio Tardini, Parma, Italiya 43  Shimoliy Irlandiya 2-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
12 2021-yil 31-mart LFF Stadium, Vilnius, Lithuania 45  Litva 2-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
13 2021-yil 4-iyun Stadio Renato Dall’Ara, Bologna, Italiya 46  Chexiya 1-0 4-0 Oʻrtoqlik
14 2021-yil 11-iyun Stadio Olimpico, Rome, Italiya 47  Turkiya 2-0 3-0 UEFA Euro 2020
15 2021-yil 16-iyun Stadio Olimpico, Rome, Italiya 48   Shveysariya 3-0 3-0 UEFA Euro 2020

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuventus yoshlari

  • Torneo di Viareggio : 2009[9], 2010[10],

Peskara

  • B seriya : 2011-2012 gʻolibi

Borussiya Dortmund

Latsio

  • Italiya kubogi: 2018-2019
  • Italiya Superkubogi: 2017, 2019

Italiya

  • UEFA Yevropa chempionati : 2020[94]

Shaxsiy

  • Torneo di Viaregjioning eng yaxshi toʻpurari: 2010 (10 gol)[10]
  • Torneo di Viaregjio eng yaxshi futbolchisi: 2010[10]
  • B seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2012[14]
  • B seriyaning eng yaxshi toʻpurari: 2011-2012 (28 gol)[14]
  • Capocannoniere: 2013-2014 (22 gol)[31], 2017-2018 (qo‘shma — 29 gol)[65], 2019-2020 (36 gol)[108], 2021-2022 (27 gol)[109]
  • A Seriyaning eng yaxshi jamoasi: 2013-2014[110], 2017-2018[111], 2019-2020[112], 2021-2022[113]
  • UEFA Evropa ligasi toʻpurari : 2017-2018 (qoʻshma — 8 gol)[114]
  • UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi tarkibi: 2017-2018[115]
  • A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi : 2019-yil oktyabr[116]
  • Yevropa oltin tuflisi: 2019-2020[108]
  • A Seriyaning eng yaxshi hujumchisi: 2019-2020[117], 2021-2022[118]
  • "Latsio" — mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2019-2020[119]
  • Italiyada yilning eng yaxshi sportchisi: 2020[120]

Buyurtmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 5-sinf / Ritsar: Cavaliere Ordine al Merito della Italiana Repubblica : 2021 [121]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Italy“. FIFA (14-iyul 2014-yil). 4-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  2. „S.S.Lazio - Tesserati - Prima Squadra“. www.sslazio.it. 23-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-oktyabr 2018-yil.
  3. „Da guardalinee a bomber, ecco la storia di Ciro Immobile“. resport.it (16-fevral 2010-yil). 8-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-noyabr 2014-yil.
  4. „Focus bwin. Immobile a CM: 'Zeman gioca come piace a me'“. Calciomercato.com | Tutte le news sul calcio in tempo reale.
  5. Berlusconi: “Montolivo out 5 mesi. Balo. „SpazioMilan – L'emozione rossonera“. Spaziomilan.it (29-iyun 2011-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  6. Schira. „"Quando l'Inter scartò Immobile per Balotelli..." – Panorama“ (26-mart 2014-yil). 9-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2014-yil.
  7. „"Quando l'Inter scartò Immobile per Balotelli..." – Panorama“ (it). Sport.panorama.it (26-mart 2014-yil). 9-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  8. „Danilo Pagni: "Ecco come la Juve soffiò Immobile all'Inter" – Juventus – TMW“ (it). Tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  9. 9,0 9,1 „TMW VIAREGGIO – Trionfa la Juventus“ (it). TuttoMercatoWeb (23-fevral 2009-yil). Qaraldi: 15-mart 2009-yil.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 „Ciro Immobile turns 20 in a perfect week!“. juventus.it (20-fevral 2010-yil).
  11. „Immobile e Marrone al Siena, Giannetti, Buchel e Spinazzola alla Juventus“ (it). AC Siena (1-iyul 2010-yil). Qaraldi: 13-iyul 2013-yil.
  12. „Ufficiale: Ciro Immobile al Grosseto“ (it). Biancorossi.it (24-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2011-yil.
  13. „Speciale Calciomercato: Immobile in biancazzurro“ (it). Delfino Pescara 1936 (17-avgust 2011-yil). Qaraldi: 13-iyul 2013-yil.
  14. 14,0 14,1 14,2 „Oscar del calcio, Pirlo giocatore dell'anno“ (28-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2015-yil.
  15. „Youth transfer operations“. Juventus FC (19-iyun 2013-yil). Qaraldi: 13-iyul 2013-yil.
  16. „Official: Immobile to Torino“. Football Italia (12-iyul 2013-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  17. „Agreements about the player Ciro Immobile“. Juventus F.C. (12-iyul 2013-yil). Qaraldi: 13-iyul 2013-yil.
  18. „Torino vs. Pescara – 17 August 2013 – Soccerway“. Au.soccerway.com (17-avgust 2013-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  19. „TORINO LIVORNO 3–1“. legaseriea.it. Lega Serie A. 22-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2014-yil.
  20. „Ciro Immobile Scores Amazing Volley for Torino vs. Roma in Serie A“. bleacherreport.com. Qaraldi: 7-aprel 2014-yil.
  21. „CATANIA VS. TORINO 1 – 2“. soccerway.com. Qaraldi: 7-aprel 2014-yil.
  22. „Torino 2–1 Genoa: Immobile And Cerci Leave It Late“. forzaitalianfootball.com (13-aprel 2014-yil). Qaraldi: 14-aprel 2014-yil.
  23. „Torino trainer ruptures achilles tendon celebrating goal“. eurosport.com (13-aprel 2014-yil). Qaraldi: 14-aprel 2014-yil.
  24. „LAZIO VS. TORINO 3 – 3“. soccerway.com. Qaraldi: 27-aprel 2014-yil.
  25. „Immobile: Joining two legends makes me proud“. Inside Italian Football (27-aprel 2014-yil). Qaraldi: 19-may 2014-yil.
  26. „TORINO VS. UDINESE 2 – 0“. soccerway.com. Qaraldi: 27-aprel 2014-yil.
  27. „Serie A Toro, Udinese ko. Immobile in stile Pulici“. tuttosport.com. 28-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2014-yil.
  28. „Immobile: "Orgoglioso di aver raggiunto due miti come Pulici e Graziani"“ (it). tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 27-aprel 2014-yil.
  29. „TORINO VS. PARMA 1 – 1“. soccerway.com. Qaraldi: 11-may 2014-yil.
  30. „C. Immobile“. soccerway.com. Qaraldi: 11-may 2014-yil.
  31. 31,0 31,1 „Serie A Week 38: Did You Know?“. Football Italia (19-may 2014-yil). Qaraldi: 19-may 2014-yil.
  32. „Ciro Immobile moves to Borussia Dortmund“. Borussia Dortmund (2-iyun 2014-yil). Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.
  33. „Transfer news: Borussia Dortmund sign Serie A top scorer Ciro Immobile from Torino“. Sky Sports (2-iyun 2014-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  34. „DORTMUND SIGN STRIKER IMMOBILE“. Bundesliga (2-iyun 2014-yil). 4-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  35. „Borussia Dortmund sign Italy striker Ciro Immobile from Torino“. BBC Sport (3-iyun 2014-yil). Qaraldi: 3-iyun 2014-yil.
  36. „Torino accuse BVB over Immobile“. Football Italia (10-may 2014-yil). Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.
  37. „Agreement with Torino FC for the termination of the sharing agreement of the player Ciro Immobile“. Juventus F.C. (18-iyun 2014-yil). Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
  38. „Relazione finanziaria annuale al 30 giugno 2014“ (it). Juventus F.C. (2-oktyabr 2014-yil). 1-oktyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-avgust 2015-yil.
  39. Torino F.C. S.p.A. bilancio al 2014-12-31 (it). Italian C.C.I.A.A., 2015. 
  40. „Cairo: "È meglio per tutti se Immobile resta con noi"“ (it). TuttoSport (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.
  41. „Bor Dortmd 2–0 Arsenal“. BBC Sport (16-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2014-yil.
  42. Taglieri, Angelo. „Borussia Dortmund, Immobile che carattere: Erdmann lo insulta, ma la risposta è da leader“ (it). CalcioMercato.com (11-mart 2015-yil). Qaraldi: 5-iyul 2016-yil.
  43. „Borussia Dortmund 2-2 Wolfsburg: Naldo snatches point in enthralling clash“. Goal.com (17-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 1-aprel 2018-yil.
  44. „Borussia Dortmund striker Marko Immobile heading to Sevilla“. ESPN (12-iyul 2015-yil). Qaraldi: 12-iyul 2015-yil.
  45. „Pedro is Barcelona's UEFA Super Cup hero again“. UEFA.com (11-avgust 2015-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2015-yil.
  46. „Immobile stretchered off – Football Italia“. football-italia.net (31-iyul 2015-yil). Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
  47. „Immobile: 'It's just a knock'“. Myinforms. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2015-yil.
  48. „Immobile back to scoring“. Football Italia (9-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2015-yil.
  49. „Sevilla to buy Immobile“. Football Italia (12-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 27-iyul 2016-yil.
  50. „Bentornato Ciro!“. 14-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2016-yil.
  51. „Immobile inspires Torino revival“. Football Italia (16-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2016-yil.
  52. „Palermo vs. Torino - 14 February 2016 - Soccerway“. int.soccerway.com.
  53. „Immobile out for a month“. Football Italia (22-mart 2016-yil). Qaraldi: 22-mart 2016-yil.
  54. „RELAZIONE FINANZIARIA SEMESTRALE CONSOLIDATA AL 31 DICEMBRE 2016“ (it). S.S. Lazio (30-mart 2017-yil). 2-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2017-yil.
  55. „Official: Immobile joins Lazio“. Football Italia (27-iyul 2016-yil). Qaraldi: 27-iyul 2016-yil.
  56. „Atalanta-Lazio match report“. Lega Serie A. 10-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-avgust 2016-yil.
  57. „Ciro Immobile Football Statistics“. WhoScored. Qaraldi: 31-may 2017-yil.
  58. Stephen Creek. „Serie A: Roma's Edin Dzeko wins top scorer prize“. Goal. Qaraldi: 31-may 2017-yil.
  59. „Murgia: 'Lazio deserved this'“. Football Italia (13-avgust 2017-yil).
  60. „Immobile hat-trick mauls Milan“. Football Italia (10-sentyabr 2017-yil).
  61. „Official: Immobile and Strakosha deals“. Football Italia (21-oktyabr 2017-yil).
  62. „Immobile rewrites Lazio's record book with 1st half hat-trick“. Calciomercato.com (6-yanvar 2018-yil).
  63. „EL: Immobile hat-trick, Lazio Manita“. Football Italia (22-fevral 2018-yil).
  64. „#LazioBenevento | Immobile supera Chinaglia“ (it). sslazio.it (1-aprel 2018-yil). Qaraldi: 6-aprel 2023-yil.
  65. 65,0 65,1 „Champions, ma anche capocannoniere: Lazio-Inter è Immobile vs. Icardi“ (it). caliconews24.com (20-may 2018-yil).
  66. „Immobile celebrates Lazio Century“. Football Italia (3-noyabr 2019-yil).
  67. „Lazio's Immobile nets hat-trick at Verona“. Yahoo Sports (26-iyul 2020-yil). 26-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyul 2020-yil.
  68. 68,0 68,1 „Ciro Immobile matches Serie A scoring record with 36th goal“. sportsnet.ca (1-avgust 2020-yil).
  69. „Calcio - Ciro Immobile da record: è il giocatore con il maggior numero di rigori realizzati in una sola stagione“ (it). Media News 24 (27-iyul 2020-yil). Qaraldi: 6-sentyabr 2020-yil.
  70. „OFFICIAL: Immobile signs five-year deal with Lazio“. Football Italia (31-avgust 2020-yil).
  71. „Lazio 3–1 Borussia Dortmund“. BBC Sport (20-oktyabr 2020-yil).
  72. „Immobile, il signor gol: numeri da record con la Lazio“ (it). Il Corriere dello Sport (13-may 2021-yil). Qaraldi: 5-iyun 2021-yil.
  73. Heyes. „Ciro Immobile Draws Level With Silvio Piola as Lazio's All-Time Top Goalscorer“. The Laziali (30-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  74. Moore. „Ciro Immobile Make History With 160th Lazio Goal in Match Against Marseille“. The Laziali (4-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  75. Heyes. „Immobile Is Now Lazio's All-Time Top Scorer in Europa League/UEFA Cup“. The Laziali (6-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  76. Heyes. „Immobile Is The First Lazio Player To Score 10+ Goals In Six Consecutive Seasons“. The Laziali (8-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  77. Heyes. „Star Striker Immobile Can Break Another Personal Record for Lazio vs Sassuolo“. The Laziali (12-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  78. Heyes. „Immobile Closing in on a Number of Important Lazio & Serie A Records“. The Laziali (4-mart 2022-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  79. Heyes. „Lazio Star Immobile Matches Multiple Historic Serie A Records“. The Laziali (6-mart 2022-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  80. Heyes. „Lazio Star Immobile Continues to Write His Name Into the History Books“. The Laziali (17-aprel 2022-yil). Qaraldi: 20-aprel 2022-yil.
  81. Heyes. „Immobile Joins Lewandowski, Messi & Ronaldo In Exclusive Goalscorer Club“. The Laziali (27-aprel 2022-yil). Qaraldi: 27-aprel 2022-yil.
  82. „È tornato Immobile: segna una doppietta e la Lazio sbanca Salerno“. gazzetta.it. gazzetta.it (19-fevral 2023-yil). Qaraldi: 19-fevral 2023-yil.
  83. „FRIENDLY WITH SPAIN: FIRST CALL FOR BUILDING AND SCOOP“. figc.it. Federazione Italiana Giuoco Calcio. 10-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2014-yil.
  84. „International friendly: Spain see off resilient Italy with a 1–0 win in Madrid“. .skysports.com (5-mart 2014-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
  85. „World Cup 2014: Striker Giuseppe Rossi in Italy's provisional squad“. BBC (13-may 2014-yil). Qaraldi: 15-may 2014-yil.
  86. „World Cup 2014: Italy omit Giuseppe Rossi from final squad“. BBC Sport (1-iyun 2014-yil). Qaraldi: 3-iyun 2014-yil.
  87. McNulty, Phil. „Italy 2–1 England“. BBC Sport (14-iyun 2014-yil). Qaraldi: 15-iyun 2014-yil.
  88. „Italy 2–0 Netherlands“. BBC Sport (4-sentyabr 2014-yil). Qaraldi: 6-sentyabr 2014-yil.
  89. „OFFICIAL: Italy squad for Euro 2016“. Football Italia (31-may 2016-yil). Qaraldi: 31-may 2016-yil.
  90. „Mancini names uncapped striker Raspadori in final Italy Euro 2020 squad“. Reuters (1-iyun 2021-yil). Qaraldi: 5-iyun 2021-yil.
  91. Campanale. „Turkey 0-3 Italy: Azzurri dominate Euro 2020 debut“. Football Italia (11-iyun 2021-yil). Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
  92. „Manuel Locatelli dazzles as Italy dominate Switzerland“. The Independent (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  93. „Italy beat Spain on penalties to reach final“. BBC Sport (6-iyul 2021-yil). Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
  94. 94,0 94,1 McNulty, Phil. „England lose shootout in Euro 2020 final“ (en-GB). BBC Sport (11-iyul 2021-yil). Qaraldi: 11-iyul 2021-yil.
  95. „Caught on camera: Ciro Immobile loses his pants during Italy's celebrations“.
  96. 96,0 96,1 96,2 James Horncastle. „World Cup 2014: Ciro Immobile is primed and ready to be Italy's new Toto Schillaci“. The Telegraph (30-may 2014-yil). 12-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-yanvar 2016-yil.
  97. „Ciro Immobile capocannoniere della Serie B: dalla Juventus al Pescara per imporsi con Zeman“ (it). www.torinotoday.it (31-avgust 2011-yil). Qaraldi: 14-oktyabr 2014-yil.
  98. „Generazione di Fenomeni – Ciro Immobile, l'ultimo goleador esploso con Zeman: mamma Juventus lo aspetta, il Genoa lo brama, a Pescara sperano di trattenerlo“ (it). Goal.com (17-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 14-oktyabr 2014-yil.
  99. Greg Murray. „Immobile's new lease of life“. Football Italia (9-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2018-yil.
  100. „La Lazio vola, Immobile svetta: primo per goal e assist in A“ (it). Goal.com (29-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2018-yil.
  101. „I bomber dal dischetto in Serie A“ (it). sport.sky.it (29-iyun 2020-yil). Qaraldi: 1-iyul 2020-yil.
  102. „Inzaghi si gode la sua Lazio: "Vittoria meritata, ma Immobile doveva calciare il rigore"“ (it). La Gazzetta dello Sport (27-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 1-iyul 2020-yil.
  103. „Ciro Immobile Wife - Jessica Melena“ (en). ohmyfootball.com (2-avgust 2020-yil). Qaraldi: 5-iyul 2021-yil.
  104. Mariani. „Jessica Melena: età, altezza, origini, figli e lavoro“ (it-IT). QuiQuotidiano (25-iyun 2022-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2023-yil.
  105. Ciro Immobile Soccerway saytida. Qaralgan sana: 15 January 2023.
  106. 106,0 106,1 „Immobile, Ciro“ (it). FIGC (5-avgust 2020-yil). Qaraldi: 11-iyul 2021-yil.
  107. „Ciro Immobile“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 11-iyul 2021-yil.
  108. 108,0 108,1 „Immobile equals Serie A scoring record with 36th goal“. Yahoo Sports (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  109. Heyes. „Lazio Star Immobile Wins Record Breaking Fourth Capocannoniere Title“. YardBarker.com (22-may 2022-yil). Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  110. „Serie A, 'Gran Galà del calcio': trionfa la Juve“ (it). Il Corriere dello Sport (15-dekabr 2014-yil). 18-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-dekabr 2015-yil.
  111. „Serie A Team of 2017-18“. Football Italia (3-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2018-yil.
  112. „Gran Galà del Calcio: The winners“. Football Italia (19-mart 2021-yil). Qaraldi: 19-mart 2021-yil.
  113. „Milan pigliatutto, premiati Pioli, Maldini e 4 giocatori. Leao il migliore: "Qui sono maturato"“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport (17-oktyabr 2022-yil). Qaraldi: 17-oktyabr 2022-yil.
  114. „Statistics — Tournament phase — Players — Goals (Assists)“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  115. „UEFA Europa League Squad of the 2017/18 Season“. UEFA.com (17-may 2018-yil).
  116. „Immobile MVP for October“. Football Italia (4-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2019-yil.
  117. „The MVPs of the 2019/2020 Serie A Season“. Serie A (4-avgust 2020-yil). Qaraldi: 4-avgust 2020-yil.
  118. „The MVPs of the Serie A 2021/2022“. Serie A (20-may 2022-yil). Qaraldi: 20-may 2022-yil.
  119. „Player of the Season | Vince Ciro Immobile“ (it). S. S. Lazio (9-avgust 2020-yil). 4-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-avgust 2020-yil.
  120. „Gazzetta Awards, Immobile e la Brignone re e regina del 2020. Atalanta, Pioli, Ganna, Sinner, Bastianini tra gli altri vincitori“ (it). La Gazzetta dello Sport (14-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
  121. „Mattarella ha conferito onorificenze motu proprio ai giocatori e allo staff della Nazionale vincitrice del campionato europeo“ (Italian). quirinale.it (16-iyul 2021-yil). 16-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-aprel 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ciro Immobile — FIFA competition record (archived)
  • Ciro Immobile at Soccerway
  • Ciro Immobile at TBPlayers
  • Ciro Immobile at FICG.it (italyancha)