Bari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bari — Janubiy Italiyadagi shahar va yirik port, Bari provinitsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 355 ming kishi (1990). Bari tuguni. Savdo-sanoat markazi. Neftni qayta ishlash va neftkimyo, poʻlat quyish va truboprokat, toʻqimachilik, oziq-ovqat, rezina, yengil, yogʻochsozlik, tamaki sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari bor. 12 — 13-asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Universitet, millim arxeologiya muzeyi va suratlar galereyasi bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil