Watford Football Club
Watford (toʻliq nomi Watford futbol klubi inglizcha: Watford Football Club — Inglizcha talaffuzi: ˈwɒtfərd 'futbɔ:l klʌb ) — Angliyaning professional futbol klubi boʻlb, klub Sharqiy Angliyada joylashgan. U 1881-yilda „Watford Rovers“ sifatida tashkil etilgan.
Angliya futbol ligasi tizimidagi ikkinchi eng muhim divizion boʻlgan chempionatda oʻynaydi.
Klubning eng yuqori yutuqlari — 1982/83-yilgi mavsumda Angliya oliy divizionida 2-oʻrin va 1983/84 va 2018/2019-yilgi mavsumlarda Angliya kubogi finali qatnashchisi.
Watfordning uy maydoni 1922-yildan beri „Vicarage Road“ hisoblanadi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Watford Rovers“ga 1881-yil jamoada himoyachi sifatida oʻynagan Genri Groverand tomonidan asos solingan[1]. Dastlab havaskor futbolchilardan tashkil topgan jamoaning o‘z stadioni bo‘lmagan va Watfordning turli joylarida o‘ynagan. Klub birinchi marta 1886/87-yilgi mavsumda Angliya kubogida ishtirok etgan va 1889-yilda jamoa Xertfordshir kubogidagi gʻalabani nishonlagan. Jamoa 1890-yilda „West Hertfordshire Athletic Club“ning futbol boʻlimiga aylanadi va „Cassio Road“ga koʻchib oʻtadi. Klub 1893-yilda „West Xertfordshir“ deb oʻzgartirildi. „Rovers“ 1896-yilda Janubiy ligaga qoʻshiladi va 1897-yildan boshlab oʻyinchilarga maosh toʻlashni boshlaydi va professional klubga aylanadi. „West Xertfordshir“ 1898-yilda mahalliy raqibi „Watford Sent-Meri“ bilan birlashdi, birlashgan jamoa „Watford“ nomi bilan mashhur boʻldi.
„Luton Town“ bilan qarama-qarshilik[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Watford“ muxlislarining asosiy raqibi qoʻshni Bedfordshirda joylashgan „Luton Town“ futbol klubidir. Jamoalar muntazam ravishda Janubiy ligada 1900-yildan 1920-yilgacha oʻynashgan va 1937-yilgacha, „Luton“ Janubiy uchinchi divizionga koʻtarilgunga qadar Futbol Ligasida davom etishgan[2]. 1963 yilga qadar „Watford“ raqiblariga qaraganda quyi divizionda boʻlgan.
Libosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Quyida 2011-yilgi Watford klubi liboslari keltirilgan[3].
Uyda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mehmonda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zaxirada[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „They shaped the club“. Watford Football Club (29-may 2008-yil). 3-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-oktabr 2009-yil.
- ↑ Jones 1998, pp. 27-63.
- ↑ „Watford - Historical Football Kits“. www.historicalkits.co.uk. Qaraldi: 5-sentabr 2022-yil.